99
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq
to‗lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya
bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni
bajarish bilan bog‗liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‗lashdan ozod etishni, pasaytirilgan
soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‗llashni nazarda tutishi mumkin.
Barcha soliqlarni
soliqqa tortish obyekti, iqtisodiy mohiyati va byudjet tizimi
bo„g„inlari daromadlarini shakllantirishiga ko„ra
quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqqa tortish obyektiga ko‗ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhlanadi:
1.
Oborotdan olinadigan soliqlar;
2.
Daromaddan olinadigan soliqlar;
3.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;
4.
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga
qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i,
bojxona bojlari va yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi. Lekin oborot
(aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‗yicha ilgaridagidek, mahsulot
realizatsiyasi
oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan
o‗lchanadi (QQSda). Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan
olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga
yuridik va jismoniy shaxslarning daroma-
diga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan olinadigan
soliqlar
kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
solig‗ini ham kiritish mumkin.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga
yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan to‗lanadigan mol-mulk solig‗i kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga
qishloq xo‗jalik tovar ishlab
chiqaruvchilarining yagona yer solig‗i va yuridik (noqishloq xo‗jalik) va jismoniy
shaxslar tomonidan to‗lanadigan yer solig‗i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra soliqlar
egri va to„g„ri
yoki
bevosita va bilvosta
soliqlarga bo‗linadi. To‗g‗ri soliqlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri soliq to‗lovchilarning o‗zi
to‗laydi, ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to‗lovchisi ham, haqiqiy to‗lovchisi ham
bitta shaxs bo‗ladi. To‗g‗ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda
bo‗lmaydi. Bu soliqlarga daromad va mulkdan to‗lanadigan barcha soliqlar kiradi.
To„g„ri soliqlar
bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri daromaddan soliq to‗langanligi uchun
soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‗p qismini ularga
qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‗l bilan
bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari ko‗pay-
tirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susayti-
radi. Demak, bu guruh soliqlari stavkalari to‗g‗ridan-to‗g‗ri
bozor iqtisodiyoti rivoji
bilan chambarchas bog‗liqdir.
Egri soliqlarning
yuridik jihatdan to‗lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar)
yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‗rsatuvchilar) bo‗lib, soliqning haqiqiy og‗irligi
keyingi (so‗nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi, ya‘ni bu yerda haqiqiy soliq
100
to‗lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga
ustama ravishda qo‗yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni
respublikada ishlab chiqa-
rilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralab, mamlakat ichida tovarlar ko‗p
bo‗lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda
ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi
korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etmaydi, ya‘ni
investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan
oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab,
foyda olishni ham,
byudjetga to‗lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni – muomaladagi ortiqcha pul massasini
kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‗lgan
aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‗g‗ri soliqlar stavkasini
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‗proq mahsulot ishlab chiqarishni
ko‗paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‗g‗ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil
qilish mumkin. Masalan: AQShda to‗g‗ri soliqlar salmog‗ining
byudjet daromadida
90 foizga yaqin bo‗lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotganidan
darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, bojxona boji, yer
osti boyliklaridan foydalanganlik uchun kabisoliqlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: