O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligining xalqaro



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

8.1. Milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligining xalqaro 
iqtisodiyotda namoyon bo’lishi 
Jahon  iqtisodiy  hamjamiyati  rivojlanishining  hozirgi  bosqichi  jahon 
xo’jaligi  aloqalarining  globallashuvi  va  baynalmilallashuvi  bilan 
tavsiflanadi, bunday sharoitda xalqaro raqobat va milliy iqtisodiyotlarning 
raqobatbardoshlik muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Har  qanday  mamlakatda  ichki  bozorda 
raqobatning 
mavjudligi 
bozor 
xo’jaligi 
muvaffaqiyatli  faoliyat  kursatishining  asosiy 
kursatkichi  hisoblanadi,  jahonning  ko’plab 
mamlakatlarida, 
shu 
jumladan, 
o’tish 
iqtisodiyotyga  ega  bo’lgan  mamlakatlarda 
raqobat  to’g’risida  qonunlarning  qabul  qilinganligi  va  Mazkur  masalalar 
bilan  shug’ullanuvchi  milliy  tashqilotlarning  tashqil  etilganligi  ushbu 


116 
 
holatni tasdiqlab turibdi. Xususan O’zbekistonda Monopoliyadan chiqarish 
va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi (Monopoliyaga qarshi qo’mita) 
tashqil  etilgan  bo’lib,  uning  faoliyati  respublika  iqtisodiyotida  raqobat 
muhitini  yaratish,  mulkchilikning  turli  shakllaridagi  korxonalar  va 
firmalar,  shu  jumladan,  mulkchilikning  turli  shakllaridagi  korxonalar  va 
firmalar  xo’jalik  faoliyatini  yuritish  uchun  teng  raqobat  imkoniyatlarini 
barpo etishga yo’naltirilgan. 
Milliy  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligi  –  bu  iqtisodiyotning  muxim 
kursatkichlari  holatini  tashqi  parametrlarga  nisbatan  yalii  baholashni 
o’zida  mujassam  etgan  qiyosiy  tavsif  hisoblanadi,  shu  sababli  milliy 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo’ladi. 
Iqtisodiyotning  raqobatbardoshligi  namoyon  bo’lishning  ko’p 
darajali shakllariga ega: 
- tovarning raqobatbardoshligi; 
- xodimning raqobatbardoshligi; 
- tovar ishlab chiqaruvchisining raqobatbardoshligi; 
- tarmoqning raqobatbardoshligi; 
-  mamlakatning  raqobatbardoshligi  (yoki  milliy  iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligi). 
Bunda raqobatbardoshlikning barcha darajalari o’rtasida jips ichki va 
tashqi 
o’zaro 
bog’liqlik 
mavjud. 
Mamlakat 
va 
tarmoqning 
raqobatbardoshligi  pirovardida  muayyan  tovar  ishlab  chiqaruvchining 
raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish qobiliyatiga bog’liq 
Raqobatbardoshlikni  barpo  etish  va  rivojlantirishning  M.Porter 
kontseptsiyasiga  asoslangan  zamonaviy  modeli  mamlakatning  umumiy 
xususiyatga  ega  bo’lgan  va  unda  ishlab  chiqaruvchilar  raqobatlashadigan 
raqobat  muhitini  shakllantiruvchi  to’rtta  xususiya-tidan  iborat.  Ushbu 
muxit  raqobat  ustunliklarini  shakllantirishga  ko’maklashishi  ham  yoki 
unga to’sqinlik qilishi ham mumkin. 
Mamlakat  raqobat  ustunliklariga  erishishi  uchun  barcha  ushbu 
determinantlar o’zaro hamkorlik qilishi lozim (M.Porterning ta’riflashicha 
-  milliy  romb)
32
.  Faqatgina  o’zaro  hamkorlik  qiluvchi  va  bir-birini 
                                                 
32
 Портер М. Коякуренция.: Пер. с англ. - М.: Издательский дом "Вильямс", 2002. С. 176. 


117 
 
kuchaytiruvchi  determinantlarning  butun  tizimi  bo’yicha  ustunlik  milliy 
iqtisodiyotda  milliy  ishlab  chiqaruvchilarning  muvaffaqiyati  uchun  zamin 
hisoblangan va undan xorijiy raqobatchilar nusxa ko’chirishi yoki uni yo’q 
qilishi  qiyin  bo’lgan  (yoxud  hatto  mumkin  bo’lmagan)  muxitni 
shakllantiradi. 
Mamlakat  faqat  ishlab  chiqarish  omillarini  shakllantirish  uchun 
foydali  bo’lgan  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  muvaffaqiyatga  erishishi 
mumkin.  Biroq  ishlab  chiqarishning  ortiqcha  hajmli  omilining  mavjud 
bo’lishi  innovatsiya  uchun  qo’lga  kiritilgan  raqobat  jihatdan  ustunlikni 
shakllantirish  uchun  asos  bo’lishi  mumkin,  chunki  resurslarning 
yetishmasligi ular qiymatining yuqori bo’lishiga olib keladi. Aynan ushbu 
holat  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  pasaytirish  maqsadida  texnika 
yangiliklari  va  innovatsiyalarni  joriy  etish  uchun  asos  bo’lishi  mumkin, 
buning 
natijasida 
kompaniyalar, 
tarmoqlar 
va 
umuman 
milliy 
iqtisodiyotning yuqori darajadagi raqobatbardoshligiga erishiladi. 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish