O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HALQARO INVESTISION POZISIYASI
2021 yilda rezidentlarning aktivlari va majburiyatlari mos ravishda 435 mln. dollar va 2,4 mlrd. dollarga ortdi. Natijada, mamlakatning sof investision pozisiyasi 2,0 mlrd. dollarga qisqarib, 13 mlrd. dollarni tashkil etdi. O‘rganilayotgan davr mobaynida sof investision pozisiya o‘zgarishining tahlili shuni ko‘rsatdiki, moliya hisobining manfiy saldo bilan shakllanganligi o‘tgan yildagi singari investision pozisiya qisqarishining sababi bo‘lib qolmoqda, o‘z navbatida nooperasion o‘zgarishlar2 sof investision pozisiyaga ijobiy ta’sir qildi.
Xalqaro investision pozisiyaning iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2021 yilda davlat boshqaruv va bank sektorlari3 «sof kreditorlar», boshqa sektorlar esa «sof qarzdorlar»4 pozisiyasini saqlab qoldi (14-diagramma).
14-diagramma
IQTISODIYOT SEKTORLARI BO‘YICHA XALQARO INVESTISION POZISIYA
(mlrd. dollar)
Sof investision pozisiya tashqi qarzlarning jalb qilinishi, asosan, davlat sektori tomonidan, hamda savdo kreditlari va bo‘naklarning (kreditor qarzdorlik) sezilarli hajmlari evaziga qisqarish tendensiyasiga ega.
DAVLAT BOSHQARUVI SEKTORI
Aktivlar
2021 yilda davlat boshqaruv sektori aktivlari 554 mln. dollarga ortdi. Bunda, monetar oltinning qayta baholanishi davlat boshqaruvi sektorining investision pozisiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Majburiyatlar
Davlat boshqaruv sektorining majburiyatlari davlatning tashqi qarzidan iboratdir. 2021 yil mobaynida norezidentlar oldidagi majburiyatlar kreditlar va qarzlar bo‘yicha, asosan yangi qarzdorliklarning jalb qilinishi hisobiga, 652 mln. dollarga, shuningdek, kapital bozorlarida xalqaro obligasiyalarning joylashtirilishi evaziga 1 mlrd. dollarga ortdi.
BANK SEKTORI
Aktivlar
2020 yilning 1 aprel holatiga tijorat banklari aktivlarining summasi
32 mln. dollarga qisqarib, 2,1 mlrd. dollarni tashkil qildi. Import operasiyalari bo‘yicha to‘lovlar hajmining o‘sishi hamda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan tashqi qarzdorlikning so‘ndirilishi natijasida bank kassalari va nostro hisobvaraqalarida valyuta va depozitlarning kamayishi ushbu qisqarishning sababi bo‘lib qolmoqda.
Majburiyatlar
2021 yil mobaynida bank sektorining majburiyatlari
288 mln. dollarga ortdi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, majburiyatlarning o‘sishi «To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar» (19 mln. dollarga o‘sish), «Portfel investisiyalar»
(1 mln. dollarga o‘sish), «Moliyaviy derivativlar» (1,6 mln. dollarga o‘sish)
va «Kredit va qarzlar» (295 mln. dollarga o‘sish) komponentlari bo‘yicha kuzatilgan bo‘lsa, majburiyatlarning qisqarishi «Valyuta va depozitlar» komponenti bo‘yicha kuzatildi (28 mln. dollarga qisqardi).
Shunday qilib, 2020 yilning 1 aprel holatiga bank sektorining norezidentlar oldidagi majburiyatlarining 81% xorijiy moliyaviy muassasalarning kredit va qarzlariga to‘g‘ri kelmoqda (15-diagramma).
15-diagramma
BANKLARNING NOREZIDENTLAR OLDIDAGI MAJBURIYATLARI TUZILISHI
|
1 yanvar 2020 yil
|
1 aprel 2020 yil
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |