O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-rasm. Byudjet tuzilishining tarkibi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

22.2-rasm. Byudjet tuzilishining tarkibi
150
 
Byudjet tuzilishining asosini mamlakatdagi davlat tuzilishi shakli, amaldagi 
qonun hujjatlari, davlat byudjetining iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi o‗rni belgilab 
beradi.
Unitar davlatlarda odatda, ikki pog‗onali byudjet tizimi shakllangan bo‗ladi: 

davlat byudjeti (bu bo‗g‗in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, 
davlat byudjeti, markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi); 

mahalliy (munitsipal) byudjetlar.
Federativ asosda 
tarkib topgan davlatlarda uch pog‗onali byudjet tizimi 
shakllangan bo‗lib, quyidagi bo‗g‗inlardan iborat:

federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat 
byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet); 

federatsiya subyekt(a‘zo)larining byudjetlari; 

mahalliy (munitsipal) byudjetlar. 
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda 
byudjet 
tuzilishi modellari 
shakllangan: 

markazlashmagan (nomarkazlashgan) model; 

markazlashgan model; 

aralash model. 

150
Nurmuxamedova B. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 116-bet 


Byudjet tuzilishi 
Davlat
byudjeti 
Byudjet
tizimi 
Byudjetlararo 
munosabatlar 
shakllari 
Byudjet
tasnifi 
Byudjet 
munosabatlari-
ning huquqiy 
asoslari 
Davlatning ixtiyoridagi markazlashgan pul mablag‘lari 
jamg‘armasi 
Davlat boshqaruvining barcha pog‘onalariga mos 
keluvchi turli darajadagi byudjetlar yig‘indisi 
Byudjet jarayonida turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida 
sodir bo‘ladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar 
majmuyi 
Byudjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni qoplash 
manbalarining turli belgilariga ko‘ra guruhlanishi 
Davlat boshqaruvining har bir pog‘onasida byudjet 
jarayonida sodir bo‘ladigan byudjet munosabatlarini 
tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy va me‘yoriy 
hujjatlar yig‘indisi 


321 
Byudjet qurilishining 
markazlashmagan (nomarkazlash-gan) modelida 
markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom (mustaqil) bo‗lib, ularning har biri o‗z 
xarajatlarini to‗liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo‗ladi. 
Markazlashgan model 
barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida 
birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy byudjetlar 
uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi. 
Byudjet tuzilishining aralash modeli 
barcha darajadagi byudjetlarni yagona 
davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir mahalliy 
byudjetning o‗z xarajatlarini qoplashga mo‗ljallangan o‗z daromad manbalari mavjud 
bo‗lgani holda, har bir yuqori turuvchi byudjet o‗zidan quyi turuvchi byudjetlarning 
daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini bajaradi. 
Byudjet tuzilishining har qanday 
modeli byudjetlar o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlarni tashkil etish shakli sifatida 
quyidagi uchta holatning mavjudligiga 
asoslanadi: birinchidan, hokimiyatning 
barcha darajalarida xarajat vakolatlarining 
aniq 
chegaralanishi; 
ikkinchidan, 
bu 
vakolatlarni to‗liq bajarish uchun har bir 
darajadagi hokimiyatning yetarli fiskal resurslar bilan ta‘minlangan bo‗lishi; 
uchinchidan, byudjet tizimidagi vertikal va gorizontal nomu-tanosiblikni byudjet 
transfertlari yordamida tekislash va shu asosda mamlakatning barcha hududlarida 
davlat xizmatlari-ning bir xildagi standartini ta‘minlash. Lekin jahon tajribasi shuni 
ko‗rsatadiki, hech bir mamlakatda fiskal federalizmning eng mukammal modelini 
yaratishga muvaffaq bo‗linmagan. Mamlakatlardagi siyosiy, tarixiy va milliy omillar 
ta‘sirida dunyoda turlicha byudjet tizimlari shakllangan bo‗lib, ular bir-biridan jiddiy 
farq qilish bilan birga, ko‗p hollarda nazariy jihatdan eng oqilona hisoblangan 
modellarga ham zid keladi. 
Federativ davlatlarda mahalliy byudjetlar federatsiya a‘zolari byudjetiga 
kirmaydi, o‘z navbatida federatsiya a‘zolari byudjeti esa federal byudjetga kirmaydi, 
ya‘ni barcha bosqichdagi byudjetlar alohida (mustaqil) faoliyat olib borishadi va 
daromadlar va xarajatlar yuzasidan yuqori byudjetlar tarkibiga kirmaydi. Federativ 
davlatlarga misol qilib Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Germaniya, Hindiston, 
Braziliya, Kanada va Meksika davlatlarini olishimiz mumkin. 
Federatsiyalar unitar davlatlardan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
Birinchidan,
turli xil davlat tuzumiga ega birliklardan (respublika, shtatlar, 
provintsiyalar, erlar, kantonlar va b.), federatsiyalar sub‘ekti bo‘lmish va o‘zining 
hududiy boshqaruv bo‘linishiga ega bo‘lgan davlat. 
Ikkinchidan,
yuqori organlar ikkita tizimi federatsiya a‘zolari organlari mavjud 
bo‘lishi talab etiladi, federatsiya a‘zolari organlari va federatsiya organlari. Federal 
organlar o‘zining funktsiyalari va vazifalarini mamlakatning barcha hududida 
bajaradi, federal sub‘ektlar tashkilotlari esa faqat o‘z hududlari yuzasidan faoliyatini 
amalga oshirishadi. Markaz va sub‘ektlarning biriktirilgan vazifalari va turli xil 
cheklovlar konstitutsiyada mustahkamlangan yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Shunga 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish