241
boy yoki kambag‗al, nisbatan sog‗lom yoki kasalmand) asoslangan tabaqalashgan
tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi, tibbiy xizmatlar haqini to‗lash bilan bog‗liq
xarajatlar hajmining ortib borishi, xususiy tibbiy sug‗urta mablag‗larining
mamlakatdagi butun sog‗liqni saqlash tizimining normal faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash uchun yetarli emasligi kabi ijobiy va salbiy jihatlari mavjud.
4. To„g„ridan-to„g„ri to„lovlar
iste‘molchilarningtibbiy xizmatlarni sotib
olishdagi xarajatlari bo‗lib, tovar va xizmatlar sotib olishning bozor tamoyillariga
asoslangan erkin uslubi hisoblanadi. Ushbu usul sog‗liqni saqlash tizimini mablag‗
bilan ta‘minlashdagi mavjud muammolarni ma‘lum darajada yumshatishga xizmat
qiladi, ammo xizmatlar bahosi shu darajada qimmatlashib ketishi mumkinki, natijada
risklarni majburiy tarzda taqsimlash zaruriyati tug‗iladi va raqobatdosh xususiy
ixtiyoriy sug‗urtaga ehtiyoj yuzaga keladi. Pullik to‗lovlarga asoslangan moliyalash-
tirish tizimining ijtimoiy adolatni ta‘minlay olmasligi, risklarni umumlashtirmasligi
va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi, butun tizimni yetarli resurslar bilan
ta‘minlay olmasligi kabi salbiy jihatlarini ham ta‘kidlash o‗rinli.
Jahonda sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yuqorida sanab o‗tilgan
manbalarining faqat bittasidan foydalanadigan hech bir mamlakat yo‗q ekanligini
e‘tirof etgan holda shuni ta‘kidlash kerakki, barcha davlatlar milliy tibbiyot
tizimlarini moliyalashda sanab o‗tilgan u yoki bu manbaga ustuvorlik bergan holda
aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya,
Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug‗urta tizimi yuqori darajada rivojlangan
bo‗lsa, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada – byudjetdan
moliyalashtirish tizimi, Amerika Qo‗shma Shtatlarida esa xususiy tibbiy sug‗urta
tizimi faoliyati barqaror shakllangan. MDH davlatlarida byudjetdan moliyalashtirish
tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga, Rossiya, Gruziya, Qirg‗iziston, Litva,
Latviya, Estoniya kabilarda parallel ravishda majburiy ijtimoiy tibbiy sug‗urta joriy
etilgan.
Mutaxassislarning fikricha, tibbiyot tizimini moliyalashtirish manbai sog‗liqni
saqlash tizimi faoliyat yo‗nalishlariga va tarmoqning bajaradigan funksiyalariga mos
kelishi, shuningdek, jamoat sog‗lig‗ini saqlash sektori tomonidan ko‗rsatiladigan
barcha tibbiy va ma‘lum hajmdagi klinik xizmatlar bo‗yicha muayyan
majburiyatlarni davlat o‗z zimmasiga olmog‗i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: