V ma’ruza. QUDUQLARNI ISHLATISH JIHOZLARI
Reja:
5.1. Favvora quduqlarini jihozlash
5.2. Favvora armaturasi va manifold
5.1. Favvora quduqlarini jihozlash
Favvora quduqlar yer usti va yer tagi jihozlaridan tashkil topgan.
Yer usti jihozlariga tizma boshchasi, favvora armaturasi va otma tizimlar kiradi.
Yer tagi jihozlariga NKQ-lari hamda ko‘targichlar kiradi.
Favvora quduqlarida NKQ-lar suyuqlik va gazni yer ustiga ko‘tarib chiqadi, quduqning ish rejimini bajarish, tadqiqot ishlarini olib borish, smola, parafin yotqiziqlari bilan kurashish har xil geologik – texnik tadbirlarni (GTT) amalga oshirish, ishlatish tizmasini korroziya va erroziyadan himoya qilish, qumli tiqinlarning oldini olish va bartaraf qilish, yer osti va kapital ta’mirlash ishlaridan oldin quduqni to‘xtatib qo‘yish, har xil geologik – texnik tadbirlarda quduqning ishlatish tizmasini yuqori bosimda himoya qilish, quduqlarda ta’mirlash va ishlatish ishlari amalga oshiriladi.
Favvora quduqlarida choksiz, bir butun ishlangan NKQ-lari qo‘llaniladi, diametri 48,3 mm-dan 114,3 mm-gacha, quvurning qalinligi 4 mm-dan, 7 mm-gacha, uzunligi 5,5 metrdan 10 metrgacha (asosan 7-8 m) bo‘ladi. Quvur yuqori markali 1000 MPa bosimga chidamlidir.
NKQ-lari silliq va tashqari uchi qalinlashtirilgan bo‘ladi.
Silliq quvurlarning rez’bali qismining mustahkamligi butun qismini 80-85%ni tashkil qiladi, quvurning uchi qismi tashqariga o‘tqazilgan, rezbali qismini mustahkamligi va quvur tanasining mustahkamligi bir xil.
NKQ-lari silliq (quvur uzunligi bo‘yicha har xil o‘lchamdagi) va tashqi tomoni (qalinlashtirilgan) kirgizmali ishlab chiqariladi
Quduqlarda qatlamdan neft bilan birgalikda qum chiqganda, quduq tubida NKQ-da qumli tiqinlarning paydo bo‘lishga olib keladi. Shuning uchun NKQ-larda suyuqlikning harakat tezligi oshiriladi, qum suyuqlik bilan birgalikda yer ustiga olib chiqiladi.
Ta’mirlash–profilaktik ishlarni yoki har xil geologik–texnik tadbirlar amalga oshiriladi, oldindan quduqlarni to‘xtatish (uchirish) talab qilinadi. Quduqga tushirilgan NKQ yordamida quduq yengillashtiradi.
Gaz suyuqlik aralashmasini quduq tubidan yer ustiga harakatini optimal sharoitini yaratish, quduq tubidan mexanik aralashmalarni va qumlarni yer ustiga chiqarish uchun ko‘taruvchi quvurlar quduqning tubigacha tushiriladi.
Amaliyotda nasos–kompressor quvurlar favvora usulida ishlatilganda, quvur perforatsiya teshiklarining yuqori chegarasidagi teshikkacha tushiriladi.
Mahsuldor qatlam zich tog‘ jinslari yotqizig‘idan iborat bo‘lsa, quduq ustunidan gaz ajralib chiqish boshlansa, NKQ – boshmog‘i neftni gaz bilan to‘yinish bosimining chegarasiga tushiriladi. Quduqning uzoq muddat favvoralanish uchun ko‘targichlar ishini shunday tashkil yetish kerakki, eng kam energiya sarf bo‘ladigan sharoitda yangi – optimal rejim bilan ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |