O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti elektron tijorat yo’nalishi bet-60 guruh talabasi abduroziqov abbos abdiraxmon o’G’lining


O’zbekistonda jahon banki mablag’laridan foydalanish masalalari



Download 196,82 Kb.
bet5/7
Sana09.06.2022
Hajmi196,82 Kb.
#648757
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi. abbos moliya bozozri(2)

4. O’zbekistonda jahon banki mablag’laridan foydalanish masalalari

O‘zbekiston Jahon bankiga 1992 yil 21 sentyabrda a’zo bo‘lganda uning oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun 12,1 mln. AQSH dollari miqdorda badal to‘ladi. O‘zbekistonda XTTB tomonidan 2493 aksiya (jami aksiyalar miqdorining 0,17 foizi) chiqarildi, ovozlar esa-2743 (0,18 foiz)ni tashkil etdi.


Mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgan ilk kunlaridanoq Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) moliya muassasalari hisoblanmish, «Xalqaro Valyuta Fondi» (XVF) va Johon bankining «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki», «Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi», «Xalqaro moliya korporatsiyasi», «Ko‘p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlik»ka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyuldagi Qonuniga asosan birinchilardan bo‘lib a’zo bo‘ldi.
Respublikamiz mazkur moliya muassasalarining mablag‘larini jalb etishdan manfaatdordir, bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizda moliya-kredit tizimini barqaror shakllanishi uchun zarur shart sharoitlar yaratilishini talab qiladi.
Ushbu masala bo‘yicha, hozirgi kunda respublikamizda talay ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tashqi iqtisoiy faoliyatni tashkil etishning amalda tartibga solish, ya’ni litsenziyalash, kvota berish va hokazo kabi turli xil ruxsat beruvchi shakllaridan voz kechildi va ularning sonini anchaga qisqartirilishiga erishildi.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biri hisoblangan valyuta siyosatini erkinlashtirishga va XVF Moddalar Bitimining VIII moddasi talablariga muvofiq joriy valyuta operatsiyalari bo‘yicha milliy valyutamizning to‘liq konvertatsiyalanishiga erishildi.
Bu esa Respublikamizni jahon xo‘jalik aloqalarida yanada faol qatnashishiga yordam beradi hamda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el sarmoyalarini hamda xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kreditlarini yanada kengroq jalb etish uchun sharoit yaratadi.
O‘tgan yillar davomida mamlakatimizga jalb etilgan kreditlarning aksariyat qismi sanoatning qator ustivor loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashga, kichik biznesni rivojlantirishga, shuningdek, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarni tarkibiy o‘zgarishlarini jadallashtirishga yo‘naltirildi.
Jahon banki 1993 yili Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi. Jahon bankining O‘zbekistondagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:
1. Bozor strukturasining shakllanishida texnik yordam ko‘rsatish;
2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalgam oshirishga moliyaviy jihatdan ko‘mak berish;
3. Mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Bozor tizimlarini shakllantirishga texnik yordam berish borasida respublikada makroiqtisodiy sohada monitoring o‘tkazish, ularni tahlil etish, bank tizimi, buxgalteriya hisob-kitoblarini, kommunikatsiyalarni rivojlantirish kabi tadbirlar kiradi. Jumladan, bu borada Jahon banki tizimining rivojlanish darajasi yo‘nalishida tadqiqot ishlari olib borildi, undan kelib chiqqan holda bozor mexanizmining infrastrukturasini mujassamlash, ilmiy-tehnikaviy salohiyat darajasini aniqlash ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jahon Bankiga 1992 yilda a’zo bo‘lgan bo‘lsa, shu davrdan boshlab mamlakatimiz, uning moliyaviy mablag‘laridan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda keng ko‘lamda foydalanmoqda.
JB O‘zbekiston Respublikasida o‘zining asosiy maqsadlari qilib quyidagilarni belgilab olgan.
• mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy sohalarini mustahkamlash hamda uning infratuzilmasini zamonaviylashtirishda moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan birga xalq turmush darajasini oshirishda o‘zining maslahatlarini berib borish;
• O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘nalishini belgilashda uning hukumati hamda xalqi bilan hamkorlikda boshqa davlatlarning bilim va tajribalaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. 4
XTTB va XTU O‘zbekiston Respublikasiga 13 ta loyiha bo‘yicha 599 mln. AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit hamda 2,40 mln. AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari ajratgan. 5
Ushbu loyihalarning 3 tasi, ya’ni 247 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan kreditlar respublikamiz tomonidan to‘laligicha o‘zlashtirilib bo‘lingan va yopilgan.
Hozirgi kunda XTTB respublikamizda quyidagi loyihalarni amalga oshirilishida moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda. Xususan:
- suv ta’minoti loyihasi bo‘yicha qishloq joylarda yashayotgan xalq sog‘lig‘ini saqlash va ularni sanitar jihatdan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash;
- Toshkent shahar sanitar holatini yaxshilash va undagi chiqindilarni boshqarish;
- «Sog‘liq 1» loyihasi bo‘yicha xalq sog‘lig‘ini saqlash;
- Buxoro va Samarqandni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash;
- Yer irrigatsiya va melioratsiyasini yaxshilash bo‘yicha drenaj tizimini yo‘lga qo‘yishni moliyalashtirish;
- qishloqda joylashgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash;
- davlat moliya sohasini isloh qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirilishida yaqindan ko‘mak bermoqda.
O‘zbekiston moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha ajratilgan
kreditning taqsimlanishi




Download 196,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish