7.4. Monopol bozorlarida narx shakllanishini boshqarish usullari.
Davlat
mustaqilligi
yillarida
O’zbekiston
Respublikasida
iqtisodiyotda va narxni shakllantirishda me’yoriy-huquqiy asosni qaror
toptirish borasida katta ishlar qilindi. Monopoliyaga qarshi tartibga solish
turli qonun va qonunosti hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Narxlarning asoslanganligini baxolash uchun moliyaviy idoralar
tomonidan qo’llaniladigan asosiy mezonlar ishlab chiqarish tannarxi va
rentabellik darajasining asoslanganligidir. Ishlab chiqarish tan-narxining
asoslanganligini ob’ektiv aniqlash maqsadida uning tarkibi qismlarga
ajratilib o’rganiladi, u yoki bu xarajatlarning ishlab chiqarish tan-narxiga
to’g’ri yoki noto’g’ri kiritilgani aniqlanadi.
Monopolistlar mahsulotlari narxlarini tartibga solish amaliyoti shuni
kursatmoqdaki, amaldagi usullar sezilarli
ijobiy natijalar berayotgani yo’q. Iqtisodiyot
tarmoqlaridagi,
jumladan,
bozorlarning
yuqori darajada monopollashuvi sharoitidagi
narx
indekslari
bo’yicha
statistika
ma’lumotlari ham shu haqda dalolat
bermoqda. Aynan monopolistlar maxsu-loti (neft, gaz, elektr energiyasi,
105
paxta tolasi va xokazolar) narxlarining o’sishi boshqa korxonalar
mahsulotlarining ham qimmatlashuvi omilidir.
Biroq, har qanday sharoitlarda jamiyat maqsadlarini bekamu-ko’st
ta’minlay oladigan shakl eng kam chiqimlar bilan zarur hajmlarda
mahsulot ishlab chiqarish shakli mavjud emas. Odatda, xususiy mulk va
davlat nazoratini uyg’unlashtirgan holda samarali narx hosil qilish
qoidalarini o’z ichiga oluvchi choralar eng oqilona hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, antimonopol boshqaruv samaradorligini
oshirish maqsadida davlat narx shakllanishi bo’lishi jarayoniga ta’sir
kursatish mexanizmini yaxshilashi lozim. Buning uchun quyidagi tamo-
yillarning amalga oshirilidga talab etiladi;
- me’yoriy-maqsadli, tizimli yondashuv asosida monopol mahsulot
xarajatlari va rentabelligi darajasini tartibga solishning samarali
mexanizmini ishlab chiqish;
- iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish,
xususiylashtirish
va
raqobat
muxitini
yaratish
jarayonlarini
chuqurlashtirish;
- bozorlar axvolining doimiy monitoringi yuritishning qimmatta
tushadigan tizimini yaratish va saqlab turishdan bozor ishtirokchilarining
o’zini
aksilraqobat
harakatlar
bo’yicha
murojaat
etishlari-ni
rag’batlantirishga o’tish.
Monopolistlar faoliyatini davlat tomonidan xuquqiy tartibga
solinishining maqsadi monopoliyalar va iste’molchilar manfaatlari
balansini muvofiqlashtirishdan iborat ekanini hisobga olish lozim.
Monopoliyaning yuqori iqtisodiy samarasi ularning bo’linib ketishiga yo’l
qo’ymaydi, ammo boshqa tomondan ularning nazoratsiz faoliyati katta
zarar keltirishi mumkin, shu bois davlat monopolistlar faoliyatini tartibga
solishdan chekina olmaydi.
Strategik nuqtai nazardan tabiiy monopoliyalar va monopolist-
korxonalar mahsulotlari va xizmatlari narxini tartibga solishning shunday
usullarini tatbiq etish lozimki, ular xarajatlarni kamaytirish mexanizmlarini
joriy etishni nazarda tutishi kerak. Davlat maxalliy tovar ishlab
chiqaruvchilariga raqobat imtiyozlarini qo’lga kiritishi uchun qulay
iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida narxlarni oshirish xisobiga xarajat
106
va daromad miqdorlarini oshirishga yo’l qo’ymasligi kerak.
Davlatning ham monopolistlar, ham boshqa xo’jalik sub’ektlari
mahsulotlariga narxlarning shakl-lanishi jarayoniga ta’siri choralarini
ishlab chiqishda quyidagi uslubiy yondashuvlarni xisobga olish maqsadga
muvofiqdir:
1. Qishloq xo’jaligi va sanoat, shuningdek, moddiy ishlab
chiqarishning boshqa sohalari mahsulotlarining savdoni shakllantirish
maqsadida paritet (xo’jalik hisobi) narxlari asosida narx shakdlanishi
qoidalarini boshqarish.
2. Iqtisodiyotning real tarmog’idagi barcha xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar uchun bir xil darajada eng maqbo’l soliq yukini belgilash va
soliq imtiyozlari berilishini to’xtatish. Korxona tabiiy xomashyo, elektr
energiyasi, shuningdek, qator boshqa resurslardan foydalanganda
belgilangan me’yorlardan oshib ketgandagina undirishlarning Mazkur
darajasini ko’tarish mumkin.
3. Jismoniy shaxslar daromadi solig’ining yagona optimal stavkasini
belgilash.
4. "Iste’mol xaltasi"ning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib ish
xaqining minimal soatbay stavkasini tasdiqlash. Shunday qoida qabul
qilish kerakki, unga ko’ra korxona band xizmatchilarning bir soatlik meh-
natiga minimal soatbay stavkadan past haq to’lay olmaydi.
5. Ma’muriy-boshqaruv xodimlar va asosiy ishlab chiqarishdagi
ishchilar mehnatiga haq to’lash bo’yicha korxona xarajatlari summasi
o’rtasidagi chegaraviy nisbatni belgilash.
6. Qazib oluvchi va xom ashyo korxonalari, tabiiy monopoliyalar,
monopolist-korxonalar va boshqa ayrim ijtimoiy muxim faoliyat sohalari
maxsulotlari narxlari ustidan nazoratni kuchaytirish (narx-larning asossiz
oshishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida).
7. Renta to’lovlarining o’sishi asosida soliq yukini bosqichma-
bosqich oshirish (er osti boyliklari, suv, yer, insoniy kapitaldan
foydalanganlik uchun), shuningdek, sof fiskal to’lovlar miqdorini
kamaytirish barobarida atrof-muhitni ifloslaydigan moddalarni tashlash
uchun to’lovlarni ko’paytirish (QQS, aktsizlar, boj to’lovlari, daromaddan
chegirmalar va hokazo).
107
Monopoliyalarni tartibga solish choralari hamda raqobatbardoshlikni
oshirishga yo’naltirilgan boshqa mexanizmlarni ishlab chiqishni davlat
narx siyosati talablari va yo’nalishlariga tayangan holda amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |