268
-
bolalikdan nogironlarga va bola tug‗ilganda
beriladigan nafaqalarni, qonun
hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to‗lash uchun
vakolatli organga mablag‗lar ajratish xarajatlari;
-
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan va radiatsiya-
yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‗tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy
qo‗llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan
imtiyozlar va kompensatsiyalarni to‗lash xarajatlari va b.
b) mahalliy byudjetlardan:
-
mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi bolalar uylari, davlat bolalar shaharcha-
larini saqlab turish xarajatlari;
-
mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-
uylari, pansionat va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari, boshqa
muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek,
aholini ijtimoiy muhofaza
qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
-
uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish xarajatlari;
-
shahar yo‗lovchilar transporti tashuvchilarining yo‗lovchilarni va bagajni
cheklangan tariflar bo‗yicha tashish, shuningdek, alohida toifadagi fuqarolarni
imtiyozli tashish xizmatlarini ko‗rsatish bilan bog‗liq zararlarning o‗rnini qoplash
xarajatlari va b.
Ma‘lumki, ijtimoiy ta‘minotning markazida pensiya ta‘minoti turadi. Ko‗pchi-
lik davlatlarda pensiya ta‘minotini mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadida markaz-
lashgan tartibda maxsus fondlar – Pensiya fondlari tuziladi. Ularning asosiy maqsadi
shu mamlakat pensiya qonunchiligi bilan belgilangan pensiyalar va boshqa ijtimoiy
to‗lovlarni moliyalashtirishdan iborat.
Bugungi
kunda
byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‗armasidan quyi-
dagi pensiyalar
va ijtimoiy nafaqalar
to‗lanadi, shuningdek, fuqarolarning
ijtimoiy ta‘minoti bilan bog‗liq bo‗lgan
boshqa sarfiyotlar amalga oshiriladi:
-
ishlayotgan
pensionerlarga
davlat pensiyalarini to‗lash;
-
ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‗lash;
-
davlat pensiya ta‘minoti huquqiga ega bo‗lmagan qariyalar va mehnatga
qobiliyatsiz fuqarolarga nafaqalar berish;
-
dafn marosimlari uchun nafaqalar;
-
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar.
Fuqarolar ijtimoiy ta‘minotining ayrim shakllari va turlari
Bandlikka ko„mak-
lashish davlat jamg„armasi
tomonidan moliyalashtiriladi, ular jumlasiga quyidagilar
kiradi:
-
ishsiz deb topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini
oshirish va ularni qayta
tayyorlash xarajatlari;
-
ishsizlik bo‗yicha nafaqalar, bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish markazlari taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy
Bizning mamlakatimizda ijtimoiy
ta‘minot vazifalarini davlat byudjeti
bilan birga, byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasi bajaradi.
269
ravishda ko‗chib o‗tish munosabati bilan kompensatsiyalar to‗lash hamda ishsizlarga
moddiy yordam berish;
-
ishsiz deb topilgan shaxslarga muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi
munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‗armasi xarajatlarining o‗rnini qoplash;
-
nogironlar, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‗lgan boshqa toifalari
mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o‗rinlari va ishlab chiqarishlarni
tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish;
-
ish bilan band bo‗lmagan aholiga yordam ko‗rsatish, shu jumladan, ishga
joylashtirishga ko‗maklashish va maslahat xizmatlari ko‗rsatish bilan bog‗liq
xarajatlar;
-
aholi bandligi bilan bog‗liq masalalar bo‗yicha
xalqaro hamkorlik hamda
xalqaro loyihalar va shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish;
-
chet elga ishga yuborilgan O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishga
joylashtirilishini tashkil etish va ularning ijtimoiy muhofaza qilinishini ta‘minlash
bilan bog‗liq xarajatlar va b.
O„zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug„urta
byudjeti
quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
-
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan,
O‗zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga xodimlar va ularning oila
a‘zolarini sog‗lomlashtirish uchun yagona ijtimoiy to‗lovdan yo‗naltirilgan ajratmalar
hisobiga;
-
belgilangan tartibda xodimlarga davolanish va dam olish uchun berilgan
yo‗llanmalar uchun ulardan olingan mablag‗lar hisobiga;
-
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‗lar hisobiga.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mablag‗lari tegishli kasaba
uyushmalari organlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan byudjet va smetalarida
belgilangan maqsadlarga muvofiq xodimlar va ularning oila a‘zolarini sog‗lom-
lashtirish uchun quyidagilarga sarflanadi:
-
sanatoriy-kurortlarda davolanish, pansionat va dam olish uylariga yo‗llan-
malar olishga;
-
korxonalar va o‗quv muassasalaridagi
sanatoriy-profilaktoriylarda, sanato-
riy-profilaktoriylarning ijtimoiy sug‗urta uchun tasdiqlangan smetasiga muvofiq,
xodimlar yoki talabalarni sog‗lomlashtirish xarajatlarini qisman qoplashga (xodimlar-
ning mehnatiga haq to‗lash, davolanuvchilarning ovqatlanishi, davolanishi, ularga
madaniy xizmat ko‗rsatishga);
-
bolalarni sog‗lomlashtirish oromgohlarida bolalarning ta‘minotida, bolalarni
sog‗lomlashtirish oromgohlarining tasdiqlangan smetalariga muvofiq, hissali ishtirok
etishga (xodimlarning mehnatiga haq to‗lash, bolalarning ovqatlanishi, davolanishi,
ularga madaniy xizmat ko‗rsatishga);
-
kasaba uyushmalari huzuridagi bolalar va o‗smirlar
sport maktablari
(BO‗SM) xodimlarining mehnatiga haq to‗lash va moliyaviy imkoniyatlari darajasida
sport anjomlarini xarid qilish, o‗quv-sport tadbirlarini o‗tkazish uchun qisman
mablag‗ ajratishga;
270
-
o‗z sport bazalari bo‗lmagan taqdirda, hududiy birlashmalar tomonidan
tasdiqlangan BO‗SMning smetasiga muvofiq, istisno tariqasida, binolarni ijaraga
olishga;
-
ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha tashkiliy-ma‘muriy xarajatlarni
moliyalashtirish-
ga, kadrlarni tayyorlash, o‗qitish, sog‗lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etuvchi
shifokorlar va boshqa kadrlarning ta‘minotiga;
-
O‗zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tasdiqlangan
smetasi, qurilish va rekonstruktsiya qilinadigan obyektlarning manzilli ro‗yxatiga
muvofiq kasaba uyushmalari sog‗lomlashtirish muassasalari va BO‗SM sport
inshootlarini rekonstruktsiya qilinishiga;
-
ijtimoiy sug‗urta mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladigan xodimlar va
ularning oila a‘zolarini sog‗lomlashtirish bilan bog‗liq boshqa tadbirlarga.
Do'stlaringiz bilan baham: