79
bilan izohlanadiki, me‘yorlarning har yili o‗zgarib turishi mahalliy byudjetlar tomonidan
o‗z daromadlarini prognoz qilishni qiyinlashtiradi va daromad qismining barqarorligiga
putur etkazadi. Soliqlar bo‗yicha me‘yorlar Moliya vazirligi va viloyat boshqaruv
organlari o‗rtasidagi muvofiqlashtiruv, kelishuvlar asosida o‗rnatilishi bois alohida olingan
mintaqalarga subyektiv tarzda yondoshish ehtimolini yuzaga keltiradi.
Qirg‗izistonda me‘yorlar bo‗yicha uchta asosiy soliq (yuridik shaxslar foydasiga
solinadigan soliq, jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‗i va aktsizlar),
Qozog‗istonda ikkita (foyda solig‗i va aktsizlar) taqsimlanadi. Soliq tushumlari ichida eng
barqaror bo‗lgan QQS to‗lig‗icha respublika byudjetiga o‗tkaziladi va subventsiyalar va
dotatsiyalar shaklida nisbatan kam ta‘minlangan mintaqalarga qayta taqsimlanadi.
O‗zbekistonda esa ko‗rsatilgan barcha soliqlar bo‗yicha normativlar har yili qayta
ko‗rib chiqiladi va hududlarning iqtisodiy potentsiali hamda byudjet ta‘minoti
ko‗rsatkichlariga qarab Prezident Qarori bilan belgilanadi. Normativlar qat‘iy
belgilanishining ijobiy tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlari ham mavjud. Qo‗shni
davlatlarning tajribalarini o‗rganish ular yo‗l qo‗ygan xatolarga yo‗l qo‗ymaslik va ular
amaliyotidan tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Birinchidan, Qirg‗iziston va
Qozog‗iston tajribalari ko‗rsatishicha, chegaralangan me‘yorlarni belgilash moliyaviy
resurslarni ma‘lum darajada qayta taqsimlash zaruratini tug‗diradi, ya‘ni dastavval
respublika byudjetiga soliqdan ajratmalar ko‗rinishida mablag‗lar markaziy byudjetga
tushadi, so‗ngra barcha mahalliy byudjetlarga istisnosiz ravishda subventsiya ko‗rinishida
mablag‗lar taqsimlanadi. Tabiiyki, bunday hol qarama-qarshi moliyaviy resurslar
oqimining ko‗payishiga olib keladi, bu esa moliya tizimidagi munosabatlarning sezilarli
darajada murakkablashuviga olib keladi.
Ikkinchidan, yagona me‘yor miqdorini belgilash masalasi ham muammoligicha
qolmoqda. Masalan, Qirg‗izistonda 35 foizli me‘yorni belgilash Bishkek tomonidan
tartibga solinadigan soliqlarning 65 foizini respublika byudjetiga o‗tkazgani xolda,
respublika byudjetidan subventsiyalar va toifalashtirilgan grantlarni olish vaziyatini
vujudga keltiradi. Shu sababli hozirgi vaqtda mazkur mintaqa uchun belgilangan
me‘yorlarni o‗zgartirish masalasi turmoqda.
Qozog‗istonda ham belgilangan 50 foiz me‘yorlarda alohida olingan
mintaqalarning daromadlari ularning xarajatlaridan ortib ketmoqda. Shu sababli mahalliy
byudjetlar daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi hollarida byudjet tomonidan ushbu
farqni qaytarib olish ko‗zda tutilgan, ya‘ni ular qonun hujjatlarida belgilangan summalar
chegarasida Ostona va Olma-ota shaharlari va viloyatlar byudjetlari tomonidan respublika
byudjetiga o‗tkaziladi hamda Maslahatlar
42
qarorlarida belgilangan summalar chegarasida
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan viloyat byudjetiga rasmiy transfertlar shaklida
o‗tkazib beriladi.
Sharqiy Yevropaning alohida olingan mamlakatlarida shunga o‗xshash oqibatlar
oldindan hisobga olingan bo‗lib, mahalliy va umumdavlat (tartibga solinuvchi)
soliqlarining zaruriy qismi hisobiga eng ko‗p ta‘minlangan mintaqalarning xarajatlarini
qoplash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holdagi me‘yorlar darajalari o‗rnatilgan. Bunday
yondoshuv ushbu mintaqa uchun moliyaviy resurslarning o‗zaro oqimlari paydo
bo‗lishining oldini oladi.
42
Qozog‘istonda mahalliy hukumat ijroiya organlari