O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Download 79,05 Kb.
bet14/15
Sana07.07.2022
Hajmi79,05 Kb.
#753107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
UKRAINA ROSSIYA

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.


Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
Putin opyeratsiyadan maqsad sakkiz yil davomida Kiev rejimi tomonidan zo‘ravonlik, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish ekanini aytgan.
“Biz Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, shuningdek, tinch aholiga, shu jumladan, Rossiya Fedyeratsiyasi fuqarolariga qarshi ko‘plab qonli jinoyatlarni sodir etganlarni javobgarlikka tortishga intilamiz”, — degan u va Rossiyaning rejalarida Ukrainani bosib olish yo‘qligini aytgan.
O‘z navbatida, harbiy opyeratsiyaga qarshi bir qancha davlatlar rasmiylari Putinning bayonotiga munosabat bildirgan. Jumladan, Gyermaniya, Frantsiya, AQShning BMTdagi doimiy vakillari xavfsizlik kengashi yig‘ilishida bu harakatlarni qoralagan. xitoy hukumati esa jurnalistlarga Rossiya haqidagi xabarlarni “noqulay nuqtai nazardan” yoritmaslikni so‘ragan.
Bayden AQSh ittifoqdoshlari va hamkorlari bilan birgalikda bunga javoban qat'iy javob byerishini va'da qilgan. “Dunyo Rossiyani javobgarlikka chaqiradi”, — degan u.

Bu orada Rossiya prezidenti ukrainalik harbiylarga qurollarini tashlab, uylariga ketishga chaqirgan.


“Siz Ukrainani o‘g‘irlab, shu orqali xalqi ustidan kuladigan xuntiylar uchun emas, aksincha Ukraina xalqiga sodiqlik uchun qasamyod qabul qildingiz. Ularning jinoyatchi talablarini amalga oshirmang. Qurollaringizni topshirib, uyingizga ketishingizni so‘raymiz”, — degan u va Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum halokatli va dahshatli bo‘lishidan ogohlantirgan.
Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatida ham portlash qayd etilgan. Oqibatda maktab va bolalar bog‘chalarida darslar bekor qilingan. BMT bosh kotibi Putindan qo‘shinlarni to‘xtatishni so‘ragan.
Zelenskiy Putinning mazkur harakatlari yuzasidan ikki marta videomurojaat yo‘llagan. Ularning birida Bayden bilan holatni muhokama qilgani, armiya ishlayotganini aytib, fuqarolarni iloji boricha uydan chiqmaslikka chaqirgan. Ikkinchi murojaatida esa Putin Ukraina va butun demokratik dunyoga hujum boshlaganini aytib, Putinga qarshi koalitsiya tuzishga chaqirgan. Qarshi tomonga maksimal darajada javob zarbasini byerishni buyurgan.
Donetsk va Lugansk militsiyasi Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyasiga hujum boshlagan va qo‘shinlar opyeratsiyada yo‘q qilishga qodir texnikalardan foydalanishini qayd etgan. Lugansk rahbari xarkov va Odessa yordam so‘rab murojaat qilsa, taklif ko‘rib chiqilishini ma'lum qilgan.
Ukraina chegara xizmati Belarus Qurolli kuchlari Rossiya armiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani, ularga qarashli tanklar Ukraina chegarasini kesib o‘tganini ma'lum qilgan. Lukashenko harbiylar bilan yig‘ilish o‘tkazib, “Belarus qo‘shinlari Rossiyaning Donbassdagi maxsus opyeratsiyasida ishtirok etmaydi”, deya ta'kidlagan. Ukraina rahbariyati Rossiyaning ehtimoliy maxsus opyeratsiyasi haqida ogohlantirilgani, biroq hech qanday chora ko‘rilmaganini qo‘shimcha qilgan.

Belarus prezidenti Moskva va Kiev o‘rtasidagi muzokaralar Ukrainani demilitarizatsiya qilish, uning NATO’ga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik va Donbassdagi janglarni tugatishni o‘z ichiga olishini aytgan.


O‘z navbatida, Ukraina Ichki ishlar vazirligi Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbasi byergan hududlarni e'lon qilgan. Ayrim manbalar hujum oqibatida tinch aholi orasida o‘lim qayd etilganini aytgan.
Ukraina prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiyaning hujumini sharhlar ekan, “Evropada to‘liq keng ko‘lamli urush boshlanganini” aytgan.
“Rossiya nafaqat Ukrainaga, balki zamonaviy dunyoda oddiy hayotning barcha qoidalariga hujum qilmoqda. Qit'adagi xavfsizlik tizimidan nima qoladi?”, — degan Podolyak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslarning hujumi Ukraina shaharlari — infratuzilma, harbiy ob'ektlar, harbiy shtab-kvartiralarga raketa zarbalari byerishdan boshlangan.
“Ushbu zarbalar paytida tinch aholi halok bo‘lgani va yaralangani haqida xabarlar bor. Shimol, sharq va janubdan Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga qarshi hujumga o‘tdi: tanklar, samolyotlar, Rossiyaning sabotaj guruhlari. Armiyamiz hujumlarni qaytarmoqda, dushman katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda”, — deydi Zelenskiyning maslahatchisi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealar yuzasidan Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.
Rossiya hozir oʻtkazayotgan harbiy operatsiyasi ukrainani demilitarizatsiya qilish va DXR va LXRni himoya qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga koʻra Rossiya qoʻshinlari allaqachon “Kiyev boʻsagʻasida turibdi”, lekin, menimcha bunday vaziyatda faqat rasmiy manbaalarga tayanish kerak.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra ayni damda Ukraina havo mudofaa tizimi hamda Ukrainaning barcha harbiy havo bazalari ishdan chiqarilgan. Harbiy nuqtai nazardan bu judmuhim fakt, demak – Ukraina osmonida har qanday parvozlar taʼqiqlangan va u tozalangan.
Bu NATO tomonidan qandaydir yordam berishga urinish, Ukrainaning biror aerodromiga qoʻnish kabi qaltis harakatlarni istisno qiladi. Ustiga ustak, harbiy yordam berish maqsadida kelgan har qanday samolyot urib tushirilish xavfi ham borligini unutmaslik kerak.
Batafsilroq aytganda, Rossiya ushbu harakatlardan oldin 8 yil davomida diplomatik uslublar bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilishga harakat qilib keldi. Kiyev, katta qiyinchiliklar bilan erishilgan Minsk shartnomalarini bajarmado va soʻnggi kunlarda ularga nisbatan surbetlarcha mensimaslik namoyish qilindi.
Ular oʻzlari yaqinda biz NATOga kiramiz va bizga zamonaviy havo mudofaa tizimlari berishadi deb oʻylagan boʻlsa kerak. Lekin Rossiya Qurolli kuchlari operatsiyasi mamlakatda NATO qurollari borligi hech narsani hal qilmasligini va aksincha ushbu mamlakatga katta muammolar tugʻdirishini yana bir bor namoyish qilmoqda.
- Bizga 8yil davomida Ukraina Qurolli kuchlari Yevropani Rossiyadan himoya qilmoqda deb aytib kelishgan. Lekin hozir Ukraina armiyasi qarshilik koʻrstishga qodirmi?
- Hozir bizning ixtiyorimizdagi maʼlumotga koʻra, Ukraina armiyasining shtablari, aloqa markazlari ishdan chiqarilgan. Ukraina qoʻshinlari sarosima holatda. Jahon armiyalari reytingida Ukraina 22 oʻrinda boʻlishiga, 200 0000 askar, 2000 tank, 70 ta qiruvchi va 30ta vertolyotga ega boʻlishiga qaramasdan – bu raqamlar hech narsani hal qilmaydi.
Ukraina armiyasi koʻz oʻngimizda tarqalib ketmoqda. Vaziyat Amerikaliklar Afgʻonistonni tarq etganda boʻlganday. Ukrainaning Su-27 samolyoti Rossiya bilan jang qilishni istamay, qoʻshni Ruminiya hududiga qochib oʻtmoqda.
- Menimcha Ukrainani toʻliq demilitarizatsiya qilish uchun 5 kundan kam vaqt kerak boʻladi. Bunga “Doʻstlarni tinchlikka undan” operatsiyasi kabi qaraydigan boʻlsak.
- Demilitarizatsiya degani oʻzi nima?
- Bu harbiy infratuzilmani toʻliq yoʻq qilish degani, jumladan NATOning qahramon shahar Ochakovodagi razvedka bazasini ham. Gap qurol-aslaha omborlari, boshqaruv punktlari, harbiy texnika, aerodromlar harbiy aviatsiya. Xullas DXR, LXR yoki Rossiyaga bugun yoki kelajakda tahdid solishi mumkin boʻlgan barcha vositalar. Bunda odamlarni, albatta, hech kim oʻldirishni istamaydi. Harbiylarga, qurollarini topshirib uylariga borish taklif qilingan.
Shundan soʻng Ukrainada yangilangan hukumat va yangilangan armiya tashkil qilinadi. Yangi Ukraina qoʻshnilarga boshqa tahdid solmaydi - Belarusga, Rossiyaga, Donbass respublikalariga.
- Ukraina harbiylaridan qanchasi oʻz xoxishi bilan qurolini topshiradi deb oʻylaysiz?
- Bunga yaqqol misol bildan javob berish mumkin. 2014 yilda Qrim yarim oroli umumxalq referendumi asosida Rossiyaga qoʻshilga qaror qilganda, u yerdagi Ukraina harbiylarining 90% oʻz xohishi bilan Rossiya Qurolli kuchlari tarkibiga oʻtgan edi. Ular oʻshanda bu tarixiy imkoniyat ekanini yaxshi tushunishgan edi.
2022 yilda ham Ukraina harbiylarining katta qismi ushbu tarixiy vaziyatni toʻgʻri tushunishadi va toʻgʻri qaror qabul qilishadi deb umid qilaman. Ular Donbas chegaralarida soʻnggi tomchi qoni qolgunicha kurashishga tayyor emas deb oʻylayman.
Texnik nuqtai nazardan, boshqaruv markazlari yakson qilingan, aloqalar uzilgan vaqtda, harbiy qoʻshinlar, ularning soni qanchalik koʻp va texnik jihatdan qanchalik jihozlangan boʻlmasin, qurolli kuchlar sarosimaga tushgan toʻdaga aylanib qoladi. Yaʼni akariyat hollarda boshqaruvni yoʻqotish – Qurolli kuchlarni yoʻqotish bilan barobar.
- Biror uchinchi davlat hozir ushbu mojaroga aralashishi mumkinmi?
- Menimcha, “hamkorlarimiz” ning Rossiya amalga oshirayotgan ushbu maxsus mudofaa operatsiyasga aralashmaslikka aqli yetadi. Lekin biror kishi aralashishga urinib koʻrsa, javob simmetrik va juda qattiq boʻladi. Rossiya Bosh shtabi xaritalarida alyansning ham, AQShning qoʻmondonlik boshqaruv punktlari nishon sifatidan belgilangan boʻlsa kerak. Nafaqat Yevropadagi. Shu sababdan ushbu mojaroni uchinchi jahon urushi darajasiga olib chiqish NATOning ham AQShning ham manfaatlariga javob bermaydi
Rossiyaning chekinadigan boshqa joyi qolmadi. Bizning barcha uchun teng huquqli boʻlgan xavfsizlik toʻgʻrisida tashabbuslarimizga “hamkorlar” mensimaslik bilan javob qaytarishdi. Shundan soʻng Rossiya – mayli, unda biz oʻz xavfsizligimizni harbiy-texnik vositalar bilan hal qilamiz, deb javob qaytardi. Menimcha bu juda halol va tarixiy adolatlidir.
- NATO Rossiya harakatlarga javob berishni vaʼda berdi? Bu qanday javob boʻlishi mukin?
- NATO Rossiyaga javob bera olmaydi, chunki NATO texnologik jihatdan juda zaif. Ularning Boltiqboʻyi yoki Ruminiyada joylashgan kam sonli oldingi saf qoʻshinlari yarim soat ichida yoʻq qilinishi mumkin. Raketa zarbalari bilan. Hech qanday havo mudofaa tizimlari ushbu zarbadan himoya qila olmaydi. NATOdagilar buni juda yaxshi tushunadi. Biz bugun Bryussel va Vashingtondan eshitayotgan gaplar – shunchaki ogʻiz koʻpirtirish. Real vaziyatni tushunadigan harbiy qoʻmondonlar AQSH prezidentiga Baydenga biroz oldin Rossi bilan 3 bosqichli kelishuv imzolashni taklif qilishgan edi. Menimcha bu toʻgʻri yoʻl:
1.Rossiya bilan Depr daryosidan nariga oʻtmasligi haqida kelishib olish
2.Sharqiy Yevropadan xorijiy kuchlarni olib chiqish
3.Boʻlajak harbiy oʻquv mashgʻulotlarda ham harbiy tanglikni kamaytirish
Menimcha, bu safar harbiy qoʻmondonlar siyosatchilardan koʻra malakaliroq boʻlib chiqishdi. Nima boʻlganda ham NATO Rossiyaga hech qanday javob qaytara olmaydi.
- Rossiya Qurolli kuchlari qanday texnik vositalardan foydalanmoqda?
- Mudofaa vazirligi oʻz xabarlarida bunga aniqlik kiritmagan. Ukrainadek yirik davlatning harbiy infratuzilmasini bir necha soat ichida yoʻq qilib tashlash oson emas. Ukraina osmonida biz hech qaday samolyotlarni koʻrmadik, demak ular yuqori aniqlikda zarba beruvchi raketalardan foydalanishgan. Lekin bu 100% aniq emas.
Raketa texnologiya sohalarida Rossiya bugungi kunda jahonda yetakchi. Faqat Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyorida gipertovush tezligidan bir necha barobar tez uchadigan raketalarning turli xillari mavjud. “Kalibr”, “Iskander”, “Kinjal” va boshqalar. Ular quruqlikda, samolyotlar va kemalarda joylashtirilishi mumkin.
Alohida aytib oʻtmoqchiman, bizning Oʻrta-yer dengizida ham bir necha raketalar bilan qurollangan strategik bombardimonchi va qiruvchi samolyotlari bor. Har ehtimolga qarshi. U yerda biror kishi “tomogavk” raketalari bilan Ukrainaga yordam bermoqchi boʻlsa.
Xullas men, xavotirga oʻrin yoʻq, hammasi yaxshi boʻladi deb oʻylayman.
- Yaqin kelajakda nimalarni kutish mumkin?
- Menimcha yaqin kelajakda Ukrainada katta oʻzgarishlar sodir boʻladi, siyosiy maʼnoda. Ukraina Konstitutsiyasiga oʻzgarish kiritiladi. U yerdan Rossiyaga qarshi qaratilgan va NATOga kirishga qaratilgan boʻlimlar olib tashlanadi.
Shuningdek, ushbu qadam kelajakda butun Sharqiy Yevropani tinch va xavfsiz hududga aylantirishga yordam beradi. Ruminiya, Moldova, Polsha va Yevropaning boshqa uzoqroq davlatlari uchun ham bu yaxshigina saboq boʻladi. Oʻylaymanki, ular Ukraina misolida oʻz hududida xorijiy davlat qoʻshnlarini joylashtirish naqadar xavfli boʻlishi mumkinligiga tushunib yetishadi.
Rossiya bilan munosabatlarni, biz oldin aytgandek, teng huquqli xavfsizlik asosida qurish kerak.
«Ukraina-Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ziddiyatlar kun sayin sifat jihatidan yuqorilab bormoqda. Bu ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi tortishuvning tarixi uzun. Sobiq SSSR tarqalgach, bu davlatlar qarama-qarshi geosiyosiy orientir olishdi. Keyingi bir oydagi Rossiyaning kollektiv g‘arbga va Ukrainaga nisbatan ultimatumlari ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.
Rossiya Prezidenti V.Putin yangi geosiyosiy o‘yin boshlagani aniq. Lekin ekspertlar Putinning taktikasi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishsa-da, uning strategik maqsadi nima ekanligi borasida ko‘p bahslashadilar.
Yil sayin Ukraina o‘zining Yevropa Ittifoqi va NATOga bo‘lgan intilishini kuchaytirib kelmoqda. O‘tgan o‘ttiz yil ichida rasmiy Moskva o‘zining bisotidagi barcha tinch vositalarni ishga solib Ukrainani o‘zining orbitasida ushlab turishga harakat qildi. Lekin bugun mutlaq aksariyat ukrainaliklar uchun Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lish, bu bilan siyosiy erkinliklar va iqtisodiy farovonliklarga erishish – eng katta milliy orzuga aylanib ulgurgan.
Mana shunday vaziyatda V.Putin yangi siyosiy va geosiyosiy o‘yin boshladi. Dekabr oyida Putin taklif qilgan ultimatum shaklidagi shartlar g‘arb tomonidan to‘liq va uzil-kesil inkor qilindi. Aslida bu shartlarning inkor qilinishini rasmiy Moskvaning o‘zi ham yaxshi tasavvur qilgan bo‘lishi kerak.
Demak, Ukraina-Rossiya, Rossiya va kollektiv g‘arb o‘rtasidagi strategik tirashuvning yangi bosqichi boshlanyapti. Putinning shartlari inkor qilinganidan keyingi bosqichi.
Oxirgi kunlarda rossiyalik siyosatchilar, propaganda bilan shug‘ullanuvchi OAVlari “Ukraina Lugansk va Donetsk viloyatlariga harbiy hujum qilmoqchi” degan axborot kampaniyasini boshlagan. Rossiya axborot maydonida Ukrainaga informatsion-psixologik hujum, mutlaq yangi darajaga ko‘tarilgan.
V.Putin oldida murakkab dilemma turibdi. Bir tomondan, Ukrainani NATOga intilishini majruhlash, rasmiy Kievni o‘zining nazoratiga olish. Boshqa tomondan, kollektiv g‘arbning qaqshatqich iqtisodiy va siyosiy sanktsiyalariga chap berish, nazorat ostiga olingan yoki olinishi mumkin bo‘lgan ukrain jamiyatini o‘z tasarrufida ushlab turish. Bu ikkala vazifani bir vaqtda bajarish deyarli imkonsiz. Aynan shuning uchun ham ekspertlar orasida “Putin hammani aldayapti” degan qarash ham ancha kuchli. Chunki, Rossiya harbiy jihatdan qanchalik qudratli bo‘lmasin, Ukraina ham kichik va harbiy jihatdan marginal davlat emas.
Tasavvur qilish mumkinki, Rossiyaning Ukrainaga qarshi gibrid, ya’ni aralash urushi, bosimi tugamaydi, davom etaveradi. Lekin to‘laqonli harbiy bosqin qilish bilan V.Putinning strategik manfaatlariga yetishish imkonini berish ehtimoli kam.
Shuning uchun, V.Putin kollektiv g‘arbning qopqoniga u qadar oson tushmasa kerak. Shuning bilan birga V.Putindan yangi harbiy-siyosiy texnologiyalarni kutish mumkinki, bu yondashuvlarning Ukraina geosiyosiy mustaqilligi uchun salbiy ta’siri yuqori bo‘lish ehtimoli mavjud».

26 yanvar kuni O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoevning:


“– Hech kimga sir emas – bugun jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizning hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash eng muhim vazifa, kerak bo‘lsa, masalalarning masalasi bo‘lib turibdi”, degan so‘zlari Ukraina kabi bizning ham oldimizdagi vazifalarni belgilab beradi.
Mamlakat mustaqilligi har bir davlat, shu jumladan O‘zbekistonning ham birinchi navbatdagi masalasidir.



Download 79,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish