O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

Muassasa guruhi
Tuzatish koeffitsienti
I-guruh 
1,0 
II-guruh 
1,03 
III-guruh 
1,05 
IV-guruh 
1,15 
Shunday qilib, tibbiyot xodimining ish haqi miqdori xodimning egallab turgan 
lavozimiga (kichik va o‗rta tibbiy xodimlar, vrachlar), uning malaka toifasiga 
(toifasiz, 2-malaka toifali, 1-malaka toifali, oliy malaka toifali)va muassasaning 
guruhiga (I-, II-, II-, IV-guruh) bog‗liq bo‗ladi. 
 
Sog‗liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o‗rinbosarlari, shuning-
dek, bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq to‗lash bo‗yicha tarif setkasi 
bo‗yicha razryad sog‗liqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtiriladi. 
Sog‗liqni saqlash muassasalarini tiplarga ajratish tartibi to‗g‗risidagi nizom, 
shuningdek, tasdiqlangan tarmoq tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari 
mehnatiga haq to‗lash razryadlari va tarif koeffitsientlari O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tibbiyot muassasasi quvvatini
ambulatoriya-poliklinika tarmog‗i uchun – xizmat ko‗rsatiladigan aholi sonini hamda 
kasalxona muassasalari uchun – davolanib chiqqan bemorlar sonini hisobga olib 
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda 
Moliya vazirligining qo‗shma qarori bilan tasdiqlanadi. 
Sog‗liqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka tegishli bo‗lmagan va 
davolash, diagnostika yoki profilaktika faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi 
bo‗linmalarining (buxgalteriya, iqtisodiy bo‗limlar, kadrlar bo‗limi, muhandislik 
inshootlari, asbob-uskunalarni ta‘mirlash va ularga xizmat ko‗rsatish, avtomobil parki 
va boshqalar) rahbarlari mehnatiga haq to‗lash Mehnatga haq to‗lash bo‗yicha 
Yagona Tarif Setkasi asosida barcha byudjet tashkilotlaridagi kabi amalga oshiriladi. 
Masalan,
 ixtisoslashtirilgan statsionar muassasada ishlovchi oliy malaka toifasiga ega 
bo„lgan operatsiya qiladigan vrach-xirurgning bazaviy ish haqi miqdori amaldagi eng kam 
ish haqi miqdorini 10-razryadga to„g‟ri keluvchi tarif koeffitsientiga va ixtisoslashtirilgan 
statsionar muassasaga taalluqli bo„lgan IIIguruhning tuzatuvchi koeffitsientiga ko„paytirish 
orqali aniqlanadi: EKIH 7,629 1,05 = 


250 
Shuningdek, tibbiyot muassasalari xodimlari ish haqini hisoblashda ularning 
asosiy ish haqlariga qo‗shimcha va ustamalar tizimi amal qiladi. Ularning miqdorlari 
tegishli me‘yoriy-huquqiy hujjatlar (masalan, ―O‗zbekiston Respublikasi davlat 
muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‗lash tartibi va 
shartlari to‗g‗risidagi Nizom‖) bilan o‗rnatiladi, odatda bu ustama va qo‗shimcha 
to‗lovlar amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan foizlarda hamda tibbiyot 
xodimining bazaviy lavozim okladiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Bu ustama 
haqlar va qo‗shimcha to‗lovlar: 

mehnatning sog‗liq uchun xavfliligi va o‗ta og‗ir sharoitlari uchun; 

sog‗liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‗linmalariga mudirlik 
qilganlik uchun; 

ilmiy darajaga ega bo‗lganligi yoki "O‗zbekiston Respublikasida xizmat 
ko‗rsatgan sog‗liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni uchun

turg‗un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda va bayram kunlari 
ishlaganligi uchun; 

alohida muassasalar, bo‗linmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun

maslahatlar berganligi uchun va boshqa holatlarda o‗rnatiladi. 
Tibbiyot muassasasining moddiy rag„batlantirish va rivojlantirish jamg„ar-
masi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli 
―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lash tizimini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 
qarori hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-
dekabrdagi 276-sonli ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashning takomillash-
tirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq, tibbiyot muassasalarining 
moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy 
rag‗batlantirish maqsadida 2006-yil 1-yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari 
hisoblangan barcha tibbiyot muassasalarida
Tibbiyot muassasalarini moddiy 
rag„batlantirish va rivojlantirish jamg„armasi
tashkil etildi. Jamg‗arma mablag‗lari 
quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: 

tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan byudjet mablag‗lari umumiy hajmining 
5 foizigacha bo‗lgan qismi; 

homiylik va donor tashkilotlaridan hamda pullik davolash va xizmatlar 
ko‗rsatishdan tushadigan mablag‗lar; 

tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashda tejalgan byudjet mablag‗lari. 
Jamg‗arma mablag‗lari: 

ishga vijdonan munosabati va ko‗rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati 
uchun bazaviy tarif stavkasiga oylik ustamalar belgilash, bir yo‗la moddiy yordam va 
mukofotlar to‗lash shaklida tibbiyot va farmasevtika xodimlarini rag‗batlantirishga; 

tibbiyot 
muassasasining 
moddiy-texnika 
bazasini 
rivojlantirishga, 
modernizatsiya qilishga va ta‘mirlashga yo‗naltiriladi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish