O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish



Download 1,44 Mb.
bet109/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

3. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy bu­yumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etish mazkur jino­yatning tushunchasini o‘zida aks ettiradi.
Ta‘kidlash joizki, keyingi vaqtlarda dori vositalari va tibbiy buyum­larni g‘ayriqonuniy ravishda boylik orttirish maqsadida qalbakilashtirish hollari kuzatilmoqda (lineks, trixopol, tinidazol, suprastin, biseptol, lazeks, serebrolizin, sumamed va boshqalar shular jumlasidan). Bu esa, o‘z navbatida, aholi salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Qalbakilashtirilgan dori vositalari o‘zlarining mikrobiologik tomonidan o‘ta ifloslanganligi, ayrim hollarda esa ta‘sir etuvchi moddalarining umuman yo‘qligi, shu­ningdek, zararli moddalar aralashtirilganligi bilan haqiqiylaridan farqlanadi.
Shu nuqtai nazardan tahlil etilayotgan jinoyatning bevosita o‘bekti dori vositalari yoxud tibbiy buyumlar ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisobla­nadi. Shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i mazkur jinoyatning qo‘shimcha o‘bektini tashkil etadi.
Jinoyatning predmeti sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vosita­larini yoxud tibbiy buyumlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25 apreldagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining 2-moddasida dori vositalari va tibbiy buyumlarning tushunchalari berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, dori vositalari - kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar aso­sida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qo‘llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi.
Tibbiy buyumlar - kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davo­lash uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan buyumlar. Ular jumlasiga bog‘lash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo‘ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallar kiradi.
Yuqorida qayd etilgan jinoyat predmetlari mazkur jinoyat tarkibini tashkil etish uchun albatta sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan bo‘lishi shart.
Sifatsiz dori vositalariyoki tibbiy buyumlar deganda farmakologiyaga mos kelmaydigan dori vositalari yoki tibbiy buyumlar tushuniladi.
Farmakopeya - bu dori vositalarining sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari to‘plamidir.
Qalbakilashtirilgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlar deganda haqiqiy dori vositalari yoki tibbiy buyumlardan foydalanmay yoki qisman foydalanib tayyorlangan yoki yasalgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlar tushuniladi.
Mazkur jinoyat o‘bektiv tomondan sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazishda ifodalanadi.
Ishlab chiqarish deganda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tushuniladi.
Dori vositalarini ishlab chiqarish - dori vositalarini ularni ishlab chiqarish hamda sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq ko‘plab hosil qilish, shu jumladan to‘liq texnologik turkum yoki uning ayrim bosqichlari: dori vositalarini sintez (biosintez) qilish, ekstraksiyalash, tozalash, ularga ishlov berish, ularni qadoqlash, idishga joylash, o‘rash va ularni markalash bosqichlari bo‘yicha hosil qilishdir.
Tayyorlash deganda dori vositalarining kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir necha dori moddalari (substansiyalari) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilish tushuniladi. Tibbiy buyumlarni tayyorlash deganda bog‘lash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo‘ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarish­lashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallarni qonunga xilof ravishda yasash tushuniladi.
Olish deganda ularning sotib olinishini, to‘lanmagan qarz evaziga olinishini va har qanday usulda ularni o‘z ixtiyoriga o‘tkazish tushuniladi.
Saqlash deganda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni butunligicha aybdorning egaligida, yonida, binoda, maxfiy yerda va boshqa joylarda bo‘lishi bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushuniladi.
Tashish deganda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushuniladi.
O ‘tkazish deganda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni xaridorlar bilan muayyan xizmat yoki haq evaziga bajarilgan ishlar evaziga ularni almashtirish hamda ularni har qanday usulda tarqatish, shu jumladan sotish tushuniladi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish