O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Konsolidatsiyalashgan byudjet tushunchasi, unu tuzishning zarurligi va



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

3.4. Konsolidatsiyalashgan byudjet tushunchasi, unu tuzishning zarurligi va 
maqsadi 
Bugungi kunda davlat byudjetida Byudjet Kodeksi bilan belgilab berilgan 
davlat maqsadli jamg‗armalari ham konsolidatsiyalashadi va davlat byudjeti bilan 
birgalikda jamlanma byudjetni (konsolidatsiyalashgan byudjet) tashkil qiladi. 

24
А.Вахобов, Х.Жамолов. Согласование межбюджетных отношений. «Молия». Т.; 2002г. 




31 
Konsolidatsiyalashgan byudjetO‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan moliya yili yakunlari bo‗yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet 
tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‗armalari 
bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O‗zbekiston 
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi mablag‗larini, ular o‗rtasidagi 
transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi ―Byudjet kodeksi‖ning 46-moddasiga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga quyidagilar 
kiradi: Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‗armalarining byudjetlari, byudjet 
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‗armalari, O‘zbekiston Respublikasi 
Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi mablag‗lari.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga 
kiritiladigan davlat maqsadli jamg‗armalarining ro‗yxati O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti bilan bir qatorda, 
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‗armalarining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Dastlab ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni aniq manbalar bilan ta‘minlash 
maqsadida davlat byudjeti tarkibidan ma‘lum maqsadlarga mo‗ljallangan byudjetdan 
tashqari maqsadli fondlar shakllangan. Masalan, davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi 
―ijtimoiy sug‗urta fondi‖ negizida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi tuzilgan. 
Bu va shu kabi boshqa fondlar davlat byudjetidan ajralib chiqqani bois adabiyotlarda 
―nobyudjet fondlar‖ yoki ―byudjetdan tashqari fondlar‖ deb yuritilgan. Shuningdek, 
Byudjet kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishigacha bo‗lgan oxirgi o‗n 
yilliklar davomida ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi 
Qonunining 20-moddasi bilan bir qator jamg‗armalarning davlat byudjetida 
konsolidatsiyalanishi (jamlanishi) belgilab berildi va ular byudjet nazariyasi va 
amaliyotida ―davlat maqsadli jamg‗armalari‖ degan umumiy nom oldi. Lekin 
jamlanma byudjet tarkibiga kirmagan, shakllanish manbalari va ishlatish yo‗nalishlari 
hukumatning tegishli qarorlari bilan belgilab qo‗yilgan, vazirliklar va boshqa davlat 
idoralari tasarrufidagi fondlar ham bugungi kunda davlatning ayrim ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalarini qo‗shimcha mablag‗ bilan ta‘minlash uchun xizmat qilib kelmoqda va 
ularga nisbatan adabiyotlarda ―maqsadli fondlar‖ iborasi qo‗llanilmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq, mablag‗lari soliqlar, 
majburiy to‗lovlar va jarimalar, shuningdek, byudjet subsidiyalaridan 
shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg‗armalari davlat funksiyalarini amalga 
oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg‗armalari O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli 
jamg‗armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi 
mumkin
25

25
O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. 2013-y., 26-dekabr. 36-modda. 




32 
2021-yilning 1-sentyabr holatida konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi 
davlat maqsadli jamg‗armalari qatoriga quyidagi jamg‗armalar kiritilgan
26


O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‗armasi;

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini 
rivojlantirish agentligining ―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat va jamiyat 
ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‗yilishi munosabati bilan jismoniy va 
yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‗yicha markazlashtirilgan 
jamg‗arma; 

O‗zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
huzuridagi Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‗llab-
quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
huzuridagi Jamoat ishlari jamg‗armasi; 

Tadbirkorlik faoliyatini qo‗llab-quvvatlash davlat jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Davlat 
aktivlarini 
boshqarish, 
transformatsiya 
va 
xususiylashtirish jamg‗armasi; 

Xotin-qizlarni va oilani qo‗llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‗armasi; 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy 
yordamni rivojlantirish jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi 
bo‗lgan shaxslarni qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi huzuridagi Bog‗dorchilik 
va issiqxona xo‗jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‗dorchilik va issiqxona 
xo‗jaligini rivojlantirish jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda 
vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‗armasi; 

―O‗zbekbaliqsanoat‖ uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat 
qarziga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha kafolat jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi. 
Yuqorida nomlari qayd etilgan jamg‗armalar faoliyati amaldagi qabul qilingan 
huquqiy-me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi 

26
O‗zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‗RQ-657-son ―2021-yil uchun O‗zbekiston Respublikasining 


Davlat byudjeti to‗g‗risida‖gi Qonuni. 4-modda.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish