O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

Tarbiya shakllarini
o’rganish, tahlil qilish, bu 
usullardan pedagogik jarayonda foydalanish, ko’nikma va malakalarni egallashni 
osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga ajratish mumkin: 
o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, axloqiy, huquqiy, ekologik, 
iqtisodiy, estetik, jismoniy kabi usullari mavjud. 
O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish lozim.
 
YOsh avlodlarda 
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg’or kishilari diqqat 
markazida bo’lib kelgan. Dunyoqarash faqat insonlarga xos xususiyat bo’lib, 
hayvonot dunyosi, boshqa narsalar, ya’ni buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol 
yotdir, ularda ham dunyoqarash bo’ladi, deb o’ylash noo’rindir. 
Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kasb egalarida turlicha – 
to’laroq, mukammalroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq 
bo’lishi mumkin. Bunda kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan me’ros bo’lgan 
ma’naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi mavjud bilimlarni o’zlashtirish darajalari 
muhim ahamiyatga egadir. 


174 
Ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga 
o’tish orqali amalga oshadi. Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim 
vorislik asosida rivojlanadi. O’tmish dunyoqarash yangi davr dunyoqarashining 
ildizini tashkil etib uni hayotbaxsh ozuqa bilan ta’minlab turadi. 
2. Aqliy va axloqiy tarbiya 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kelib chiqayotgan yangidan-yangi muammolarni 
ilmiy asosda hal qila oladigan shaxsni tarbiyalash bosh masala hisoblanadi. Buning 
uchun esa aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatiga 
o’rgatish zarur. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan 
foydalanishning o’zi etarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, 
umumlashtirish, sistemalashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi 
jarayonlarni ham faol qo’llash lozim bo’ladi. Bo’larning hammasi dars vaqtida 
amalga oshirib borishi aqliy mehnatni to’g’ri tashkil qilish malakasini shakllantirish 
kerak. Aqliy mehnatni to’g’ri tashkil qilish, talabalarga mustaqil bilim olishda eng 
muhim element bo’lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o’quvchilarda aqliy mehnatni to’g’ri 
tashkil etish, o’zini-o’zi boshqarish, o’zini-o’zi nazorat qilish, malakasini hosil 
bo’lishiga ko’maklashadi. Aqliy tarbiya talabalarda didaktikani jamlab olish 
xususiyati, xotirasini mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o’tkazish kabi 
malakalarni o’stiradi. 
Aqliy tarbiyasi etuk, o’tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz 
donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik - bu 
insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, 
u har kimga ham nasib etavermaydi. SHuning uchun bo’lsa kerak, xalq donoligida 
«Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo’lmas», - deyiladi. 
Axloqiy tarbiya 
«Axloq», «hulq» va «atvor» so’zlari arabcha so’z bo’lib ular o’zbek tilida ham 
o’z ma’nosida qo’llaniladi. Ayrim odatlarda «axloq-kishilarning har bir jamiyatga 
xos xulq me’yorlari majmui» desa, boshqalar esa «axloq-ijtimoiy ong shakllaridan 
biri bo’lib, hamma sohalarda kishilarning hatti-harakatlarini tartibga solish 
funktsiyasini bajaradi» deyishadi. 
Axloq me’yorlari hulq atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid 
hatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. SHunisi ham borki, huquq majburiy 
bo’lsa axloq ixtiyoriydir. 
Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar 
bo’lishga o’rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Axloqiy tarbiyada 
yaxshi hulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o’qitish 
tarbiyalanuvchilarning axloqiy mukammallashish bilan bog’liq bo’ladi. Ularda ong 
bilan xulq birligi tarbiyalanadi. SHaxsning jamoat va vatanga, mehnatga, kishilarga, 
o’z hulqiga munosabatlarni quyidagilarda o’z aksini topgan: 
a)
jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash; 
b) 
mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash; 
v) 
atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat, yuqori muomala madaniyatiga ega 
bo’lgan shaxsni shakllantirish; 


175 
g) 
shaxsning o’ziga, o’z hulqiga, axloqiy munosabatni tarbiyalash. 
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, To’maris, 
SHiroq kabi xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug’bek, Bobur singari davlat arboblari 
va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olimu fo’zalolarimiz qarashlariga tez-tez 
murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini 
tashkil qiladi. SHu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham 
e’tiborni qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo’lib shaxsni 
tabiat va jamiyatdan go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi.
 
Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o’zaro uzviy bog’liq, lekin shunga 
qaramasdan o’z mazmunidan kelib chiqqan holda, ular o’z spetsifikasiga ham egadir. 
Endi biz quyidagi: aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, 
xuquqiy tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi tarbiya 
turlarining har biriga alohida-alohida to’xtalib o’tamiz. 
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida 
foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos 
bo’ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay, har 
qanday vaziyatlarda o’zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy 
tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar 
shakllangan bo’ladi. Bu motivlar esa o’sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga 
rag’batlantiradi. 
YOsh avlodni jamiyatga, mehnatga, o’ziga munosabatni ochib beruvchi 
ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy 
tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan 
murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirib olishgina 
o’quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari 
yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalarning turli yosh 
davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan: 
1. Axloqiy onglilik. 
2. Axloqiy qadriyatlar. 
3. Axloqiy his-tuyg’ular. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish