5. Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo‘lishi bilan shartlangan umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar jumlasiga, birinchidan, xufyona xo‘jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Dastlabki iqtisodiyot” qondira olmaydigan talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishda ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta o‘lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq to‘lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga qodir: xufyona korxona faoliyat ko‘rsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-qarindoshchilik, urug‘chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yish – ijtimoiy aloqalarning buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik muvazanatga erishish o‘z parametrlariga ko‘ra neoklassik bozordan g‘oyat uzoqlashgan bozorga bog‘liq.
Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo‘lishi oshkora bozorga kirish xarajatlari yuqori bo‘lganligi tufayli unga talab bo‘lmay qolgan tadbirkorlik salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko‘cha savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin.
Shunga qaramay, iqtisodiyotning oshkora va xufyona sektorlarining parallel ravishda mavjud bo‘lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta‘sir ham ko‘rsatadi. Xufyona sektorda texnika bilan qayta jihozlashning foydasizligi tufayli texnik taraqqiyot to‘xtab qoladi va umuman mehnat unumdorligi pasayadi. Investitsiya manbalarining chegaralanligi (faqat u yoki bu ijtimoiy tuzilma ichidagi mavjud resurslar investitsiya qilinadi) va mazkur ijtimoiy tuzilmalarga nisbaan tashqi sarmoyadorlarning mavjud emasligi sababli investitsiyalarning hajmi ham kamayadi. Oshkora iqtisodiyotda qolgan iqtisodiy sub‘ektlarga soliq yuki ko‘payadi: davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar xarajatlari kam sonli soliq to‘lovchilarga taqsimlanadi. Ushbu vaziyat ikkilanib yurganlarni ham xufyona sektorga o‘tishga undaydi - qonunga bo‘ysunish narxi cheksiz yuqori bo‘ladi. Buning natijasida oshkora sektor kollansi yuzaga keladi – unda faqat eng yirik korxonalar qoladi, chunki ular shunchaki to‘liq «soyaga» keta olishmaydi. Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyotning mavjud bo‘lishi izchil makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha har qanday chora-tadbirlarni samarasiz qiladi: u g‘oyat noadekvat indikatorlar va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida quriladi. Yuqorida aytilganlar pul-kredit siyosatlariga nisbatan juda muhim, chunki naqd pullarning xufyona aylanmasi markaziy bank nazorati ostida bo‘lmaydi.
2017 yildagi hisobotga ko‘ra, Evropa Ittifoqining xufyonali iqtisodiyotiga qariyb 2,2 milliard dollar sarflangan. Foiz jihatidan Evropaning janubiy va sharqiy mamlakatlari an'anaviy ravishda eng katta xufyona iqtisodiyotiga ega (bu erda ularning YaIMdagi ulushi 20 dan 40% gacha), bu erda zamonaviy naqdsiz to‘lov texnologiyalari hali keng tarqalmagan. Bundan tashqari, qarzlar va moliyaviy-iqtisodiy inqirozning ortib borayotgan oqibatlari bilan, xufyonalar ostiga tushadigan pul miqdori ko‘paymoqda. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarning xufyonali iqtisodiyotlarining nisbiy hajmi kichikroq bo‘lishiga qaramay (Germaniyada - 14%, Frantsiyada - 11% va Shveytsariyada - atigi 8%), ularning xufyonasi iqtisodiyoti kattaroqligi sababli kam rivojlangan hududlardagi mos ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada oshib ketdi. 2018 yilda Rosfinmonitoring rasmiy hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada xufyona iqtisodiyoti hajmi YaIMning 20 foizini tashkil etdi, yiliga 20 trln rubl aylanmasi bilan.
6. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari hamda vositalarini belgilash uchun, avvalambor, uning ko‘lami va dinamikasini aniqlash lozim bo‘ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha monetar uslublarni o‘z ichiga oladi.
2. Yengil modellashtirish uslubi, ya‘ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi.
3. Strukturaviy tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, axborotlardan foydalaniladi.
4. Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan, ya‘ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar yaratiladi.
5. Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash uslubi.
6. Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini, turli qayta va qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyot va uning alohida elementlarini baholash35.
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
radikal-liberal, ya‘ni dastlabki jamg‘arilgan kapitalning eng yuqori sur’atlariga maqsadli cheklovlar belgilash yo‘li;
repressiv usullar xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi huquq-tartibot, xavfsizlik organlari faoliyatini kengaytirish va kuchaytirshini taqozo etadi;
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga oid hukuqiy chora-tadbirlar majmuini yaratish.
Xufyona iqtisodiyotga nisbatan huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish quyidagilarga yo‘naltiriladi:
jinoiy xufyona iqtisodiyot va kuzatilmagan, norasmiy xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar kapitalini aniq farq qilish, bir-biridan ajratish hamda bu farqni qonunchilikda aniq belgilab ko‘yish;
biznes va tadbirkorlik uchun kulay hukuqiy va xo‘jalik muhitini yaratish hamda bu muhitni barqarorlashtirish;
aholi jamg‘armalari, kapitalini, xususiy mulkni davlat tomonidan himoya qilishni kafolatlash, aholini turli xil tovlamachiliklardan davlat tomonidan himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
rasmiy iqtisodiyot sohalariga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari legalligi, halolligini tekshiruvchi, tasdiqlovchi huquq-tartibot va huquqni himoya qiluvchi muassasalar faoliyati mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tizimi rahbar va mas’ul xodimlarining daromadlari manbalari, ular xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi, mulkiy ahvolini tekshirish mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy nazorat qilishning ta‘sirchan mexanizmini yaratish, xufyona iqtisodiyot sub‘ektlari faoliyatiga ma‘muriy, jamoat va jinoiy-huquqiy ta‘sir choralarini takomillashtirish.
Xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi kurashning eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Noqonuniy biznes va tadbirkorlikning oldini olish hamda barham berish.
2. Yolg‘on tadbirkorlikka qarshi kurash. Yolg‘on tadbirkorlikda noqonuniy faoliyatni yashirish, kredit olish, soliqdan ozod bo‘lish va boshqa mulkiy naf va foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini yuritishni niyat qilmasdan soxta tadbirkorlik, biznes korxonasi nomigagina ochiladi. Bunday korxonada hech qanday faoliyat yuritilmaydi. U bank kreditini olish, jinoyat yo‘li bilan topilgan daromadni legallashtirish uchun foydalanish maqsadida nomigagina, yolg‘ondan ochiladi. Ular o‘z maqsadlariga erishganlaridan keyin bu korxonani tezda yopishadi. Shu boisdan bunday yolg‘on tadbirkorlikka qarshi qat‘iyy huquqiy javobgarlik choralarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi.
3. Tijorat maqsadida sotib olish - davlat va xo‘jalik boshqaruvida faoliyat ko‘rsatayotgan mansabdor shaxslarga noqonuniy tarzda pul, qimmatli qog‘ozlar, bosh mulkiy qiymatlarni o‘z xizmat mavqeidan kelib chiqqan holda ko‘rsatgan xizmati, ya‘ni tijorat yoki bank sirini oshkor qilish, pora beruvchiga noqonuniy xatti-harakati uchun sharoit yaratib berishi hisoblanadi. Qonunchilikda tijorat, bank sirlari bo‘lgan ma‘lumotlarni hujjatlarni o‘g‘irlash, sotib olish, qo‘rqitish, tahdid qilish kabi noqonuniy tarzda yig‘ishga intilishning oldini olish, javobgarlikka tortishga qaratilgan huquqiy normalarni kuchaytirish va amalda qo‘llash kerak bo‘ladi.
4. Jinoiy yo‘llar bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi ta‘sir mexanizmini yaratish.
5. Yolg‘on bankrotlikka qarshi qonunchilikda belgilangan javobgarlikni yanada oshirish.
6. Jismoniy va yuridik shaxslarning bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashlariga qarshi chora-tadbirlar, jazo choralarini qo‘llash.
7. Kontrabanda, mamlakatga tovarlarni noqonuniy tarzda olib kirish va tashqariga noqonuniy tarzda tovarlarni olib chiqib ketishga qarshi kuchli tizimni karor toptirish36.
Jinoiy xufyona iqtisodiyot, korrupsiya hamda uyushgan iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida milliy, mintaqaviy, tarmoq dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish biznes va tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini yaratish, ular uchun qulay muhitni vujudga keltirish, shuningdek, moliyaviy-xo‘jalik nazorat tizimlarini muttasil takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |