O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
1.
O‗zbekiston Respublikasi hududlarida mahalliy byudjetlarni dotatsiya va 
subvensiyadan chiqarish Davlat dasturi va ularning ijrosi yakunlari to‗g‗risida 
ma‘lumot tayyorlang. 
2.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mahalliy 
byudjetlar barqarorligini ta‘minlashga oid ma‘ruzalari asosida taqdimot tayyorlang. 
3.
Byudjetlararo munosabatlar samarali faoliyatini ta‘minlash uchun 
O‗zbekiston Respublikasi hukumati qaysi xorijiy davlat modelini asos qilgani 
ma‘qul, deb hisoblaysiz, shu haqida esse yozing. 


83 
8-MAVZU. BYUDJET TASNIFI
REJA:
8.1. Byudjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati 
8.2. Byudjet tasnifining turlari 
8.3. O„zbekiston 
Respublikasi 
byudjet 
tasnifini 
rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan davlatlar tasnifi bilan qiyoslash 
 
Tayanch so„z va iboralar:
Byudjet tasnifi; to„liqlilik; yagonalik; 
o„zaro muvofiqlik; byudjet tizimining yagonaligi; davlat byudjeti 
daromadlarining tasnifi; davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, 
tashkiliy va iqtisodiy tasnifi; davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish 
manbalari tasnifi. 
 
8.1. Byudjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati 
 
Davlat byudjetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi, ya‘ni byudjet 
jarayonining barcha bosqichlarini bir tizimga solish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Shunday tizimlardan biri –bu byudjet tasnifidir. ―Byudjetning muhim qismini tashkil 
etuvchi tizim – byudjet tasnifidir. Byudjet tasnifi turli darajadagi byudjet 
ko‗rsatkichlarini o‗zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni, byudjet taqchilligini 
qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi. 
Byudjet tasnifini tuzishning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar e‘tirof 
etilgan: 
-
to‗liqlilik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini 
qamrab olishi shart; 
-
yagonalik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari uchun 
yagona bo‗lishi shart; 
-
o‗zaro muvofiqlik – byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o‗zida byudjet 
jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo‗llanilmasligi kerak, ya‘ni 
byudjet tasnifining har bir kodi o‗ziga xos bo‗lishi shart. 
Byudjet tasnifi mazmuniga ko‗ra ko‗p qirrali kategoriyadir. Byudjet tasnifi, 
davlat va mintaqaviy mablag‗lar haqidagi ma‘lumotlarni umumlashtiruvchi yagona 
tizimning ajralmas qismidir. Byudjet tasnifi mablag‗larni samarali boshqarish uchun 
zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni shakllantirishga imkon yaratadi. O‗zbekiston 
Respublikasi byudjet tasnifidan byudjetning maqsadli va manzilli xarajatlari va 
daromadlarining aniq manbalari byudjet jamg‗armasini hosil qilish va ishlatish 
funksiyasini bajaradi.
Byudjet tasnifi quyidagi masalalarni hal qilishga yordam beradi: 

Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibini belgilaydi hamda barcha 
byudjet jarayonini nazorat qiladi; 

byudjet tizimi birligi tamoyilini amalga oshirish mexanizmini shakllantiradi; 


84 

byudjet tizimidagi barcha ma‘lumotlarni taqqoslash va baholash uchun 
jamlaydi. 
Tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlari 
to‗g‗risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida va O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e‘lon qilinadi. Davlat byudjeti va davlat 
maqsadli jamg‗armalari byudjetlari ijrosining borishi to‗g‗risidagi axborot ommaviy 
axborot vositalarida chop etiladi, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining rasmiy (www.mf.uz
 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi) veb-
saytida joylashtiriladi va yangilab boriladi. 
Byudjet Kodeksida byudjet tizimi tamoyillari aniqlangan: yagonalik; 
muvofiqlik, byudjetlarning balansliligi va o‗zaro bog‗liqligi; daromadlarni prognoz 
qilish va xarajatlarning rejalashtirilishi; byudjet mablag‗laridan foydalanishning aniq 
yo‗naltirilganligi 
va 
maqsadliligi; 
byudjetlarning 
mustaqilligi; 
byudjet 
mablag‗laridanfoydalanishning natijadorligi; kassaning yagonaligi; ochiqlik; byudjet 
jarayoni ishtirokchilariningjavobgarligi. 
 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiDavlat byudjeti va davlat 
maqsadli jamg‗armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy 
yo‗nalishlari 
loyixalarini 
ishlab 
chiqish 
jarayonini 
tashkil 
etadi 
hamda 
muvofiqlashtirib boradi. ―Davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va 
davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi. O‗tgan moliya yili uchun Davlat 
byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining ijrosi to‗g‗risidagi 
hisobotlarni tashqi audit o‗tkazish hamda baholash uchun O‗zbekiston Respublikasi 
Hisob palatasiga yuboradi‖
43
. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari 
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‗g‗risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. 
Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida vujudga kelgan barcha 
moliyaviy muammolar byudjet tizimining butunlay yangi huquqiy va qonunchilik 
asoslarini yangilash, iqtisodiyotning sifat jihatidan yangi holatga o‗tishi va 
modernizatsiyalash bu jarayonni tezlashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Mana shu 
jarayonlarda byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar, yig‗imlar va boshqa 
daromadlarning hisob-kitobini to‗g‗ri yuritish, xarajatlarni amalga oshirayotganda 
ularni maqsadli va manzilliligini to‗liq va aniq ko‗rsatish zarur bo‗lib, bunda bizga 
byudjet tasnifi ko‗mak beradi.Davlat byudjeti ijrosibyudjet jarayonidagi asosiy 
bosqichlardan biri hisoblanadiki, g‗aznachilikda belgilanganistiqbol ko‗rsatkichlari, 
tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar bo‗yicha rejalar hamda respublikada ishlab 
chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattiq 
nazorat qilinadi.G‗aznachilik tasnif asosida davlat byudjetini ijro qilish jarayonida 
soliqlar,bojlar 
va 
boshqa 
byudjetga 
tushadigantushumlarniyig‗adi, 
byudjet 
kreditlarini ochadi, tasdiqlangan byudjet rejasiga muvofiq, tasnif asosida byudjet 
tashkilotlariga mablag‗larini taqdim qiladi. Davlat byudjeti g‗azna ijrosining asosiy 
prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil 

43
O‘zbekiston Respublikasining ―Byudjet Kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi Qonuni. 2013 yil, 26 dekabr. 




85 
etishning yagonaligidan iborat. Byudjetningg‗azna ijrosi shunday jarayonki,moliya 
yili mobaynida to‗liq va o‗z vaqtida, byudjet daromadlari tasnifiga muvofiq,har bir 
manba bo‗yicha byudjet daromadlari bajarilishi boshqariladi. Byudjet tashkilotlarning 
tasdiqlangan byudjet xarajatlari smetasi chegarasida, davlat byudjeti xarajatlarining 
tasnifigamuvofiq, xarajatlarni to‗lashnita‘minlaydi.
Tasnif yoki turkumlash deganda u yoki bu iqtisodiy hodisa, jarayon va 
munosabatlarning tarkibiy tuzilishi, belgilanishi va iqtisodiy mazmunini to‗liq va 
batafsil o‗rganish, aniqlash, rejalashtirish va tahlil qilish maqsadida turli sinflarga 
ajratish tushuniladi. Byudjet tasnifi alohida olinganbyudjet tiziminining tarkibiy 
tuzilishini, uning alohida daraja va sohalar bo‗yichaelementlari to‗plamini tashkil 
etadi. 
Byudjet loyihasini tayyorlashda tasnifning umumiy tamoyillariga, davlat va 
mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining mohiyati va ularni guruhlashtirish va 
ulardan optimal ravishda foylanishga qaratilgan muhim qarashlar berilgan. 
Shuningdek, davlat va mahalliy byudjetlar jarayonida tasnifning iqtisodiy mohiyati 
va uning roli to‗g‗risida ham gapirib o‗tilgan. Bunda byudjet daromadlari va 
xarajatlarini jamiyatning iqtisodiy hayotidagi, xususan ularni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishdagi ahamiyati, xarajatlarni aniq belgilariga asosan guruhlashtirish, 
iqtisodiyotning tarmoqlari bo‗yicha mohiyatini ochib berishga xarakat qilinadi.
Guruhlash tavsifi va ularni tuzish tamoyillari, byudjet daromadlari va 
xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqtisodiyotning tuzilishi va uni 
boshqarishga bog‗liq ravishda aniqlanadi. Daromad manbalarini bilish va byudjet 
sarflarining yo‗nalishini aniqlab olish, bu byudjet jarayonining samarali ishlashiga 
sharoit yaratadi. Shuningdek, byudjet daromadlari va xarajatlarini bir tizimga solib 
guruhlash nafaqat bir qancha o‗xshash daromad va xarajatlarni birlashtirish, balki 
iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni mustahkamlashi va byudjet intizomiga rioya 
etilishini ham ta‘minlaydi‖.
44
Byudjetning daromadlar manbalari yig‗indisi va 
byudjet xarajatlari maqsadlarinianiqlash – butun byudjet jarayonining samarasi 
hamda faoliyatining zaruriy shartidir. Byudjet tuzilishining muhim tarkibiyqismi 
byudjet tasnifidir. Byudjet tasnifiturli darajadagi byudjetlarning daromadlar va 
xarajatlarni guruhlovchi to‗plamdir. Davlat byudjetiing taqchilligini moliyalashtirish 
manbalarini guruhlab beradi. Byudjetlarni tuzish, qabul qilish va ijro etishda 
foydalaniladi, umuman byudjet jarayonida ma‘lumotlarni shakllantirishni 
ta‘minlaydi. Byudjetni boshqarish tamoyillari byudjet daromadlari va xarajatlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqaruv tizimi bilan 
belgilanadi. 
Byudjet jamg‗armasi daromadlarini: soliqli va soliqsiz daromadlar, beg‗araz 
yordamlar, boshqa daromadlar orqali shakllantirish hamda markazlashgan 
jamg‗armani sarflash, ijtimoiy himoyani moliyaviy ta‘minlash, soliq to‗lovchilarni 
rag‗batlantirish, moliyaviy nazorat bilan joriy va kapital xarajatlarni amalga oshirish 
Davlat byudjetiningasosiy funksiyalari hisoblanadi.Soliqlar milliy daromadning 
bozor iqtisodi sharoitida asosiy taqsimlash usulidir. Soliqlar yordamida byudjetning 
asosiy qismi shakllanadi. Ko‗pgina davlatlarning byudjet daromadlarini 80-90% 

44
http://ru.wikipedia.org/wiki/Бюджетная_классификация. Internet manzili ma‘lumotlari. 




86 
soliqlar tashkil qiladi. Davlat tomonidan yig‗ilgan mablag‗larni qaysi maqsadlarga 
yo‗naltirilgani byudjet xarajatlarida ifodalanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tasnifi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:

Davlat byudjeti daromadlari tasnifi;

Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi;

Davlat 
byudjeti 
taqchilligini 
moliyalashtirish 
manbalari 
tasnifi. 
O‗zbekistonda amalda bo‗lgan byudjet qonunchiligi xalqaro tasniflash asosida davlat 
byudjeti daromadlari va xarajatlarinimilliy tasniflashniishlab chiqishko‗zda tutiladi. 
Ushbu tasniflardavlat moliyasi hisobini yuritishva uni boshqarishni yaxshilash 
imkonini beradi. Turli darajadagibyudjetlarningbarcha daromad manbalariva xarajat 
yo‗nalishlari 
belgilanadi. 
Byudjet 
tasnifiqonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
tartibdaO‗zbekiston RespublikasiMoliya vazirligi tomonidanishlab chiqiladi va 
tasdiqlanadi.
Byudjetga oid adabiyotlarda davlatbyudjeti daromadlarinitasniflashningikki 
mezoniga, ya‘nidaromadlarni davlat qurilishiva tashkil topishmanbalariga ko‗ra 
tasniflash mezoniga amal qilingan. Respublika byudjeti daromadlarining tashkil 
topish manbalari quyidagilardan iborat: 

umumdavlat soliqlari, yig‗imlari, bojlari va boshqa majburiy to‗lovlar; 

davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi 
va sotilishidan olingan daromadlar; 

meros olish, hadya etish huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tgan pul 
mablag‗lari; 

yuridik va jismoniy shaxslardan, chet el davlatlardan kelganqaytarilmaydigan 
pul tushumlari; 

rezident – yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini 
qaytarish hisobiga berilgan to‗lovlar; 

boshqa daromadlar. 
Davlat byudjeti daromadlari tashkil topish manbalariga ko‗ra quyidagi turlarga 
bo‗linadi:

yuridik shaxslardanolinadigan egri, to‗g‗ri va mulkiy soliqlar; 

aholidan olinadigan soliqlar; 

hukumatning qimmatli qog‗ozlaridanolinadigan daromadlar; 

davlat mulkinisotishdanolingan daromadlar; 

xorijiy va xalqaro kreditlar hamda moliyaviy yordamlar; 

boshqa daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlari undirish usuliga ko‗ra ikkiga bo‗linadi: soliqli 
va soliqsiz daromadlar. Davlat byudjeti daromadlarisoliq turlariga ko‗ra quyidagilarga 
bo‗linadi:

korxonalar daromadidan olinadigan soliqlar; 

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i; 

qo‗shilgan qiymat solig‗i; 

aktsiz solig‗i; 

mol-mulk va er solig‗i; 

suv resurslaridanfoydalanganlik uchun soliq; 


87 

er osti boyliklaridanfoydalanganlik uchun soliq; 

boshqa soliqlar. 
Bir xil turdagi daromad va xarajatlarni birlashtirish imkoniyatini 
ta‘minlaydigan sharoitda byudjet daromadlari va xarajatlarini to‗plash bilan amalga 
oshiriladi. Bu moliya tizimida moliyaviy nazoratni amalga oshirish hamda byudjet 
intizomiga rioya qilishni ta‘minlaydi.
Davlatning pul mablag‗lari jamg‗armasini biror sohaga ma‘lum maqsadlar 
uchun taqsimlashda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar davlat byudjetining 
xarajatlari deb ataladi. Byudjetning xarajatlar kategoriyasi sarf-xarajatlarning aniq 
turlari orqali ifodalanadi, bularning har qaysisi son va sifat jihatdan izohlanadi. Sifat 
jihatidan izohlanishi byudjet turlarining qaysi maqsadlarga sarflanishini son jihatidan 
esa miqdorini ko‗rsatadi.―Davlatbyudjeti moliya tizimining barcha asosiy moliya 
institutlari – daromadlar, xarajatlar davlat qarzlari birlashadigan va o‗zaro 
bog‗lanadigan markaziy bo‗g‗ini hisoblanadi. Byudjet xarajatlari bu – davlatning o‗z 
vazifalarini bajarishi jarayonidagi sarflardir. Xarajatlar iqtisodiy munosabatlarni 
bildiradi, uning asosi markazlashgan jamg‗arma pul mablag‗larini har hil yo‗nalish 
bo‗yicha sarflashdir. 
Sarf-xarajatlar butun iqtisodiyotni qamrab oladi, chunki davlat jamiyatning 
iqtisodiy manfaatlarini hisobga oladi. «Davlat byudjeti xarajatlari miqdori va 
tuzilishiga ko‗pgina faktorlar ta‘sir etadi: davlat tuzilishi, davlatning tashqi va ichki 
siyosati, iqtisodiyotning umumiy darajasi, aholining turmush darajasi, iqtisodiyotda 
davlat sektori va xususiy sektorning holati.
Davlat byudjeti o‗z iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra – YaIMni taqsimlash va qayta 
taqsimlash jarayonida paydo bo‗ladigan pul munosabatlaridir.Byudjet munosabat-
larining subyektlari – davlat, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, muassasalar, turli 
darajagi byudjetlar va fuqarolar hisoblanadi. Davlatxarajatlariuningdaromadlariga 
qarabshakllanadi vaquyidagi yo‗nalishdaboradi: ijtimoiy soha;investitsiya; milliy 
xavfsizlikva ichki tartibnisaqlash; boshqaruv; tashqi qarzni uzishxarajatlari. 
Davlat byudjeti daromadlar va xarajatlarning yaxlitligi va ularning balansidan 
iborat. Byudjet tasnifi Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va 
xarajatlarini, 
shuningdek, 
Davlat byudjetining taqchilligini 
moliyalashtirish 
manbalarini guruhlashdan iborat. ―Byudjet taqchilligi– muayyan davrda byudjet 
xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‗lgan summasidir. Byudjet tasnifi 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ma‘lumotlarini tahlil qilishni ta‘minlaydi. 
Byudjet tasnifining ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undan:
 

davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etishda; 

byudjet mablag‗larining ajratilishi va mablag‗larning foydalanilishini 
nazorat qilishda; 

turli darajadagi byudjetlarning ko‗rsatkichlarini bir-biri bilan; 

taqqoslashda; 

barcha darajadagi byudjetlarni tuzishda foydalaniladi.
 
Tasnif asosan guruhlovchi bo‗lib, barcha soliq va yig‗imlar turlari va ularni undirish 
manbalarini, xarajatlarning yo‗nalishlari, maqsadi, qanday vazifani bajarish uchun 


88 
vazirlik, idora yoki byudjet tashkiloti amalga oshiradigan to‗lovlarni guruhlash orqali 
byudjet ma‘lumotlarini aniq shaklda aks ettirishni ta‘minlaydi.Byudjet tasnifi qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va o‗zgartirishlar kiritiladi. 
O‗zbekiston RespublikasiDavlat byudjetini boshqarishdagi o‗zgarishlarda 
Davlat byudjeti ijrosining g‗aznachilik tizimini joriy etishdan asosiy maqsad – 
byudjet mablag‗larini samarali boshqarish, davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish 
asosida byudjet daromadlarini shakllantirish, xarajatlarni amalga oshirish shuningdek, 
byudjet tashkilotlarining moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini yanada takomillash-
tirishdir.Byudjet mablag‗larini taqsimlovchilari, taqdim qilingan mahsulotlar, 
bajarilgan ishlar, ko‗rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitobni amalga oshiruvchilar – 
byudjetdan mablag‗ oluvchilardir yoki byudjet tashkilotlaridir. Davlat byudjeti g‗azna 
ijrosi, kassa birligi, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish hisobini yuritish, byudjet 
tiniqligi, byudjet majburiyatlarining limiti, shartnomalarni ro‗yxatga olish kabi 
tamoyillarga 
asoslanadi.Davlat 
byudjeti 
g‗azna 
ijrosidaMoliya 
vazirligi 
G‗aznachiligiva uning hududiy organlari, moliya organlari, byudjet tashkilotlari va 
byudjetdan mablag‗oluvchilar muhim rol o‗ynaydi. Byudjetdan mablag‗ oluvchilar 
uchun tasdiqlangan tartibda g‗aznachilik organlarida hisobvaraqlar ochiladi, bu 
hisobvaraqlarda Davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mablag‗ saqlanadi. Ijro bosqichida 
belgilangan tartibda va chegaralangan mablag‗lar doirasida tasdiqlangan xarajatlar 
smetasiga asosan qabul qilingan byudjet majburiyatlarini to‗lovi amalga oshiriladi. Davlat 
byudjetidan majburiyatlarning to‗lovi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan byudjet 
mablag‗i oluvchilarining taqdim qilgan va byudjet majburiyatlari ijrosini tasdiqlovchi 
hujjatlar asosida xarajatlar amalga oshiriladi. 
Byudjetdan mablag‗ oluvchilar tomonidan pul mablag‗lari o‗tkazilishi quyidagi 
talablarga asoslangan to‗lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi: 
- to‗lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari to‗g‗ri 
ko‗rsatilgan bo‗lsa; 
-moliya organlarida ro‗yxatdan o‗tkazilgan xarajatlar smetalari asosida va 
byudjet 
mablag‗lari 
bo‗yicha 
byudjetdan 
mablag‗ 
oluvchilarning 
bank 
hisobraqamlarida mavjud bo‗lgan, xarajatlarning tegishli guruhlari bo‗yicha byudjet 
mablag‗lari qoldiqlarining summalari doirasida; 
- agar to‗lov topshiriqnomasida ko‗rsatilgan summa moliya organida 
ro‗yxatdan o‗tkazilgan shartnomaga ko‗ra to‗lanadigan pul mablag‗lari summasidan 
oshmasa; 
- tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishini va byudjetdan mablag‗ 
oluvchining yetkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobvaraq-
fakturalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek, byudjetdan mablag‗ oluvchi zimmasiga 
yetkazib beruvchiga bo‗nak to‗lovini o‗tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlar 
bo‗lganida; 
- yetkazib beruvchining to‗lov topshiriqnomasida ko‗rsatilgan nomi va 
rekvizitlari yetkazib beruvchining shartnomada ko‗rsatilgan nomi va rekvizitlariga 
muvofiq bo‗lsa. 


89 
Ma‘lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, 
uning bo‗g‗inlari o‗rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, 
byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar 
faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag‗larini shakllantirish va sarflashdagi 
tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish