«Boshqa investisiyalar» moddasi bo‘yicha aktivlarning sof qisqarishi 123 mln dollarni tashkil qildi. Bunda «Valyuta va depozitlar» komponentining sof o‘sishi 160 mln. dollarga, «Savdo kreditlar va bo‘naklar» (debitor qarzdorlik) komponentining sof qisqarishi esa 283 mln. dollarga teng bo‘ldi.
«Valyuta va depozitlar» komponentining iqtisodiyotning sektorlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatdiki, operasiyalarning asosiy qismi hamon iqtisodiyotning boshqa sektorlariga to‘g‘ri kelmoqda, chunki xorijiy valyutadagi aholi jamg‘armalarining o‘sishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida aks ettiriladi. Aktivlarning doimiy o‘sishi O‘zbekiston Respublikasining chet elda ishlaydigan fuqarolari daromadlarining repatriasiya qilinishi (O‘zbekistonga qaytarilishi), shuningdek rezident – yuridik shaxslarning chet eldagi hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘lar evaziga ta’minlanmoqda (12-diagramma).
Bank sektori valyuta va depozitlarining (vakillik hisobvaraqlari va bank kassalaridagi qoldiqlar) sof o‘zgarishining manfiy trendi rezidentlarning import operasiyalari bo‘yicha amalga oshirgan to‘lovlari evaziga saqlanib qolmoqda. Bunda, 2021 yilda aktivlar 2018 yil I choragiga qaraganda ancha kam miqdorga kamaygan.
12-diagramma
«VALYUTA VA DEPROZITLAR» KOMPONENTI BO‘YICHA SOF O‘ZGARISHLAR
(mln. dollar)
«Boshqa investisiyalar» moddasi bo‘yicha I chorakda majburiyatlarning sof o‘sishi 1,8 mlrd. dollarga teng bo‘lib, bu 2018 yilning I choragiga nisbatan 1,7 mlrd. dollarga ko‘pdir. Bunda o‘sishning asosiy ulushi «Kreditlar va qarzlar» (876 mln. dollar) va «Savdo kreditlari va bo‘naklar» (912 mln. dollar) (kreditor qarzdorlik) komponentlariga to‘g‘ri kelmoqda.
«Kreditlar va qarzlar» komponentining iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2018 yilda kuzatilgani kabi davlat boshqaruvi sektori bo‘yicha tashqi qarzning keskin o‘sishi davom etmoqda. Ushbu jarayon sanoat va hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq davlat dasturlarini moliyalashtirish zaruratining mavjudligi bilan izoxlanadi (13-diagramma).
Bank sektorinig kreditlar va qarzlar bo‘yicha majburiyatlarining sof o‘sishi 298 mln. dollarni tashkil etdi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobar ko‘pdir. Ushbu o‘sish bank sektorining xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha faolligi oshishi bilan bog‘liqdir.
2021 yilda boshqa sektorlar bo‘yicha tashqi qarzdorlik operasiyalari bo‘yicha saldo, 2018 yilning I choragida kuzatilgani kabi manfiy bo‘ldi. Ikkala davrdagi manfiy saldo neftgaz sohasidagi korxonalar tomonidan olingan yirik kreditlarni so‘ndirish muddati boshlangani bilan izohlanadi.
2021 yilda «Savdo kreditlari va bo‘naklar» moddasi bo‘yicha majburiyatlarning sof o‘sishi 912 mln. dollarni tashkil etdi. Majburiyatlar o‘sishining asosiy sababi tashqi savdo aylanmasining, xususan import operasiyalarining ortishidir. Qayd etish lozimki, savdo kreditlarining va aholi qo‘lidagi xorijiy valyuta qoldig‘ining o‘sishi qisman o‘zaro kompensasiyalanadi. Shu munosabat bilan, savdo kreditlari va bo‘naklar hamda aholi qo‘lidagi horijiy valyutadagi mablag‘lar bo‘yicha oqimlar yangi ma’lumotlar asosida ekspertlik baholashlarini qo‘llagan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.