O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-rasm.O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashkiliy tuzilishi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

 
21.8-rasm.O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashkiliy tuzilishi 
Moliya vazirligi G‗aznachiligining byudjet ijrosini nazorat qilishdagi faoliyati. 
Dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti va ijtimoiy taraqqiyotida sodir bo‗lgan va asoratlari 
hali-xanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat 
hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror o‗sish sur‘atlarini 
ta‘minlashga yo‗naltirilgan izchil iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo‗ymoqda. 
Bunda samarali iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga yo‗naltirilgan fiskal siyosat 


313 
yuritish masalasi markaziy o‗rinni egallamoqda. Shu bilan birga ―umumiy iqtisodiy 
muvozanatni ta‘minlashga yo‗naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog‗liq 
muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog‗liq 
bo‗lmoqda‖. Bu instrumentlar ichida byudjet siyosati instrumentlari, xususan, byudjet 
ijrosi ustidan davlat nazoratini o‗rnatish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati 
paydo bo‗lmoqda.
O‗zbekiston Respublikasida byudjet ijrosini nazorat qilish mexanizmlari 
haqida so‗z borar ekan, avvalo, mamlakatimiz byudjet qonunchiligiga tayangan 
holda, ―Byudjet ijrosi nima?‖ degan savolga javob berishga harakat qilamiz. 
Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi
byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida 
belgilangan, byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tushishini ta‘minlash va 
xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog‗liq operatsiyalar-
ni hisobga olishni nazarda tutadi
146

Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan g‗azna ijrosi yo‗li bilan amalga oshiriladi. G‗azna ijrosi faoliyatni chet 
elda amalga oshirayotgan byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag‗lari oluvchilarga 
tatbiq etilmaydi. 
Mamlakatimizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlikning muhim belgi-
laridan biri davlat byudjetining profitsit bilan bajarilayotgani hisoblanadi. Xususan, 
keyingi yillarda davlat byudjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo‗lsa-da, soliqlar 
bo‗yicha prognoz ko‗rsatkichlarining ortig‗i bilan bajarilishi hamda davlat byudjeti 
xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanishining ta‘minlanishi natijasida byudjet 
profitsit bilan ijro etilmoqda. Buni quyidagi rasm ma‘lumotlaridan ko‗rishimiz 
mumkin. 
Byudjet ijrosini tashkil qilishda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
yagona axborot tizimida byudjet tizimi byudjetlari, byudjet tashkilotlari va 
byudjetdan mablag‗ oluvchilar uchun shaxsiy g‗azna hisobvaraqlari ochiladi. 
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar o‗z xarajatlar 
smetalarida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‗larni moliya yili 
tugaguniga qadar sarflaydilar. 
Byudjet qonunchiligiga muvofiq, mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsiz-
likni, ichki tartibni saqlash bilan bog‗liq xarajatlar O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. 
Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo‗shimcha vaqt 
davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‗shimcha vaqt 
davri bo‗lib, bu davr mobaynida o‗tgan yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi 
amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet tizimi 
byudjetlarining qo‗shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‗yicha operatsiyalarni o‗tkazish 
tartibini va eng kech muddatlarini belgilaydi. 
Byudjet Kodeksining 117-moddasida byudjet tizimi byudjetlari daromad 
qismining ijrosi nimalarni o‗z ichiga olishi ko‗rsatilgan bo‗lib, byudjet tizimi 
byudjetlari daromad qismining ijrosi quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 

146
O‗zbekistonRespublikasiByudjetKodeksi, VIIbo‗lim, 19-bob, 109-modda. 


314 
-
tushumlarni Yagona g‗azna hisobvarag‗iga va boshqa bank hisobvaraqlariga 
kiritish; 
-
tushumlarni byudjet tizimining byudjetlari o‗rtasida taqsimlash; 
-
ortiqcha yoki noto‗g‗ri to‗langan tushum summalarini qaytarishni yoxud 
ularni qarzni to‗lash evaziga hisobga olish; 
-
hisob va hisobot. 
Davlat 
byudjetiga 
va 
davlat 
maqsadli 
jamg‗armalari 
byudjetlariga 
daromadlarni yig‗ishga vakolatli bo‗lgan organlar va tashkilotlar, bundan davlat soliq 
xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to‗g‗ri hisoblab 
chiqilishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, 
shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‗lsa, 
davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart. 
Byudjet Kodeksining 120-moddasiga ko‗ra, byudjet tizimi byudjetlari 
xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi: 
-
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro‗yxatdan o‗tkazish va 
hisobga olish; 
-
kassa xarajatlarini amalga oshirish, shu jumladan byudjetlararo transfertlarni 
o‗tkazish; 
-
hisob va hisobot. 
Byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida 
nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‗lar doirasida hamda byudjet 
tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilar faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlaydigan 
muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. 
Byudjet ijrosi jarayonida byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchi-
larga turli darajadagi byudjetlardan byudjet mablag‗larini ajratishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi jarayonida byudjetdan ajratiladigan 
mablag‗lar quyidagi holatlarda kamaytiriladi: 
1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan byudjetdan ajratiladigan 
mablag‗larning: 
-
byudjet tashkilotlarining tarmog‗i, shtatlari va kontingentlari bo‗yicha reja 
bajarilmaganligi; 
-
byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat 
birliklari to‗ldirilmaganligi; 
-
kapital qo‗yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‗lar 
moliya yili yakuni bo‗yicha to‗liq o‗zlashtirilmaganligi; 
-
byudjet tashkiloti va byudjet mablag‗lari oluvchilar faoliyati to‗xtatib 
turilganligi, to‗xtatib turilgan davr uchun; 
2) davlat moliyaviy nazorati bo‗yicha tadbirlar davomida aniqlangan, byudjet 
tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida 
nazarda tutilgan ortiqcha va qonunga xilof ravishda byudjetdan ajratiladigan 
mablag‗larning; 
3) qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan byudjetdan ajratiladigan 
mablag‗lar miqdorlarining qisqartirilishi; 


315 
4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq 
zaxiralarining; 
5) dotatsiyalar va subsidiyalarni to‗lash uchun mo‗ljallanib, zarurat qolmagan 
summalariga kamaytiriladi. 
Moliya, byudjet, soliq intizomiga rioya qilishda va byudjet mablag‗larining 
maqsadga muvofiq ishlatilishida ko‗psonli salbiy holatlarning mavjudligi barcha 
mamlakatlarda byudjet ijrosi ustidan davlat nazoratini kuchaytirishning zarurligini 
ko‗rsatmoqda. Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo‗qki, moliya sohasida 
davlatning nazorat organlari mavjud bo‗lmasin.
Respublikamizda davlat moliyasini isloh qilish davlat dasturi amalga 
oshirilmoqda. Bu dastur davlat moliyaviy resurslarini oqilona boshqarish, davlat 
byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari mablag‗larining samarali ishlatilishini 
nazorat qilish, byudjet ijrosining shaffofligini ta‘minlash, mablag‗larning aniq 
manbalar bo‗yicha shakllanishi va aniq maqsadlar bo‗yicha ishlatilishini ta‘minlashni 
nazarda tutadi. 
Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bugungi kunda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
dasturlarni moliyaviy ta‘minlash va davlat mablag‗laridan foydalanish ustidan 
nazorat o‗rnatish ishida g‗aznachilik tizimi juda muhim o‗rin egallaydi. G‗aznachilik 
davlat mablag‗larini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishga ko‗maklashadi. 
Chunki G‗aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri byudjet mablag‗larining 
maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. 
G‗aznachilik o‗z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining 
boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‗zaro hamkorlikda 
bajaradi. Mazkur organlar va tashkilotlar davlat byudjetining kassa ijrosini amalga 
oshirishda, uning mablag‗larini boshqarishda, davlat byudjeti mablag‗larining 
tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishda G‗aznachilikka ko‗mak-
lashishlari shart.
Davlat byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi hisobot G‗aznachilik tomonidan 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat byudjeti g‗azna 
ijrosining buxgalteriya hisobi G‗aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va 
bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‗ar-
malarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat byudjeti g‗azna ijrosining 
buxgalteriya hisobi hisobraqamlarning yagona rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil 
etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti g‗azna ijrosining buxgalteriya hisobi 
hisobraqamlarining yagona rejasi O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G‗aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha to‗langan 
soliqlar, yig‗imlar va boshqa majburiy to‗lovlar summalari, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda yagona g‗azna hisobraqamidan yoki G‗aznachilikning boshqa 
bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi. 
Shuningdek, byudjet ijrosining so‗nggi nazoratini Moliya vazirligi Nazorat-
taftish Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‗linmalari o‗zlariga yuklatilgan 
vakolatlar doirasida amalga oshiradilar. NTB tomonidan amalga oshiriladigan nazorat 


316 
ishlari belgilangan reja asosida mustaqil ravishda, yoki huquq tartibot organlarining 
topshiriqlariga asosan olib boriladi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish