38
tomonidan mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul
qilingan bo‗lib, 9 ta bo‗lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks:
-
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish
asoslarini;
-
O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning
tuzilmasini;
-
davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
-
davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalaridaromadlarini
shakllantirish
va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
-
davlat
byudjeti
tuzilmasiga
kiruvchi
byudjetlar
o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarni;
-
davlat byudjeti mablag‗lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida
hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi,
davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‗g‗inlari
o‗rtasida
taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet
taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‗armalari, ularni tashkil
qilish va ular mablag‗laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan.
Yangi Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib
chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‗lgan ziddiyatlarni
bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish,
byudjet jarayonini tashkil
etishdagi me‘yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini
tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.
Byudjet Kodeksining alohida boblarida byudjet tizimi, uning tamoyillari,
byudjet tizimini boshqarish organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari, byudjet
tizimi tarkibiga kiruvchi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari
kabilar belgilab
berilgan.
Xalqaro tajribada Byudjet kodeksi – ma‘lum bir mamlakat byudjet tizimining
asoslarini, uning tuzilishi, umumiy prinsiplarini, turli darajadagi byudjetlar va
ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo munosabatlarni,
byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini
belgilovchi qonun
hujjati hisoblanadi.O‗zbekistonda mazkur Kodeks mamlakatimizning mustaqillik
davridagi qonunchilik faoliyatida qabul qilingan o‗n oltinchi kodeks bo‗lib, u
ko‗pqirrali moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiluvchi Bojxona va
Soliq kodekslaridan keyin qabul qilingan byudjet-moliya sohasiga taalluqli bo‗lgan
uchinchi kodeksdir.