O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 “Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik” sifatida



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

8.2. “Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik” sifatida 
belgilangan raqobat jihatdan ustunligini shakllantirishning eng 
muhim omili 
Milliy iqtisodiyotning "Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik" 
sifatida  belgilangan  raqobat  jihatdan  ustunligini  shakllantirishning  eng 
muxim omilini ko’rib chiqamiz. Demak, mamlakatda kompaniyani tashqil 
etish  va  boshqarish  tendentsiyalariga  ta’sir  kursatuvchi  ma’lum 
sharoitlarning  mavjudligi  ham  ichki  raqobatning  xususiyatini  belgilab 
beradi. 
Ta’kidlash joizki, raqobat jihatdan ustunliklarni shakllantirish uchun 
mehnatga  va  xodimlarning  kasbiy  ko’nikmalarini  oshirishga  shaxsiy 
qiziqtirish  ham  muxim  rol  o’ynaydi.  So’nggi  o’n  yilliklar  iqtisodiy 
amaliyoti shuni isbotlamoqdaki, buyuk iqtidor va qobiliyat sohiblari millat 
uchun  eng  katta  va  ahamiyatli  resurs  hisoblanadi,  chunki  mamlakat 
erishayotgan  yutuqlar  ko’p  jihatdan  ushbu  iqtidor  sohiblari  tanlaydigan 
ta’limning  darajasi  va  xiliga,  qaerda  ishlashni  afzal  ko’rishiga,  ularning 
ishlashiga  va  harakat  qilishiga  bog’liq.  Shuning  uchun  mamlakatlar 
insonlar nuqtai nazaridan nufo’zli yoki undan milliy qahramonlar yetishib 


118 
 
chiqadigan iqtisodiy faoliyatni raqobatbardosh qilishga intiladi. 
Jahon  iqtisodiyotining  rivojlanishi  turli  bosqichlarda  iqtisodiyot 
raqobatbardoshligining  turli  omillarini  dastlabki  o’ringa  chiqaradi. 
Iqtisodiyotning  u  yoki  bu  tarixiy  davrda  raqobatbardoshligini  belgilab 
beruvchi  u  yoki  bu  omillarning  ta’siriga  ko’ra  quyidagi  bosqichlarni 
ajratish mumkin: 
- omillar bosqichi; 
- investitsiyalar bosqichi; 
- innovatsiyalar bosqichi. 
Omillar  bosqichida  mamlakatning  barcha  raqobatbardosh  tarmoqlari 
ishlab chiqarishning asosiy omillari: tabiiy resurslar, arzon ishchi kuchi va 
mamlakatning  mavqei  va  hududi  bilan  belgilanadigan  foydalar  hisobidan 
o’z mavqelariga erishadi. 
Raqobat  jihatdan  ustunliklar  omillarning  qiymati  bilan  belgilanadi, 
bunda  texnologik  rivojlanish  ko’pincha  chet  eldan  xarid  qilish  yo’li  bilan 
keltirilgan texnologiyalarga asoslanadi. 
Raqobatbardoshlikning  yanada  yuqori  bosqichi  -  bu  investitsiyalar 
asosidagi  raqobatbardoshlik
33
.  Ushbu  bosqichda  mamlakatlarning  raqobat 
jihatdan  ustunliklari  faol  investitsyya  siyosatiga  asoslanadi.  Bunda  ham 
texnologik  rivojlanish  chetdan  keltirilgan  texnologiyalarga  asoslanadi, 
biroq  bu  o’zlashtirish  birinchi  bosqichdagi  kabi  passiv  hisoblanmaydi. 
Firmalar  eng  yaxshi  texnologiyalar,  litsenziya,  nou-xauga  investitsiya 
qilishadi,  bunda  texnologiyalar  mamlakat  ichida  doimiy  ravishda 
takomillashib  boradi.  Iqtisodiyot  ichida  sarmoyaning  kuchli  safarbar 
qilinishi  sodir  bo’ladi,  kapital  qo’yilmalarning  o’sishi  omillarning 
takomillashuviga  (infratuzilmaning  rivojlanishiga,  mehnat  resurslari 
sifatining  oshishiga)  olib  keladi,  shu  bilan  birga,  u  ularning 
qimmatlashuvini  ham  keltirib  chiqaradi.  Rivojlanishning  eksportga 
yo’naltirilgan strategiyasi ishlab chiqiladi, chunki ichki bozor hali unchalik 
katta  va  talabchan  emas  va  shuning  uchun  mahsulot  sifatini 
takomillashtirishga undamaydi. 
 
                                                 
33
 Samuel L. Hayes, A. Michael Spence, David van Praag Marks “Competition in the Investment Banking Industry ”  
Harvard University Press May 1983 y. 106-109 p. 


119 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish