Mavzu yuzasidan topshiriqlar
1.
O‗zbekiston Respublikasi hududlarida mahalliy byudjetlarni dotatsiya va
subvensiyadan chiqarish Davlat dasturi va ularning ijrosi yakunlari to‗g‗risida
ma‘lumot tayyorlang.
2.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mahalliy
byudjetlar barqarorligini ta‘minlashga oid ma‘ruzalari asosida taqdimot tayyorlang.
3.
Byudjetlararo munosabatlar samarali faoliyatini ta‘minlash uchun
O‗zbekiston Respublikasi hukumati qaysi xorijiy davlat modelini asos qilgani
ma‘qul, deb hisoblaysiz, shu haqida esse yozing.
83
8-MAVZU. BYUDJET TASNIFI
REJA:
8.1. Byudjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati
8.2. Byudjet tasnifining turlari
8.3. O„zbekiston
Respublikasi
byudjet
tasnifini
rivojlangan
va
rivojlanayotgan davlatlar tasnifi bilan qiyoslash
Tayanch so„z va iboralar:
Byudjet tasnifi; to„liqlilik; yagonalik;
o„zaro muvofiqlik; byudjet tizimining yagonaligi; davlat byudjeti
daromadlarining tasnifi; davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan,
tashkiliy va iqtisodiy tasnifi; davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish
manbalari tasnifi.
8.1. Byudjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati
Davlat byudjetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi, ya‘ni byudjet
jarayonining barcha bosqichlarini bir tizimga solish zaruratini keltirib chiqaradi.
Shunday tizimlardan biri –bu byudjet tasnifidir. ―Byudjetning muhim qismini tashkil
etuvchi tizim – byudjet tasnifidir. Byudjet tasnifi turli darajadagi byudjet
ko‗rsatkichlarini o‗zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni, byudjet taqchilligini
qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi.
Byudjet tasnifini tuzishning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar e‘tirof
etilgan:
-
to‗liqlilik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini
qamrab olishi shart;
-
yagonalik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari uchun
yagona bo‗lishi shart;
-
o‗zaro muvofiqlik – byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o‗zida byudjet
jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo‗llanilmasligi kerak, ya‘ni
byudjet tasnifining har bir kodi o‗ziga xos bo‗lishi shart.
Byudjet tasnifi mazmuniga ko‗ra ko‗p qirrali kategoriyadir. Byudjet tasnifi,
davlat va mintaqaviy mablag‗lar haqidagi ma‘lumotlarni umumlashtiruvchi yagona
tizimning ajralmas qismidir. Byudjet tasnifi mablag‗larni samarali boshqarish uchun
zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni shakllantirishga imkon yaratadi. O‗zbekiston
Respublikasi byudjet tasnifidan byudjetning maqsadli va manzilli xarajatlari va
daromadlarining aniq manbalari byudjet jamg‗armasini hosil qilish va ishlatish
funksiyasini bajaradi.
Byudjet tasnifi quyidagi masalalarni hal qilishga yordam beradi:
−
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibini belgilaydi hamda barcha
byudjet jarayonini nazorat qiladi;
−
byudjet tizimi birligi tamoyilini amalga oshirish mexanizmini shakllantiradi;
84
−
byudjet tizimidagi barcha ma‘lumotlarni taqqoslash va baholash uchun
jamlaydi.
Tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlari
to‗g‗risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida va O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e‘lon qilinadi. Davlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg‗armalari byudjetlari ijrosining borishi to‗g‗risidagi axborot ommaviy
axborot vositalarida chop etiladi, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining rasmiy (www.mf.uz
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi) veb-
saytida joylashtiriladi va yangilab boriladi.
Byudjet Kodeksida byudjet tizimi tamoyillari aniqlangan: yagonalik;
muvofiqlik, byudjetlarning balansliligi va o‗zaro bog‗liqligi; daromadlarni prognoz
qilish va xarajatlarning rejalashtirilishi; byudjet mablag‗laridan foydalanishning aniq
yo‗naltirilganligi
va
maqsadliligi;
byudjetlarning
mustaqilligi;
byudjet
mablag‗laridanfoydalanishning natijadorligi; kassaning yagonaligi; ochiqlik; byudjet
jarayoni ishtirokchilariningjavobgarligi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiDavlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg‗armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy
yo‗nalishlari
loyixalarini
ishlab
chiqish
jarayonini
tashkil
etadi
hamda
muvofiqlashtirib boradi. ―Davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va
davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi. O‗tgan moliya yili uchun Davlat
byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining ijrosi to‗g‗risidagi
hisobotlarni tashqi audit o‗tkazish hamda baholash uchun O‗zbekiston Respublikasi
Hisob palatasiga yuboradi‖
43
. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‗g‗risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida vujudga kelgan barcha
moliyaviy muammolar byudjet tizimining butunlay yangi huquqiy va qonunchilik
asoslarini yangilash, iqtisodiyotning sifat jihatidan yangi holatga o‗tishi va
modernizatsiyalash bu jarayonni tezlashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Mana shu
jarayonlarda byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar, yig‗imlar va boshqa
daromadlarning hisob-kitobini to‗g‗ri yuritish, xarajatlarni amalga oshirayotganda
ularni maqsadli va manzilliligini to‗liq va aniq ko‗rsatish zarur bo‗lib, bunda bizga
byudjet tasnifi ko‗mak beradi.Davlat byudjeti ijrosibyudjet jarayonidagi asosiy
bosqichlardan biri hisoblanadiki, g‗aznachilikda belgilanganistiqbol ko‗rsatkichlari,
tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar bo‗yicha rejalar hamda respublikada ishlab
chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattiq
nazorat qilinadi.G‗aznachilik tasnif asosida davlat byudjetini ijro qilish jarayonida
soliqlar,bojlar
va
boshqa
byudjetga
tushadigantushumlarniyig‗adi,
byudjet
kreditlarini ochadi, tasdiqlangan byudjet rejasiga muvofiq, tasnif asosida byudjet
tashkilotlariga mablag‗larini taqdim qiladi. Davlat byudjeti g‗azna ijrosining asosiy
prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil
43
O‘zbekiston Respublikasining ―Byudjet Kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi Qonuni. 2013 yil, 26 dekabr.
85
etishning yagonaligidan iborat. Byudjetningg‗azna ijrosi shunday jarayonki,moliya
yili mobaynida to‗liq va o‗z vaqtida, byudjet daromadlari tasnifiga muvofiq,har bir
manba bo‗yicha byudjet daromadlari bajarilishi boshqariladi. Byudjet tashkilotlarning
tasdiqlangan byudjet xarajatlari smetasi chegarasida, davlat byudjeti xarajatlarining
tasnifigamuvofiq, xarajatlarni to‗lashnita‘minlaydi.
Tasnif yoki turkumlash deganda u yoki bu iqtisodiy hodisa, jarayon va
munosabatlarning tarkibiy tuzilishi, belgilanishi va iqtisodiy mazmunini to‗liq va
batafsil o‗rganish, aniqlash, rejalashtirish va tahlil qilish maqsadida turli sinflarga
ajratish tushuniladi. Byudjet tasnifi alohida olinganbyudjet tiziminining tarkibiy
tuzilishini, uning alohida daraja va sohalar bo‗yichaelementlari to‗plamini tashkil
etadi.
Byudjet loyihasini tayyorlashda tasnifning umumiy tamoyillariga, davlat va
mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining mohiyati va ularni guruhlashtirish va
ulardan optimal ravishda foylanishga qaratilgan muhim qarashlar berilgan.
Shuningdek, davlat va mahalliy byudjetlar jarayonida tasnifning iqtisodiy mohiyati
va uning roli to‗g‗risida ham gapirib o‗tilgan. Bunda byudjet daromadlari va
xarajatlarini jamiyatning iqtisodiy hayotidagi, xususan ularni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishdagi ahamiyati, xarajatlarni aniq belgilariga asosan guruhlashtirish,
iqtisodiyotning tarmoqlari bo‗yicha mohiyatini ochib berishga xarakat qilinadi.
Guruhlash tavsifi va ularni tuzish tamoyillari, byudjet daromadlari va
xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqtisodiyotning tuzilishi va uni
boshqarishga bog‗liq ravishda aniqlanadi. Daromad manbalarini bilish va byudjet
sarflarining yo‗nalishini aniqlab olish, bu byudjet jarayonining samarali ishlashiga
sharoit yaratadi. Shuningdek, byudjet daromadlari va xarajatlarini bir tizimga solib
guruhlash nafaqat bir qancha o‗xshash daromad va xarajatlarni birlashtirish, balki
iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni mustahkamlashi va byudjet intizomiga rioya
etilishini ham ta‘minlaydi‖.
44
Byudjetning daromadlar manbalari yig‗indisi va
byudjet xarajatlari maqsadlarinianiqlash – butun byudjet jarayonining samarasi
hamda faoliyatining zaruriy shartidir. Byudjet tuzilishining muhim tarkibiyqismi
byudjet tasnifidir. Byudjet tasnifiturli darajadagi byudjetlarning daromadlar va
xarajatlarni guruhlovchi to‗plamdir. Davlat byudjetiing taqchilligini moliyalashtirish
manbalarini guruhlab beradi. Byudjetlarni tuzish, qabul qilish va ijro etishda
foydalaniladi, umuman byudjet jarayonida ma‘lumotlarni shakllantirishni
ta‘minlaydi. Byudjetni boshqarish tamoyillari byudjet daromadlari va xarajatlarining
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqaruv tizimi bilan
belgilanadi.
Byudjet jamg‗armasi daromadlarini: soliqli va soliqsiz daromadlar, beg‗araz
yordamlar, boshqa daromadlar orqali shakllantirish hamda markazlashgan
jamg‗armani sarflash, ijtimoiy himoyani moliyaviy ta‘minlash, soliq to‗lovchilarni
rag‗batlantirish, moliyaviy nazorat bilan joriy va kapital xarajatlarni amalga oshirish
Davlat byudjetiningasosiy funksiyalari hisoblanadi.Soliqlar milliy daromadning
bozor iqtisodi sharoitida asosiy taqsimlash usulidir. Soliqlar yordamida byudjetning
asosiy qismi shakllanadi. Ko‗pgina davlatlarning byudjet daromadlarini 80-90%
44
http://ru.wikipedia.org/wiki/Бюджетная_классификация. Internet manzili ma‘lumotlari.
86
soliqlar tashkil qiladi. Davlat tomonidan yig‗ilgan mablag‗larni qaysi maqsadlarga
yo‗naltirilgani byudjet xarajatlarida ifodalanadi.
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tasnifi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
−
Davlat byudjeti daromadlari tasnifi;
−
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi;
−
Davlat
byudjeti
taqchilligini
moliyalashtirish
manbalari
tasnifi.
O‗zbekistonda amalda bo‗lgan byudjet qonunchiligi xalqaro tasniflash asosida davlat
byudjeti daromadlari va xarajatlarinimilliy tasniflashniishlab chiqishko‗zda tutiladi.
Ushbu tasniflardavlat moliyasi hisobini yuritishva uni boshqarishni yaxshilash
imkonini beradi. Turli darajadagibyudjetlarningbarcha daromad manbalariva xarajat
yo‗nalishlari
belgilanadi.
Byudjet
tasnifiqonun
hujjatlarida
belgilangan
tartibdaO‗zbekiston RespublikasiMoliya vazirligi tomonidanishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi.
Byudjetga oid adabiyotlarda davlatbyudjeti daromadlarinitasniflashningikki
mezoniga, ya‘nidaromadlarni davlat qurilishiva tashkil topishmanbalariga ko‗ra
tasniflash mezoniga amal qilingan. Respublika byudjeti daromadlarining tashkil
topish manbalari quyidagilardan iborat:
−
umumdavlat soliqlari, yig‗imlari, bojlari va boshqa majburiy to‗lovlar;
−
davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi
va sotilishidan olingan daromadlar;
−
meros olish, hadya etish huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tgan pul
mablag‗lari;
−
yuridik va jismoniy shaxslardan, chet el davlatlardan kelganqaytarilmaydigan
pul tushumlari;
−
rezident – yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini
qaytarish hisobiga berilgan to‗lovlar;
−
boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti daromadlari tashkil topish manbalariga ko‗ra quyidagi turlarga
bo‗linadi:
−
yuridik shaxslardanolinadigan egri, to‗g‗ri va mulkiy soliqlar;
−
aholidan olinadigan soliqlar;
−
hukumatning qimmatli qog‗ozlaridanolinadigan daromadlar;
−
davlat mulkinisotishdanolingan daromadlar;
−
xorijiy va xalqaro kreditlar hamda moliyaviy yordamlar;
−
boshqa daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlari undirish usuliga ko‗ra ikkiga bo‗linadi: soliqli
va soliqsiz daromadlar. Davlat byudjeti daromadlarisoliq turlariga ko‗ra quyidagilarga
bo‗linadi:
−
korxonalar daromadidan olinadigan soliqlar;
−
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i;
−
qo‗shilgan qiymat solig‗i;
−
aktsiz solig‗i;
−
mol-mulk va er solig‗i;
−
suv resurslaridanfoydalanganlik uchun soliq;
87
−
er osti boyliklaridanfoydalanganlik uchun soliq;
−
boshqa soliqlar.
Bir xil turdagi daromad va xarajatlarni birlashtirish imkoniyatini
ta‘minlaydigan sharoitda byudjet daromadlari va xarajatlarini to‗plash bilan amalga
oshiriladi. Bu moliya tizimida moliyaviy nazoratni amalga oshirish hamda byudjet
intizomiga rioya qilishni ta‘minlaydi.
Davlatning pul mablag‗lari jamg‗armasini biror sohaga ma‘lum maqsadlar
uchun taqsimlashda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar davlat byudjetining
xarajatlari deb ataladi. Byudjetning xarajatlar kategoriyasi sarf-xarajatlarning aniq
turlari orqali ifodalanadi, bularning har qaysisi son va sifat jihatdan izohlanadi. Sifat
jihatidan izohlanishi byudjet turlarining qaysi maqsadlarga sarflanishini son jihatidan
esa miqdorini ko‗rsatadi.―Davlatbyudjeti moliya tizimining barcha asosiy moliya
institutlari – daromadlar, xarajatlar davlat qarzlari birlashadigan va o‗zaro
bog‗lanadigan markaziy bo‗g‗ini hisoblanadi. Byudjet xarajatlari bu – davlatning o‗z
vazifalarini bajarishi jarayonidagi sarflardir. Xarajatlar iqtisodiy munosabatlarni
bildiradi, uning asosi markazlashgan jamg‗arma pul mablag‗larini har hil yo‗nalish
bo‗yicha sarflashdir.
Sarf-xarajatlar butun iqtisodiyotni qamrab oladi, chunki davlat jamiyatning
iqtisodiy manfaatlarini hisobga oladi. «Davlat byudjeti xarajatlari miqdori va
tuzilishiga ko‗pgina faktorlar ta‘sir etadi: davlat tuzilishi, davlatning tashqi va ichki
siyosati, iqtisodiyotning umumiy darajasi, aholining turmush darajasi, iqtisodiyotda
davlat sektori va xususiy sektorning holati.
Davlat byudjeti o‗z iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra – YaIMni taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonida paydo bo‗ladigan pul munosabatlaridir.Byudjet munosabat-
larining subyektlari – davlat, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, muassasalar, turli
darajagi byudjetlar va fuqarolar hisoblanadi. Davlatxarajatlariuningdaromadlariga
qarabshakllanadi vaquyidagi yo‗nalishdaboradi: ijtimoiy soha;investitsiya; milliy
xavfsizlikva ichki tartibnisaqlash; boshqaruv; tashqi qarzni uzishxarajatlari.
Davlat byudjeti daromadlar va xarajatlarning yaxlitligi va ularning balansidan
iborat. Byudjet tasnifi Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va
xarajatlarini,
shuningdek,
Davlat byudjetining taqchilligini
moliyalashtirish
manbalarini guruhlashdan iborat. ―Byudjet taqchilligi– muayyan davrda byudjet
xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‗lgan summasidir. Byudjet tasnifi
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ma‘lumotlarini tahlil qilishni ta‘minlaydi.
Byudjet tasnifining ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undan:
davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etishda;
byudjet mablag‗larining ajratilishi va mablag‗larning foydalanilishini
nazorat qilishda;
turli darajadagi byudjetlarning ko‗rsatkichlarini bir-biri bilan;
taqqoslashda;
barcha darajadagi byudjetlarni tuzishda foydalaniladi.
Tasnif asosan guruhlovchi bo‗lib, barcha soliq va yig‗imlar turlari va ularni undirish
manbalarini, xarajatlarning yo‗nalishlari, maqsadi, qanday vazifani bajarish uchun
88
vazirlik, idora yoki byudjet tashkiloti amalga oshiradigan to‗lovlarni guruhlash orqali
byudjet ma‘lumotlarini aniq shaklda aks ettirishni ta‘minlaydi.Byudjet tasnifi qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va o‗zgartirishlar kiritiladi.
O‗zbekiston RespublikasiDavlat byudjetini boshqarishdagi o‗zgarishlarda
Davlat byudjeti ijrosining g‗aznachilik tizimini joriy etishdan asosiy maqsad –
byudjet mablag‗larini samarali boshqarish, davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish
asosida byudjet daromadlarini shakllantirish, xarajatlarni amalga oshirish shuningdek,
byudjet tashkilotlarining moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini yanada takomillash-
tirishdir.Byudjet mablag‗larini taqsimlovchilari, taqdim qilingan mahsulotlar,
bajarilgan ishlar, ko‗rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitobni amalga oshiruvchilar –
byudjetdan mablag‗ oluvchilardir yoki byudjet tashkilotlaridir. Davlat byudjeti g‗azna
ijrosi, kassa birligi, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish hisobini yuritish, byudjet
tiniqligi, byudjet majburiyatlarining limiti, shartnomalarni ro‗yxatga olish kabi
tamoyillarga
asoslanadi.Davlat
byudjeti
g‗azna
ijrosidaMoliya
vazirligi
G‗aznachiligiva uning hududiy organlari, moliya organlari, byudjet tashkilotlari va
byudjetdan mablag‗oluvchilar muhim rol o‗ynaydi. Byudjetdan mablag‗ oluvchilar
uchun tasdiqlangan tartibda g‗aznachilik organlarida hisobvaraqlar ochiladi, bu
hisobvaraqlarda Davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mablag‗ saqlanadi. Ijro bosqichida
belgilangan tartibda va chegaralangan mablag‗lar doirasida tasdiqlangan xarajatlar
smetasiga asosan qabul qilingan byudjet majburiyatlarini to‗lovi amalga oshiriladi. Davlat
byudjetidan majburiyatlarning to‗lovi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan byudjet
mablag‗i oluvchilarining taqdim qilgan va byudjet majburiyatlari ijrosini tasdiqlovchi
hujjatlar asosida xarajatlar amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag‗ oluvchilar tomonidan pul mablag‗lari o‗tkazilishi quyidagi
talablarga asoslangan to‗lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi:
- to‗lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari to‗g‗ri
ko‗rsatilgan bo‗lsa;
-moliya organlarida ro‗yxatdan o‗tkazilgan xarajatlar smetalari asosida va
byudjet
mablag‗lari
bo‗yicha
byudjetdan
mablag‗
oluvchilarning
bank
hisobraqamlarida mavjud bo‗lgan, xarajatlarning tegishli guruhlari bo‗yicha byudjet
mablag‗lari qoldiqlarining summalari doirasida;
- agar to‗lov topshiriqnomasida ko‗rsatilgan summa moliya organida
ro‗yxatdan o‗tkazilgan shartnomaga ko‗ra to‗lanadigan pul mablag‗lari summasidan
oshmasa;
- tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishini va byudjetdan mablag‗
oluvchining yetkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobvaraq-
fakturalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek, byudjetdan mablag‗ oluvchi zimmasiga
yetkazib beruvchiga bo‗nak to‗lovini o‗tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlar
bo‗lganida;
- yetkazib beruvchining to‗lov topshiriqnomasida ko‗rsatilgan nomi va
rekvizitlari yetkazib beruvchining shartnomada ko‗rsatilgan nomi va rekvizitlariga
muvofiq bo‗lsa.
89
Ma‘lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini,
uning bo‗g‗inlari o‗rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini,
byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar
faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag‗larini shakllantirish va sarflashdagi
tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |