KAPITAL OPERASIYALARI HISOBI
2020 yil I choragida kapital operasiyalari hisobining ijobiy saldosi yirik transfertlar hisobiga 135,1 mln. dollarni tashkil qildi (2018 yilda 28,1 mln. dollar).
MOLIYAVIY HISOB
2020 yil I choragida moliyaviy hisobning manfiy saldosi 2,4 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, majburiyatlarning o‘sishi aktivlarnikiga nisbatan besh barobar ko‘p bo‘ldi. Moliyaviy hisob balansining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin o‘zgarishiga kreditlar va qarzlar (1,9 mlrd. dollar)1, asosan davlat sektori tomonidan olingan, hamda savdo kreditlari va bo‘naklari (912 mln. dollar) bo‘yicha norezidentlar oldidagi majburiyatlarning ortishi asosiy sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, rezerv aktivlarining 755 mln. dollarga oshishi kuzatildi (3-jadval).
3-jadval
MOLIYAVIY TUSHUMLAR VA XARAJATLARNING TUZILISHI
(mln. dollar)
|
2018 yil I choragi
|
2020 yil I choragi
|
Moliyaviy hisob
|
-137,6
|
-2 372,5
|
Moliyaviy aktivlarning sof olinishi
|
-1,23
|
652,6
|
Xorijga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar
|
0,15
|
0,6
|
Portfel investisiyalar
|
-
|
-
|
Boshqa investisiyalar
|
1,1
|
-123,0
|
ulardan
|
valyuta va depozitlar
|
148,9
|
159,9
|
savdo kreditlari va bo‘naklar
|
-147,8
|
-282,9
|
Rezerv aktivlar
|
384,5
|
775,0
|
|
Moliyaviy majburiyatlarning sof olinishi
|
523,3
|
3 025,1
|
Xorijdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar
|
427,1
|
198,3
|
Portfel investisiyalar
|
1,23
|
1 009,7
|
Moliyaviy derivativlar
|
-
|
-0,4
|
Boshqa investisiyalar
|
95,0
|
1 817,5
|
ulardan
|
kreditlar va qarzlar
|
60,1
|
876,3
|
savdo kreditlari va bo‘naklar
|
181,5
|
911,9
|
boshqa kreditor qarzdorliklar
|
-166,3
|
56,7
| TO‘GʻRIDAN-TO‘GʻRI VA PORTFEL INVESTISIYALAR
2020 yil I choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarning sof kirib kelishi 198 mln. dollarni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2018 yil I choragiga nisbatan 2 barobarga kamdir. Ushbu kamayish, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (bundan keyin – MTB) doirasida investisiyalar repatriasiyasi hajmining oshishi bilan bog‘liqdir. Shunday bo‘lsada, investisiyalarning kapitaldagi sof o‘sishi 158 mln. dollarga teng bo‘lib (MTB asosida ishlovchi korxonalarni inobatga olmaganda), bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 60%ga ko‘proqdir (11-diagramma).
Bosh kompaniyalardan olingan qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning tahlil qilinayotgan davrdagi sof oshishi 2018 yilning I choragidagi kabi ijobiyligini saqlab qoldi.
2020 yil I choragida horijiy investorlar tomonidan daromadlarning reinvestisiya qilinishi 2018 yilning mos davriga nisbatan 6%ga ortib, 166 mln. dollarga teng bo‘ldi.
Portfel investisiyalarning 1 mlrd. dollarga keskin ortishi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro obligasiyalarning muvaffaqiyatli chiqarilishi bilan izohlanadi.
11-diagramma
TO‘GʻRIDAN-TO‘GʻRI INVESTISIYALAR KOMPONENTLARINING O‘ZGARISHI
(mln. dollar)
Do'stlaringiz bilan baham: |