O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Byudjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari, byudjet qonunchiligi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

4.1. Byudjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari, byudjet qonunchiligi
 
O‗zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‗ng, xo‗jalik yuritishning bozor 
tizimiga o‗tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzulmasining shakllanishi va rivojlanishi 
mamlakat xo‗jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan huquqiy asosni 
yaratishni talab etdi. Bundan tashqari, jahondagi globallashuv jarayonlarida faol 
qatnashayotgan O‗zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish va 
tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi islohotlar davlat 
moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari 
faoliyatining samaradorligini oshirishni ko‗zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, 
so‗nggi ijobiy natijalarni ko‗zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan 
yangi sifat pog‗onasiga ko‗tarish talab etilmoqda. 
Bizga ma‘lumki, mamlakatda sodir bo‗layotgan har qanday jarayonlar tegishli 
qonuniy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. Bosh hujjat esa – bu 
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. Davlat moliyasining amal qilishi 
bilan bogʻliq pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy hujjat ham 
Konstitutsiya hisoblanadi, davlat moliyasi bilan bog‗liq bo‗lgan barcha huquqiy-
me‘yoriy hujjatlar ham Konstitutsiya bilan belgilab qo‗yilgan normalar asosida ishlab 
chiqiladi va qabul qilinadi. Masalan, davlat byudjeti va uning tuzilishi bilan bog‗liq 
normalar Konstitutsiyaning XXV bobida ―Oʻzbekiston Respublikasi oʻz moliya va 
pul-kredit tizimiga ega. O‗zbekistonning Davlat byudjeti respublika byudjetidan, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat‖
27
ekanligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal 

27
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 122-modda. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 


14-son, 213-modda 


35 
qilishi
28
, yagona bank tizimini respublika Markaziy banki boshqarishi
29
tegishli 
moddalarda belgilab qoʻyilgan. 
Ma‘lumki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mos huquqiy bazaga 
tayanilishi lozim. Shu sababli, yangi qonunlar turkumini ishlab chiqish zaruriyati 
tufayli O‗zbekistonda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qator qonunlar qabul 
qilindi. Bunday qonunlar avvalgi ―markazlashtirilgan rejali tizim ruhi bilan 
sug‗orilgan‖, haddan tashqari mafkuralashtirilgan, xalqaro me‘yorlar va qoidalarning 
talablarini inkor etuvchi sovet davri qonunlarining o‗rniga keldi va yosh mustaqil 
davlatimizning huquqiy demokratik yo‗ldan og‗ishmay ravnaq topishi uchun xizmat 
qila boshladi. 
O‗zbekiston Respublikasida davlat moliyasining amal qilishi, byudjet qurilishi, 
byudjet tizimi byudjetlarining faoliyati, davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlarining barcha darajalaridagi (markaziy, hududiy va mahalliy) moliya-byudjet 
borasidagi vakolatlari moliya-byudjet qonunchiligi bilan tartibga solinadi. 
Moliya-byudjet qonunchiligi
– moliya-byudjet munosabatlarini huquqiy jihatdan 
tartibga solib turishga xizmat qiluvchi barcha qonuniy va me‘yoriy-huquqiy hujjatlar 
yig‗indisi. Huquqiy me‘yorlarning mazmunidan kelib chiqqan holda, shuningdek, 
2012-yil 24-dekabrda qabul qilingan ―Normativ-huquqiy hujjatlar to‗g‗risida‖gi 
OʻRQ–342-son Qonuniga asoslanib, O‗zbekiston Respublikasining moliya-byudjet 
qonunchiligini bir necha darajaga ajratish mumkin. 
1-daraja
– O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, moliya-byudjet 
masalalariga bagʻishlangan qonunlar, kodekslar (Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi, 
Bojxona kodeksi va sh.k.);
2-daraja
– O‗zbekiston Respublikasi hukumatining (Vazirlar Mahkamasining) 
moliya-byudjet masalalaridagi qarorlari; 

28
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 123-modda. 


29
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 124-modda.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish