O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Download 17,97 Mb.
bet12/149
Sana02.07.2022
Hajmi17,97 Mb.
#731841
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149
Bog'liq
2 5301009882680399153

Nazorat savollari

  1. Neft uyumlarini ishlatish bosqichlarini izohlang?

  2. Neft uyulariga suv bostirilganda qovushqoqlik nisbatlarini ko‘rsatgichi qanday o‘zgaradi?

  3. Shtuser qayerga va qanday holatda o‘rnatiladi?

  4. Favvoralanish shartini izohlang?

  5. Favvora quduqlarni jihozlari tarkibini izohlang?



VI - ma’ruza. FAVVORA QUDUQ USTI JIHOZLARI

Berkitish (ochish-yopish) qurilmalariga qulfaklar va kranlar mansub bo’lib, armatura va manifoldlarning kanallarini bekitishda va ochishda xizmat qiladi. Rostlovchi qurilmalarga almashtiriladigan shtutserlar va jo’mraklar o’rnatiladi, ular qatlam suyuqligini va gazning sarfini drossellab o’zgartirish uchun xizmat qiladi.


Favvora armaturasining yoki manifoldning sxemalariga bog’liq archadagi va quvurning boshchasidagi berkitish qurilmalarining soni 10-12 ta, manifoldda esa 15-20 qulfak yoki jo’mraklarni tashkil qilishi mumkin.
Gzlift va haydovchi quduqlarning armaturasida bir xil bo’lgan berkitish qurilmalaridan foydalaniladi.
Berkitish qurilmasi jihozlariga favvora armaturasida qo’llaniladigan qulfaklar va jo’mraklar kiradi, umuman neft va gaz qazib olinadigan hamma texnologik jarayonlarda va operatsiyalarda, quduqlarni burg’ilashda esa ularning ko’rinishi o’zgartirilib qo’llaniladi. Ular ko’pincha otilmaga qarshi jihozlarda, burg’ilash nasoslarining manifoldida, qatlamni gidravlik yorish jihozlarida, kislotali ishlov berishda va hamma yuvuvchi agregatlarda, neftgaz konlarining kommunikatsiyalarida va yig’ish inshootlarida, qatlamlarni ajratishda, qatlam suyuqligini, neft va gazni tashishda, qatlamga suv va gazni haydashda qo’llaniladi.
Bunday berkitish qurilmalarining katta qismi neft va gazni dastlabki qayta ishlash va ularni tashish jihozlarida qo’llaniladi.
Eng murakkab sharoitlarda berkitish qurilmalarini ishlatishga favvora quduqlarining favvora armaturasidan foydalanish kiradi.
Boshqa jihozlar kabi favvora armaturasining bekitish qurilmasi ham qatlam suyuqliklari, gazi yoki kondensatlari bilan doimiy kontaktda bo’lganligi uchun yuqori bosim ta’sirida (70-100 MPa gacha) bo’ladi, o’zi orqali bir necha minglab tonna qatlam suyuqligini yoki millionlab metr kub gazni o’tkazadi, ularning tarkibida emiruvchi muhitli (H2S va CO2), abraziv, kuchli minerallashgan suvlar mavjuddir. Ba’zida qatlam suyuqligining harorati 2000C gacha yetadi. Xuddi shunday sharoitda rostlovchi vositalar va shtutserlar ishlatiladi. Favvora armaturalarining manifoldida ham xuddi shunday sharoitlarda berkitish qurilmalari ishlatiladi.
Bunday muhim sharoitlarda bekitish qurilmalarini ishlatish uning konstruktsiyasi va tayyorlashga qoyiladigan talablardan kelib chiqib aniqlanadi: kerakli bosimni saqlab turish xususiyati va bunda berkitishning germetikligini ta’minlash, suyuqlik yoki gazning oqim bosimini minimal yo’qotib o’tkazish, emiruvchi muhitda va abrazivlikda o’zining ishlash xususiyatini saqlash, yuqori va past haroratlarda tezkor boshqarilishi, minimal metall sig’imdorlikka ega bo’lishdir.
Debitni va bosimni keng oraliqda, suyuqlik va gazning kimyoviy tarkibini, haroratning qator xarakterli hususiyati, berkitish qurilmasini qo’llashni maqsadga muvofiq ekanligini va har xil bosimlarda, sarflarda, kimyoviy nasoslarni haroratga takomillashtirilgan holda bajarilishga olib keldi.
Berkitish qurilmalari muhim murakkab sharoitlarda ishlatilganda ishonchligi nisbatan yuqori bo’lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishiga qaramasdan ularni almashtirishga to’g’ri keladi.
Shuning uchun faqat bekitish qurilmasi emas balkim favvora armaturasining o’zi ham ishdan chiqib qolishini va butun armaturani ish qobiliyatini saqlash, rezervlash yo’li bilan yoki bosim ostida ishlayotgan quduqda berkitish qurilmalarini almashtirish talablaridan kelib chiqib tayrlanadi.
Asosiy berkitish va rostlovchi qurilmalarning tartibli sxemalari zichlashtirish usullaridan farqlanadi (6.1-rasm).
Ponali qulfakning zichlanish samarasi pona-shiberning qulfak kanalining uyasiga qisilib tirkalish kuchining hisobiga ta’minlanadi. Bu turdagi qulfaklarda bir qator jiddiy kamchiliklar mavjud: suyuqlik va gazni oqimini to’g’ri oqmasligi, buralma oqimning paydo bo’lishi, shiber ochiq holda bo’lganda suyuqlik yoki gazning oqimida yuvilib ketish davri va uyalar paydo bo’lishi kam uchraydi. Qulfakning kamchiligi – pona sirti – uyadagi kontaktning germetikligini ta’minlash murakkab, tayorlash ham ta’mirlash ham qiyin bo’lganligi uchun uni ishlab chiqarish keskin qisqargan, lekin talab juda yuqori.
Qulfaklardan tashqari yopish-ochish qurilmalari sifatida har xil formali tiqinga ega bo’lgan kranlardan ham foydalaniladi, silindrsimon, sharsimon, konussimon. Kran suyuqlik yoki gazning to’g’ri oqimli yo’nalishini ta’minlaydi.
Rostlovchi qurilmalar sifatida jo’mraklar va vtulkali almashtiriladigan shtutserlar ham qo’llaniladi. Ko’pincha jo’mraklarning boshqariladigan shtutserlaridan foydalanilganda favvora armaturasida kanalning kesimi yuzasini bir tekisda o’zgartirish mumkin bo’ladi va pog’onasiz boshqarish ta’minlanadi. Vtulkali almashtiriladigan shtutserlar pog’onali rostlashga hisoblangan bo’ladi, bu jarayonni amalga oshirishda har xil diametrdagi kanalli drossellarning detallari to’plamidan foydalaniladi.





6.1-rasm. To’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning qurilmasi.
1-korpus; 2- kirishdagi uya (egar); 3-shpindel; 4-qopqoq;
5-haydovchi klapan; 6-maxovik; 7-rostlovchi vint; 8-yurishli gayka; 9-podshipniklarni qopqog’i; 10-manjetlar;
11-likopli prujinka;
12-chiqishdagi uya (egar);
13-shiber.



6.2-rasm. Berkitish qurilmasining majburiy maydalanadigan tekis shiberli qulfaki.
1-korpus; 2-lunj; 3-shpindel;
4-teskari klapan; 5-vtulka;
6-maxovik; 7-vint; 8-gayka;
9-podshipnik korpusi;
10-maydon; 11-podshipnik;
12-zichlama; 13-qopqoq;
14-kichik; 15-ariqcha; 16-vtulka;
17-kontrshpindel.

To’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning shartli o’tish teshigining diametri 65 mm bo’ladi, 21 MPa ishchi bosimga hioblangan. Qulfakning asosiy detallariga qoyidagilar kiradi: qopqoqli (4) po’lat korpus (1), shiber (13) va uyadan tashkil topgan. Kirishda (2) va chiqishda (13) tirkaluvchi likopchali prujinalar (11) o’rnatilgan. Qulfak uchun bunday turdagi konstruktsiya namunaviy bo’ladi hamda katta sarf va bosimga hisoblangan. Qulfakning massasi 80-100 kg. Bekitish germetikligini amalga oshirish uyani (12) halqali zichlamalar bilan qo’zg’alishi hisobiga erishiladi, yon sirt yuzalari va ular bilan kontaklashuvchi shiberning yuzasi ham yuqori sifatda tayyorlangan. Germetikligini va korroziyaga chidamligini oshirish uchun qulfakning korpusi yog’ bilan to’ldiriladi (6.2).
Murakkab turdagi to’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning konstruktsiyasi 70 MPa ishchi bosimga hisoblangan, zichlanish tizimi oldingidan farq qiladi.
Qulfakning korpusida ikkita yo’naltiruvchi sig’imli, maxsus surkov (yog’lash) va kanalli lunj o’rnatilgan, u surkovlarni zichlanuvchi yuzalarga uzatadi. Shiber ikkita plashkadan tashkil topgan bo’lib, bir nechta prujinalarga tirkaladi. Plashkada ariqchalar mavjud, unga shpindelning va kontrshpindelning boshchasi joylashtirilgan. Zichlovchi yuzalarga ishchi muhitning bosimi ostida surkov (moylash) uzatiladi, u zatvorning germetikligini yaxshilaydi. Moylash surkovlarning zaxirasi teskari klapanlar orqali to’ldiriladi.
Qulfaklarni boshqarishni va teleboshqaruvni ta’minlashda ular gidro uzatmalar yoki havo uzatmalari bilan jihozlanadi. Havo uzatmali qulfakning shartli o’tish teshigining diametri 50 mm bo’ladi, 70 MPa ishchi bosimga hisoblanadi. Bu turdagi qulfakning konstruktsiyasi oldingilardan shpindelni qo’zg’atishdagi va uzatmali gidraklik yoki havoli silindrlarning mavjudligi hamda qurilmaning bajarilishi bilan farq qiladi.
Konussimon tiqinli teshik kranda (3.16-rasm) zichlamalarning germetikligi korpusning va tiqinning olib tayyorlanishi, ularning oralig’idagi tirqish o’lchamlarini hamda maxsus moylar bilan kran korpusini to’ldirishdir.


Download 17,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish