O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Suv haydash yo’li bilan QBST tizimini qo’llanilish texnika va texnologiyasi



Download 17,97 Mb.
bet36/149
Sana02.07.2022
Hajmi17,97 Mb.
#731841
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149
Bog'liq
2 5301009882680399153

10.2. Suv haydash yo’li bilan QBST tizimini qo’llanilish texnika va texnologiyasi

Neft va gaz qazib olish tizimida QBSTni amalga oshirish uchun har xil texnologik suyuqliklardan (TS) foydalaniladi, qaysiki qatlamga haydash quyidagi maqsadlarda kengroq qo’llaniladi:



  1. neftgazberuvchanlikni kuchaytirish (NGBK);

  2. quduqlarda yer osti ta’mirlashni olib borishda (QEOT);

  3. quduqlarni kapital ta’mirlashda (QKT);

  4. oqimni kelishini jadallashtirishda (OKJ) qatlamda quduqning tubiga ishlov berish va suv oqimini chegaralashda (SOCh);

  5. asfalt smola parafinli yotqiziqlarni chiqarishda (ASPYoCh);

  6. mineral aralashmalarning yotqiziqlarini parchalashda (MA).

Texnologik suyuqliklarni ko’p shaklli oblastlarda qo’llanilishining asosiy yo’nalishi qatlam bosimini saqlab turish va neftgazberuvchanligini oshirish uchun texnologik vositalardan foydalanish hisoblanadi. Bu soha texnologik suyuqliklardan foydalanish hajmi bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Neft konlarida texnologik suyuqliklardan foydalanishning umumiy hajmi 85-95 % ni tashkil qiladi.
Yangi neft konlariga samarali suv haydalganda birinchi navbatda neft va gaz olishning belgilangan dinamikasini ta’minlaydi, eski konlarda esa bosimni pasayish darajasini sekinlashtiradi.
Qatlam bosimini saqlab turish va neftoluvchanlikni kuchaytirish uchun texnologik suyuqliklarni tayyorlash va haydash yirik neftgaz tarmog’ida shakllantiriladi. Haydaladigan texnologik suyuqliklarning hajmi qazib olinadigan neftning hajmidagi bir necha marta yuqori bo’ladi.


Texnologik suyuqliklar

Neft qatlamidagi bosimni saqlab turish maqsadida haydash uchun va neftgaz beruvchanlikni kuchaytirishda har xil moddalarning eritmalari, kompozitsion moddalar, ikkilamchi mahsulotlar ko’rinishidagi yoki neft qazib olish jarayonlaridagi yirik tonnajli tashlanmalar, neftkimyosi yoki boshqa ishlab chiqarishni individual muhitlaridan foydalaniladi.


Qatlamga haydaladigan hamma texnologik muhitlar ikkita yirik guruhlarga bo’linadi, tashishda va haydash sharoitidagi termobarik o’zgarishdagi fazoviy holatning almashuvini tavsiflaydi.
Texnologik barqarorlashgan muhit har qanday sharoitda bir fazolikni saqlaydi, rejimsiz holatlarga aralashib ketmaydi.
Texnologik nobarqaror muhitlar manbadan to qatlamgacha harakatlanganda aralashish jarayonida o’zining fazoviy holatini almashtiradi.
Texnologik barqaror fazolarni qo’llash:
- yer usti yoki yer osti chuchuk yoki minerallashgan suv manbalaridagi (daryo, dengiz, ko’l, qatlam) suvlar shartli ravishda “birlamchi” suv zaxirasiga mansubdir;
- oqova suvlar (neftdan ajratib olingan suv va qayta haydaladigan);
- “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suvdagi polimerlarning eritmasi;
- “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suvdagi SFMlarning eritmasi;
- suvdagi har xil eritmalar.
Termobarik va mexanik sharoitlarni ta’sir qilishiga qarab texnologik barqaror muhit (TBM)ning guruhi har xil fizik-kimyoviy barqarorlikka ega bo’ladi. Polimerli eritmalarning qovushqoqligi tashqi omillarning ta’sirida ko’pincha pasayadi. Ular qatlamni egallab olish negal koeffitsientini kuchaytirishdagi asosiy texnologik xususiyatlarini yo’qotadi. Eritma tuzilmasini tashqi omillarning ta’sirida parchalanishi polimerli eritmalarni hoshiyalardan neftni siquvchanlik sifatini pasaytirishga olib keladi. Bunday TBMni qo’llashning yuqori samaradorligiga erishish uchun salbiy omillarni o’rnini to’ldiruvchi maxsus choralar oldindan qo’llaniladi.
Qatlam suvlarining tarkibidagi asosiy tashuvchilarni uchta asosiy komponentlarga bo’lish mumkin:

  1. og’ir uglevodorodlar – OU;

  2. mexanik aralashmalar – MA;

  3. temir sulfidi – FeS – zichlikni oshiruvchi asosiy komponent hisoblanadi.

Texnologik nobarqaror muhitlar neft koni amaliyotida ko’proq SO2 – uglerod ikki oksidi ko’rinishida uchraydi.



Download 17,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish