O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,44 Mb.
bet37/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

3. Xufyona iqtisodiyotning tarkibi
Turli qonunchilik me‘yorlariga amal qilinmaslik holatlarining tez-tez uchrab turishi xufyona (extralegal) iqtisodiyot miqdorining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, uning miqdoriy o‘lchovi vazifasini hal etishga kirishishdan oldin xufyona iqtisodiyotning turli unsurlarini ta‘riflash lozim. Umuman olganda xufyona iqtisodiyot – unda iqtisodiy faoliyat qonun doirasidan tashqarida amalga oshiriladigan, ya‘ni bitimlar qonundan, xo‘jalik turmushining huquqiy me‘yorlari va rasmana qoidalaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan soha. Xufyona iqtisodiyot uchta unsurdan tarkib topadi: norasmiy, sohta va kriminal iqtisodiyot.
Norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy faoliyatning oshkora turlari, unda xarajatlarni pasaytirish maqsadida tovarlar va xizmatlarning qayd etilmagan tarzda ishlab chiqarilishi o‘rin tutadi (yana bir bor ta‘kidlash lozimki, davlatdan yashiriladigan barcha faoliyat turlari huquqiy me‘yorlar bilan tartibga solinishi mumkin emas va mulkchilik huquqlarini himoyalashning muqobil mexanizmlari qo‘llanilishini talab qiladi). Sohta iqtisodiyot - qo‘shib yozishlar, chayqovchilik bitimlari, poraxo‘rlik va pulni olish hamda berish bilan bog‘liq har xil tovlamachilik harakatlari iqtisodiyoti. Kriminal iqtisodiyot - qonunning (birinchi navbatda – Jinoiy va Fuqarolik kodekslarining) to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga tajovuz qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat.
Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash muammosi dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
- monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi gipotezaga asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi);
- xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan daromadlar xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste‘molining real hajmlari bilan taqqoslanadi;
- bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan ro‘yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro‘yxatga olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlaridan bilvosita dalolat beradi);
- texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma‘lum texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi ma‘lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, iste‘mol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar taqqoslanadi);
- uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish usuli, u xufyona iqtisodiyotning o‘lchamiga ekspert baholarini beradi;
- sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida me‘yorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik qo‘llanishini tahlil qilishdan iborat.
Yoritilgan yondashuvlarning turli xilligi sababli olinadigan natijalarni ko‘pincha taqqoslash qiyin bo‘lsa-da, xufyona iqtisodiyot miqdorining ayrim baholarini keltirish mumkin: (YaIMga nisbatan foiz hisobida): Italiya - 15-30, Belgiya - 4-13, Shvetsiya - 0,5-17, Buyuk Britaniya - 2-16, Fransiya - 15, AQSh - 3-28, Peru -27-28.
Xufyona iqtisodiyot mikro, mezo, makro va megaiqtisodiyot darajalarida faoliyat yuritadi. Jahon miqyosida xufyona iqtisodiyot bank va korporativ sohalarda moliyaviy-iqtisodiy jinoyatlar, narkobiznes, fohishabozlik, odam savdosi, pornobiznes, yashirin qurol savdosi, “harom pullarni oqlash”, ya‘ni jinoyatchilik orqali topilgan pullarni legallashtirish hamda korrupsiya shakllarida namoyon bo‘ladi.
Korrupsiya va jinoyatchilik o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini taqozo etadi.
Jinoiy xufyona iqtisodiyotning bir shakli jinoyatchilik yo‘li bilan topilgan pullarni, daromad larni oqlashga, legallashtirishga intilishdir.
Jinoyatchilikdan olingan daromadlarning kelib chiqish manbalarini yashirish, kelajakda jinoyatning ochilib qolishi, jinoiy javobgarlikka tortilishining oldini olish maqsadida ularni legallashtirishda quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • banklarda yirik pul mablag‘lari xisob varaqasini ochish da keyinchalik boshqa xorijiy banklarga pulni ko‘chirish;

  • kam miqdorli mablag‘larni depozitlarga qo‘yish;

  • qarindoshlar, yordamchilarga, boshqa shaxslar nomiga banklarda hisob varaqalarini ochish;

  • bir hisob varaqasidan boshqasiga o‘tkazish usulidan keng foydalanish;

  • fiktiv korxonalardan, ofshor zonalardagi korxonalardan foydalanish va hokazo.

Jinoiy xufyona iqtisodiyotning yana bir ko‘rinishi narkobiznes bo‘lib, narkotik moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish, ular bilan savdo qilishdir.
Xufyona iqtisodiyot mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy tahdid solgani uchun ham unga qarshi kurash mexanizmini shakllantirish va mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish