237
ni saqlash tizimida jiddiy muammolar yuzaga kelganligini e‘tirof etish lozim,
xususan:
tibbiy xizmatlarning yuqori sifatini ta‘minlashga qodir bo‗lmagan, yaxshi
jihozlanmagan davolash muassasalari sonining ko‗pligi, natijada tarmoqni rivoj-
lantirish va qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltiriladigan byudjet-moliya resurslarining
haqiqiy ehtiyojni qoplay olmasligi, ulardan foydalanish samaradorligining pastligi;
ilgari yaratilgan va o‗z vaqtida yaxshi jihozlangan sog‗liqni
saqlash
muassasalari bugungi kunda zamonaviy talablarga, diagnostika va davolashning sifat
standartlariga javob bermay qo‗yganligi;
qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish jarayonining tugallanmaganligi
sababli uzoq tumanlarda joylashgan qishloqlar aholisi uchun tibbiy yordam olish
imkoniyatining cheklanganligi;
birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari,
oilaviy
poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon
qoniqarsiz ahvolda qolayotganligi;
shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan
ta‘minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‗yicha vazifalar ijrosi talab
darajasida
emasligi;
tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta‘minlash ishlarining talabga
javob bermasligi;
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini takomillash-
tirish bo‗yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmayotganligi;
dorixona muassasalari tarmog‗ini yanada optimallashtirish,
dori-darmon
vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish va narx belgilash tizimini takomil-
lashtirish va ular faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishning zarurligi;
sog‗liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish ishlariga yetarlicha
e‘tibor berilmaganligi.
Sog‗liqni saqlash tizimidagi shu va shu kabi boshqa davolash va diagnostika,
tashkiliy va huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalardagi muammolarni chuqur
tahlil qilish va o‗rganish asosida 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida aynan sog‗liqni
saqlash tizimini yanada
takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ustuvor yo‗nalishlar belgilangan (15.2-rasm).
Harakatlar strategiyasining 2017-―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili‖ hamda 2018-―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni
qo‗llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarida sog‗liqni saqlash
tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator aniq va manzilli chora-tadbirlar
belgilangan bo‗lib, Dasturda ularning bir necha yo‗nalishlarda olib borilishi ko‗zda
tutilgan. Bu tadbirlar
tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish,
mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiyot va farmasevtika
faoliyatining qonuniy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj
bo‗lgan aholi qatlamlariga ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar miqdori va sifatini
oshirish, onalar va bolalar
salomatligini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish
maqsadida sanitariya-profilaktika ishlari samarasini oshirish, chekka hududlarda
yashovchi aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, tibbiyot
xodimlari mehnatini
238
rag‗batlantirish, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, tug‗ma va irsiy
kasalliklarni barvaqt aniqlash choralarini ko‗rish kabilarga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: