2.Moliya bozorida jahon bankining funksiyalari Jahon bankining quyidagi 3ta asosiy funksiyasi bor:
Kreditlarni turli loyiha va dasturlarga yo‘naltirish;
Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tavsiyalar berish;
Rivojlanayotgan davlatlarga xususiy investitsiya oqimini
rag‘batlantirishdan iborat.
Jahon banki faoliyatining maqsadlari:
O‘z hamkorlari bilan qashshoqlik jaryonlarini qisqartirish; Rivojlanayotgan davlatlar va ularning aholisi oldida turgan mustahkam maqsadlariga erishishlariga ko‘maklashish;
- Rivojlanayotgan davlatlarda qulay investitsion klimat yaratish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
- Rivojlanayotgan davlatlarning zamondan orqada qolayotgan hamda iqtisodiyot uchun samarali bo‘lgan sohalarni rivojlantirishdan
iborat.
Jahon bankining an’anaviy moliyalashtirish obyektlari:
- Yo‘l va yo‘l qurilishi;
- Aloqa;
- Transport vositalari;
- Elektr-energiya tarmoqlari;
- O‘quv tizimini rivojlantirish;
- Atrof- muhit himoyasi;
- Ayollarga iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish;
- Tug‘ilishni rejalashtirish tizimini mustahkamlash;
- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya; - Xususiy sektorni rivojlantirish.
Jahon Bankining kapital Nizomi- uning seksiyalariga yozilish yo‘li bilan tashkil qilinadi, bu dastlabki aksiyalarning salmog‘i 10mlrd. dollarni tashkil etgan. Jahon Banki faoliyatini rivojlantirish rivojlangan mamlakatlarning rahbarlarini doimo kredit mablaglarni xajmini orttirishga undadi.
Natijada, 1993 yilning oxirlariga kelib 163 mlrd. dollarga yetdi. Shunday qilib, XTTB oddiy aksiya kapitalidan JB ga aylandi. Shunga karamay, 80- yillarda aksiyalarning to‘plangan qismi 7%ga kamaydi, bu a’zo mamlakatlar orasida taqsimlangan kiqmidir. Qolgan qismlari esa Bank juda kerak bulganda majburiyatlarini bajarish uchun sarflaydi.
JB ning mablag‘larining asosiy qismi Jahon moliyaviy tizimlardan kredit olishga qaratilgandir.
Dunyo moliyaviy bozorida bu qimmatli qog‘ozlar ishlab chiqarish bilan chegaralanadi. Bu yo‘l bilan rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar kapital eksportlariga ta’sir o‘tkazadi va ular o‘rtasida vositachi vazifasini bajarish bilan birga xususiy investorlarga ikki yoqlama kafolat yaratib beradi.
Jahon Bankigaa va unga a’zo mamlakatlarga mana shuning uchun ham xususiy banklar va boshqa moliyaviy institutlar o‘zining bo‘shpullarini Jahon Bankining obligasiyalariga aylantirib ishlamoqdalar. Jahon Banki tarkibidaga 5 ta tashkilot kiradi:
1.Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki daromadi o‘rta darajadagi davlatlarga yordam beradi. XTTB o‘zining mablag‘ini asosan xalqaro moliya bozoriga obligatsiyalarni sotish yo‘li bilan tashkil qiladi.
2. Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi - 1960- yilda tuzilgan bo‘lib, asosan kambag‘al davlatalar va aholi jon boshiga daromadi $885 gacha bo‘lgan davlatlarga yordam beradi, foizsiz qarzlar beradi, texnik loyihalarni moliyalashtiradi va siyosiy muammolar bo‘yicha yordam beradi.
3.Xalqaro Moliya Korporatsiyasi 1956 – yilda xususiy sektorga hukumat kafolatlarisiz investitsiya berib, uning rivojlanishiga ko‘maklashish uchun tuzilgan.
4.Investitsiyalarni Kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investorlarga ko‘maklashish uchun tuzilgan,bundan maqsad investorlarni notijoriy xatarlardan ( ya’ni, huquqiy yoki siyosiy xatarlardan urush, siyosiy larzalar, milliylashtirish xataridan investisiya beriladigan mamlakat hukumatining hattiharakatlaridan) himoya qilishdir.
5.Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi kelishmovchiliklarni tartibga solishni investor davlatlar va investitsiya oluvchi davlatalar o‘rtasidagi investitsiyaga tegishli munozarali savollarining kelishuvi yoki muhokamasi ishlarini ta’minlash orqali amalga oshiradi. Jahon Banki kredit ishlaridan boshqa yo‘nalishlarda ham ish olib boradi
Bankning rivojlanish haqidagi maqsadi doimo mijoz davlatlarga yordam berish bo‘lgan. Bosh iqtisodchi tomonidan boshqariladigan bankning iqtisodiy taraqqiyot guruhi bank faoliyati haqidagi axborotlarni tekshiradi hamda dolzarb masalalar hisoblangan investitsion muhitning qay darajada ekanligini o‘rganadi. Bank xodimlari bankning asosiy vazifasi hisoblangan iqtisodiy tahlil ishlarini har bir davlatda olib boradilar.
Shunday qilib Jahon Banki nafaqat moliyaviy tomondan ko‘maklashish balki qay tarzda rivojlanish haqidagi axborotlarni beruvchi manba hisoblanadi. Mijoz davlatlar orasida bunday axborotlarning tarqalishi bank ishining asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi.
Jahon banki, ikkinchi jahon urushidan so‘ng uning talofatlarini tugatishga qaratilgan faoliyatini boshlagan paytda uning tarkibiga 38 ta davlat kirgan.
Hozirga kelib bunday davlatlar soni 184 taga yetgan. Jahon banki bu hamma tushunadigan “bank” emas, bu ijrochi direktorlar kengashida o‘z vakillari bo‘lgan davlatlar yoki xalqaro “aksionerlar” uyushmasidir. Ana shu vakillar bank siyosatini olib boradilar va bank faoliyatini nazorat qiladilar. Jahon banki dunyoning 100 ta davlatida o‘z vakolatxonalariga ega va butun jahon bo‘ylab uning ishchilari soni 10600 kishiga etadi.
Shunday qilib, Jahon banki o‘z faoliyati davomida foydalanadigan pul qayerdan keladi va u pullarni o‘z oldida turgan muammolarni hal qilish uchun qanday taqsimlaydi yoki sarflaydi?
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki kredit berishdan katta foyda olmasada o‘z mablag‘idan katta daromad oladi.Bu mablag‘ ko‘p yillar davomida 185 a’zo davlatdan yig‘ilgan rezervlardan tashkil topgan bo‘lib, bank operatsiyalarini bajarish uchun ketadigan xarajatlarni qoplash uchun va qarzdor davlatlar tashvishini yengillashtirish uchun foydalaniladi. Grant va foizsiz qarz ko‘rinishida bo‘lgan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi resurslari, dunyonuing qoloq davlatlarini moliyalashtiruvchi eng yirik manba hisoblanadi va har uch yilda 40 ta donor davlatlar orqali to‘ldirib turiladi.
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi qo‘shimcha daromadni 35-40 yil davomida foizsiz zaymlarni olgan davlatlarni mablag‘ini qaytarishi hisobidan ko‘radi va bu daromad yana qayta kredit berishga yo‘naltiriladi.
Kredit operatsiyalarining 40 foizi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ulushiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi tomonidan beriladigan qarzlarning 2 ta asosiy turi mavjud:
1. Investitsion qarzlar
2. Rivojlantirish maqsadidagi qarzlar.
Investitsion qarzlar har xil sohalardagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni va tovarlarni moliyalashtirish uchun ajratildi.
Rivojlantirish maqsadidagi qarzlar esa siyosiy va institutsional islohatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida moliyaviy resurslarni tezda ajratishni ifodalaydi.
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi tomonidan berilgan kreditlaga foiz berilmaydi.
Qarz oluvchidan loyihani moliyalashtirish uchun ariza qabul qilinganidan so‘ng assotsiatsiya loyihani haqiqatan iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy va ekologik munosabatlarda foydali ekanligiga ishonch hosil qilishi uchun ko‘rib chiqadi.
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga 185 davlat, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasiga 163 davlat, Xalqaro moliya korporatsiyasiga 175 davlat, Investitsiyalarni Kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikga 168 davlat, Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markaziga 134 davlat a’zo hisoblanadi. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga ga a’zo bo‘lish uchun biror davlat eng avvalo Xalqaro valyuta fondiga a’zo bo‘lishi lozim.
Xalqaro moliya korporatsiyasiga, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasiga, Investitsiyalarni Kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikga a’zo bo‘lish uchun XTTBga a’zo bo‘lish lozim.
Jahon banki kredit olish, uni qaytara olish darajasida bo‘lgan mamlakatlar uchun mablag‘larni mujassamlaydi. Ammo, boy mamlakatlarga yoki alohida shaxslarga jahon banki tomonidan kredit berilmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining jon boshiga yalpi mahsulot $1200 atrofida bo‘lgan taqdirda ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu kreditlar 12-15 yil ichida qoplanishi lozim.
Ikkinchi tomondan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (MAR) kreditlarni qoloqroq mamlakatlarga, ya’ni ulardagi yalpi milliy mahsulot jon boshiga $800 dan kam bo‘lgan mamlakatlarga beradi ( asosan MAR tomonodan berilayotgan kreditlarning 80 %ini hozirgi vaqtda aholi jon boshiga $ 700 dan kam bo‘lgan mamlakatlar oladi). Bu kreditlar bo‘yicha foizlar olinmasdan, ko‘pgina hollarda ular 35-40 yillar oralig‘ida to‘lash sharti bilan beriladi.
Jahon banki o‘z faoliyatini rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga texnik loyihalarni, iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish jihatdan yordam berish orqali bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi. Bu vazifalar bankining asosiy uzoq muddatli vazifasi hisoblanadi.
Oxirgi yillarda bank oldingi yillardagi tajribalariga tayangan holda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari darajalarini inobatga olib, loyihalarni tanlash jarayonida asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloq qatlamlarini qamrashga, ularning taraqqiyot darajalarini oshirishni nazarda tutgan holda ish olib borilyapti.
Shuning uchun ham, Bank tomonidan texnik va moliyaviy jihatdan yordam berish va moliyalshtirish jarayonida BMT tomonidan belgilangan dastuga asosan ham texnik yordam beruvchi, ham loyihani ijro etuvchi sifatida qatnashadi. Bank tomonidan tanlanadigan loyiha, ularning yo‘nalishlari milliy mamlakatlar, ularning mahalliy hokimiyatlari, boshqa tegishli tashkilotlar bilan har tomonlama kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Bank kredit ajratish jarayonida o‘z mutaxassislari ishtirokida kredit oluvchi mamlakatlarning iqtisodini sinchikovlik bilan tahlil etish asosida qaysi sohaga asosiy e’tibor berish yoki qo‘yilmalarni joylashtirish borasida u yoki bu sohani tanlash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday taxlitda ish yuritish ushbu malakatlarning asosiy muammolari echimida qatnashib, uning rivojlanishiga yordamlashishni nazarda tutadi.
XTTB dunyo moliyaviy bozorida obligatsiyalarining hajmi hisobida yirik o‘rinni egallaydi.
70-yillarning oxirida ishlab chiqarilgan obligatsiyalarning summasi jihatidan har yili o‘rtacha 5 mlrd. dollarni tashkil etadi, 1993 yilda esa 12,7 mlrd. dollarni tashkil etdi. Xulosa qilib aytganda Jahon Banki o‘z faoliyatida uzoq muddatli kapitallarga o‘zining ta’sirini sezilarli darajada ko‘rsatib kelmoqda. 3 Jahon Bankining kredit siyosati, uning kapitali, rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llanilishi, bu mamlakatlar talablariga javob berganligi sabablidir. Jahon Banki kreditlarni olish hakidagi murojaatlarni qondirish masalalarini qurish jarayoni keng ko‘lamdagi iqtisodiy va moliyaviy axborotlarni bu mamlakatlardan tavsiya qilishni talab qiladi va shu mamlakatlarga o‘zining iqtisodiy missiyalarini yuboradi.
Bu missiyalar asosan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar a’zolaridan shakllantiriladi, ular mamlakatni iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o‘rganib chiqib, a’zo mamlakatlarning milliy rivojlanish dasturlariga ta’sir ko‘rsatadilar. Missiyalarning tavsiyalari Jahon Bankining ustivor yo‘nalishdagi xususiy iqtisod sektorini rivojlantirish maqsadida xorijiy kapitallarni jalb qiladi. Missiyalar faoliyati kredit berish masalasi bilan murojaat qilgan a’zo mamlakat suverenitetiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas.
Bunday tavsiyalar e’tiborga olinmasa talab qilinayotgan kreditlar berilmaydi, shu qatorda boshqa manbalarga ham ta’sir qilish choralari ko‘riladi. Chunki u butun Jahon moliya va kredit sohalarini, Xalqaro Valyuta Fondi bilan boshqaradi va iqtisodiy rivojlanishni samarali yo‘naltiradi. Jahon Banki tomonidan berilgan kreditlar hajmi 47 yil ichida 235mlrd. dollarni tashkil etdi.Undan 1/3 qismi (80 mlrd. dollar) 1989-93 yillarga to‘g‘ri keladi.Kreditlar asosan iqtisodning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga (transport, aloqa, energetika) beriladi.
70-yillarda Jahon Banki kreditlari ijtimoiy rivojlanishga qaratilgan edi, ayniqsa, qashshoqlikni bartaraf etishga. Endilikda esa bu faoliyat tibbiyotga,ta’limotga, rejalashga, oilaga, qishloq xo‘jaligiga va a’zo mamlakatlarni bozor munosabatlariga o‘tishi va atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan.