O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


  Davlat sog„liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

15.3. 
Davlat sog„liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini 
rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari
Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o‗n yilliklar davomida 
shakllangan tartiblariga muvofiq, davlat sog‗liqni saqlash muassasalari faoliyatini 
rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1.
Aholi soni va uning tibbiyot muassasasidagi o‗rinlarga ehtiyoj me‘yorlari 
asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlarini (u yoki bu profil yo‗na-
lishlari bo‗yicha o‗rinlar - koykalar soni) aniqlash; 
2.
Muayyan muassasa uchun o‗rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo‗yicha 
zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish; 
3.
Koykalar soni va tuzilishi(terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko‗ra ish hajmini 
rejalashtirish; 
4.
Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining ko‗rsatkich-
lari(koyka-kunlar soni)ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun moliyaviy 
resurslarga bo‗lgan ehtiyojni aniqlash. 
Davlat sog‗liqni saqlash tizimidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq 
ko‗rsatkichlari, masalan, kasalxonalardagi o‗rinlarning o‗rtacha yilliksoni (jami va 
o‗rinlar profillari bo‗yicha), bir yilda o‗rinlarning ishlash kunlari soni, o‗rin-kunlar 
miqdori, barcha toifadagi xodimlar bo‗yicha o‗rtacha yillik shtatlar birligi soni, 
ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari soni bilan tavsiflanadi.
Davolash-profilaktika muassasalari aholiga tibbiy xizmatlarni asosan ikki 
shaklda ko‗rsatadi: kasalxonaga yotqizib statsionar (turg‗un) davolash va ambula-
toriya-poliklinikada tibbiy xizmat ko‗rsatish. Turg‗un davolash muassasalarining 
asosiy ko‗rsatkichlaridan biri – o‗rin-kunlar soni bo‗lsa, ambulatoriya-poliklinika 
muassasasining asosiy ko‗rsatkichini vrach qabullari soni va uning asosida aniqla-
nadigan vrach lavozimlari soni tashkil qiladi. Muassasa xarajatlarini rejalashtirishda 
o‗rin-kunlar soni, vrach qabullari soni hamda vrach lavozimlari soni kabi 
ko‗rsatkichlar, shuningdek, ularga nisbatan o‗rnatilgan xarajat me‘yorlari asos qilib 
olinadi.
2001-2010-yillarda sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar yo‗nalishlaridan biri 
birlamchi tibbiyot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullariga 
o‗tish, byudjet mablag‗larini taqsimlashning jahon amaliyotida ma‘qullangan jon 
boshiga qarab rejalashtirish uslublarini joriy qilishdan iborat bo‗ldi. Ana shu dasturiy 
vazifani bajarish doirasida bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va amaliyotga 
tatbiq etildi. Ularga ko‗ra, qishloq hududlarida joylashgan qishloq vrachlik punktlari 
(QVP) va qishloq vrachlik ambulatoriyalari (QVA) qayta tashkil qilindi, ularni 
moliyalashtirish markaziy tuman shifoxonasi tarkibidan chiqarilib, bevosita viloyatlar 
sog‗liqni saqlash boshqarmalariga o‗tkazildi, birlamchi tibbiyot-sanitariya yordamini 
ko‗rsatish (BTSYoK) muassasalarigayuridik shaxs maqomi berildi, ular xarajatlarini 
rejalashtirish va moliyalashtirishda ularga biriktirilgan aholi soni, har bir aholi birligi 
uchun o‗rnatilgan xarajat me‘yorlari va aholining yoshi, jinsi, zichligi va boshqa 
ko‗rsatkichlarga ko‗ra o‗rnatiladigan tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash tartiblariga 
o‗tildi. Bu tartiblar tajriba tariqasida avval bir necha viloyatda, so‗ngra butun 
mamlakat bo‗yicha BTSYoK muassasalari xarajatlarini rejalashtirish jarayoniga 


245 
tatbiq etildi va bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish 
sharoitlariga bosqichma-bosqich o‗tkazildi. 
BTSYO qishloq muassasalari byudjetini hisobot davridagi sanitariya-epidemio-
logiya nazorati xizmati xarajatlari, kapital qo‗yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar 
xarajatlarini istisno etgan holda viloyat sog‗liqni saqlash umumiy byudjetiga bo‗lish 
yo‗li bilan aniqlanadi.
Bunda alohida olingan BTSYOK muassasasini moliyalashtirishning yillik 
hajmi tuzatish koeffitsientlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan 
holda bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi va BTSYO muassasasiga 
biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib belgilanadi. Har bir keyingi rejalashtiri-
ladigan yilga bir kishiga xarajatlarning bazaviy normativi belgilangan tartibda 
aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsientlari hisobga olingan holda hisoblab chiqiladi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya va Sog‗liqni saqlash vazirligi, viloyat 
hokimliklari moliya va sog‗liqni saqlash boshqarmalari BTSYO qishloq muassasalari 
byudjetlarini hisoblab chiqadi va ularni xarajatlar guruhiga bo‗lmasdan bitta summa 
bilan BTSYo muassasalariga yetkazadi. BTSYO qishloq muassasalari belgilangan 
tartibda moliya organlarida ro‗yxatdan o‗tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat 
jadvalini ajratilgan byudjet doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasida sog‗liq-
ni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‗g‗risida"gi 1998-yil 10-noyabrdagi 
PF-2107-son Farmoniga va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-
yil 5-martdagi ―Farg‗ona viloyatida sog‗liqni saqlashning boshlang‗ich bo‗g‗inini 
isloh qilish loyihasini amalga oshirish to‗g‗risida‖gi 100-son qaroriga muvofiq, 
―Salomatlik-1‖ loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki ishtirokida Farg‗ona, Sirdaryo, Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi va Xorazm viloyatining uchta tumanida qishloq vrachlik punktlarini, 
qishloq vrachlik ambulatoriyalari va feldsher-akusherlik punktlari komplekslarini bir 
kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmi joriy 
etilgan. 
Sog‗liqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, barcha 
BTSYOKning qishloq muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmini 
yoyish va uni BTSYO ayrim shahar muassasalarida eksperiment sifatida joriy etish, 
shuningdek, ―Salomatlik-2‖ va ―Ayollar va bolalar sog‗ligini mustahkamlash‖ 
dasturlari 
doirasida 
boshlang‗ich 
tibbiy-sanitariya 
yordami 
muassasalarini 
boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-
sentabrda O‗zbekiston Respublikasi ―Sog‗liqni saqlash muassasalarini moliyalash-
tirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 217-sonli Qarori 
qabul qilindi. Ushbu qaror bilan BTSYO qishloq muassasalarini Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi va Xorazm viloyatida – 2005-yil 1-oktabrdan boshlab, Andijon, 
Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida – 2006-yil 1-yanvardan boshlab, 
Jizzax, Kashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida – 2007-yil 1-yanvardan 
boshlab bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish 
sharoitlariga bosqichma-bosqich o‗tkazish nazarda tutildi. 


246 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 
―Ayollar va bolalar sog‗ligini mustahkamlash" loyihasi bo‗yicha O‗zbekiston 
Respublikasi bilan OTB o‗rtasidagi qarz bitimiga muvofiq, tuman (shahar) sog‗liqni 
saqlash turg‗un muassasalarini 
bir to„liq davolangan holat
hisobidan kelib chiqib 
moliyalashtirishga o‗tkazishga doir takliflar ishlab chiqildi va bu takliflar doirasida 
turg‗un davolash muassasalarining xarajatlarini rejalashtirishda muassasaning 
koykalar soni, shtatlar soni kabi ko‗rsatkichlari asosida rejalashtirishdek eski 
usullaridan har bir to‗liq davolangan holat bo‗yicha rejalashtirish va moliyalashtirish 
tartiblariga o‗tildi. 
Bugungi kunda davlat byudjetining sog‗liqni saqlash xarajatlari amaldagi 
byudjet tasnifining ―Sog‗liqni saqlash‖ bo‗limi bo‗yicha muassasalar va tadbirlarning 
quyidagi guruhlariga ko‗ra rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi
110
:

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish