O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

huquqiy tarbiyaning
yaxlit tizimi 
quyidagilardan iboratligini ifodalaydi: 
Birinchidan
, huquqiy tarbiya sub’ektlariga: davlat idoralari, jamoat 
tashkilotlari, mehnat jamoalari, mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi. 
Ikkinchidan
, huquqiy tarbiya ob’ektlariga: mansabdor shaxslar, fuqarolar, 
ichki ishlar idoralari xodimlari kiradi. 
Uchinchidan
, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ’ibot 
va tashviqotlar kiradi. 
To’rtinchidan
, huquqiy tarbiya shakllariga: maruzalar, seminarlar, suhbatlar, 
viktorinalar kiradi. 
Beshinchidan
, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag’batlantirish, 
majburlash kiradi. 
Oltinchidan
, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televidenie, 
adabiyot va san’at asarlari, ko’rgazmali tashviqot hamda targ’ibot vositalari kiradi. 
Mustaqillik sharoitida huquqiy madaniyat bilan huquqiy tarbiyaning bog’liqligi 
yanada ortadi. 
 
4. Estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi 
Hayotda tabiat go’zallikning manbasidir. U estetik tuyg’ularni, bolalarning 
kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. 
Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik 
tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan 
foydalangan holda olib boriladi: 


177 
1. Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish. 
2. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash. 
3. San’atshunoslik bilimlaridan xabardor qilish, talabalar san’atning har xil 
turlarini ifoda vositalari, tarixi va nazariyasini xarakterlovchi muayyan ma’lumotlar 
jamg’armasiga ega bo’lishi zarur. 
4. Talabalar ijodiy va ijrochilik faoliyatini tashkil etish, talabalar badiiy 
faoliyatining xilma-xil shakllarida mashqlar o’tkazib, ijodiy qobiliyatlarini, voqelik 
predmetlarini va hodisalarini san’at vositalari yordamida mustaqil tasvirlash 
ko’nikmalari va malakalarini rivojlantiradi. 
Jismoniy tarbiya 
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o’z vazifasini 
bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni 
mustahkamlash, 
inson 
oranizmini 
chiniqtirish 
va 
talabalarning 
jismoniy 
rivojlanishiga yordam berish; harakat ko’nikmalarini va malakalarini shakllantirish 
hamda takomillashtirish; o’g’il bolalarni armiya safariga tayyorlash; fizkultura va 
sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. 
Talabalarning sog’ligini himoya etish va boshqarish jismoniy tarbiyaga ayniqsa, 
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon davlat darajasida 
ahamiyat bermoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan 
katta g’amxo’rlik qilmoqda. Buning dalili sifatida Toshkent shahri va barcha 
viloyatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va tumanlarda bunyod etilayotgan sport 
inshootlari, sport komplekslarini keltirish mumkin. 
Mehnat tarbiyasi 
Mehnat tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda markaziy o’rinlardan birini 
egallaydi. Rivojlanishning asosiy vazifalaridan biri mehnat tarbiyasi va ta’lim 
samaradorligini umumiy ta’lim o’quv muassasasi talabalarini kasb tanlash, mustaqil 
hayotga amaliy va texnika inqilobi va hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoiti 
talabalarning mehnat tarbiyasi va ta’limi ana shu talablar darajasiga ko’proq muvofiq 
bo’lishini talab qilayotir. Nega deganda tarbiyalanuvchilar o’quv yurtini 
tamomlagandan keyin ishlab chiqarishning butun tizimini bemalol bilishlari va unda 
ro’y berayotgan o’zgarishlarni tezda payqab olishlari kerak. 
«Umumiy va kasb-hunar ta’limini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari»da 
ta’kidlanadiki, mehnat tarbiyasini shaxsni shakllantirishning eng muhim omili va 
xalq xo’jaligining mehnat resurslariga talabini qondirish vositasi deb bilish kerak. 
Mehnat faoliyati jarayonida inson tabiatini o’zgartiribgina qolmay u bilan birga 
o’zi ham o’zgaradi. Mehnat faoliyati shaxsning axloqiy fazilatlarini shakllantirishga 
uning tabiat va jamiyatga qarashli tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mehnat inson 
aqliy qobiliyati jarayonini o’z ijodiy faolligini namoyon qilib ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantiradi va takomillashtiradi. Mehnat tufayli insonning ma’naviy munosabatlari 
shakllanadi. Jismoniy jihatdan kamol topib o’z mehnat ko’nikmalari va malakalarini 
rivojlantira boradi. 
Ammo, har qanday mehnat ham shaxsni har tomonlama tarbiyalash va kamol 
toptirish omili bo’lavermaydi. Ekspulatatsiya va zo’ravonlikdan xoli bo’lgan 
mehnatgina insonga hal qiluvchi va tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatadi. Agar inson 
majburan mehnat qilsa bu jarayon ma’naviy rivojlanishga xalaqit beradigan va 


178 
ma’naviy mamnuniyat keltirmaydigan mehnatga aylanadi. 
Mehnat faoliyatini tashkil etishga kuyiladigan umumiy talablarni quyidagi 
jadvalda keltirib o’tildi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish