97
Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga
o‗tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul
emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy
daromadni qayta taqsimlash
va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan usullarning asosiylari
bo‗lib hisoblanadi. Bu usullar o‗rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo‗yicha
turlicha bo‗lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-
qarshiliklarning o‗tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli
bilan belgilanadi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi. Ular
yordamida byudjet daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Turli mamlakatlar
markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60-95 foizni tashkil
etadi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi
tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi:
-
soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy boyligi
manbalarining tugashiga olib kelmasligi;
-
soliqlar ularni to‗lovchilar o‗rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi;
-
soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatmasligi;
-
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
-
davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‗lishi;
-
soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi.
Davlat byudjeti daromadlarining amal qilish mexanizmi haqida so‗z borar
ekan, avvalo byudjet daromadlarining nazariy asoslariga to‗xtalish maqsadga muvo-
fiqdir. Ayrim adabiyotlarda, ma‘ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda ―davlat byudjeti
daromadlarining asosiy bosh manbai soliqlardir‖, degan bizning nazarimizda
birmuncha noto‗g‗ri bo‗lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida,
davlat byudjeti
daromadlarining asosiy manbai bo‗lib mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy
daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‗larni jalb qilish
quroli esa soliqlardir.
Soliqlar
majburiy pullik to‗lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu
munosabatlar soliq to‗lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‗z
mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o‗rtasida sodir bo‗ladi. Korxona va
tashkilotlar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli
xizmatlarni ko‗rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham
pul to‗lovlarini amalga oshiradi. Lekin bu munosabatlarning
hammasi ham soliq
munosabati bo‗la olmaydi. Soliq munosabatida davlat mamlakatda yaratilgan yalpi
ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash yo‗li bilan majburan davlat
byudjetiga mablag‗ to‗plash jarayonini amalga oshiradi.
Soliqlar davlat byudjetiga, davlatning boshqa maqsadli jamg‗armalariga kelib
tushadigan, majburiy harakterga ega bo‗lgan pul munosabatlaridir. Shuningdek,
soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‗lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu
jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti erkin
iqtisodiyotdir, ya‘ni
har bir yuridik shaxs, tadbirkor o‗z tovariga erkin baho
98
belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy tanlashi va iste‘molchini o‗zi topib,
unga mahsulotini sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ular daromadlarining bir
qismini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq shaklida
daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi organning qarori zarur, ya‘ni
qonuniy asosda undirilgan to‗lov byudjetga o‗tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida
soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo‗ladi, demokratik to‗lovga aylanadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, soliq munosabatlarini tashkil etishda
soliq to‗lovchilar va davlat o‗rtasida daromadlar taqsimlanayotganda
tomonlarning
iqtisodiy manfaatlarini albatta e‘tiborga olish zarur. Davlat soliq to‗lovchilar
daromadini istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga undirishning ma‘lum
chegarasi mavjud. Bu chegarani davlat, soliq to‗lovchilarning mahsulot ishlab
chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib belgilaydi. Ikkinchi tomondan,
soliqlardan makrodarajada iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish
va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar to‗plash uchun
foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasidagi
doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‗z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: