O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti elektron tijorat yo’nalishi bet-60 guruh talabasi abduroziqov abbos abdiraxmon o’G’lining


Moliya bozorida jahon bankining o’rni,maqsadi va asosiy vazifalari



Download 196,82 Kb.
bet2/7
Sana09.06.2022
Hajmi196,82 Kb.
#648757
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi. abbos moliya bozozri(2)

1.Moliya bozorida jahon bankining o’rni,maqsadi va asosiy vazifalari
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Tarixiy tarakqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni o‘ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Banklarning paydo bo‘lishining asosi bo‘lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo‘lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy - iqtisodiy tuzumlarda banklarning ham bo‘lishini taqozo qiladi. Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Keyinchalik sanoat rivojlanish natijasida ko‘pgina mamlakatlarda banklar tashkil qilingan. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog‘lik xarajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog‘lik bo‘lgan. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisobkitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‘jaligi mavjud bo‘lgan bo‘sh mablag‘larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Bank o‘z faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo‘ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga yo‘llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo‘yicha oladigan foiz o‘rtasidagi farq (marja)dan iborat bo‘ladi.
"Bank-tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan ya’ni:
- jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqlarini ochish va yuritish, hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
- omonatlarni jalb etish;
- kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish.
Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin, chunonchi:
- mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
- chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
- pul mablag‘lari, vekcellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
- uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
- uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
- qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
- bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
- jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
- moliyaviy lizing;
- xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar.
Demak, bank barcha riskni o‘z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu mablag‘larni muddatlilik, qaytarib berishlik, to‘lovlilik va ta’minlanganlik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtiradi, hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi.
Tijorat banklari moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar xuquqiy, jismoniy shaxslarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadilar. Bank bu shunday tashkilotki, unda xom ashyo bo‘lib depozit va quyilmalar hisoblansa, oxirgi tovar - bu berilgan ssudalardir. Depozit va quyilmalar jalb qilingan qarz mablag‘lari, berilgan ssudalar esa - joylashtirilgan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.
Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u pul mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq bankning moliyaviy risklarning subyekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa subyektlar faoliyatidan farq kiladigan ikkita o‘ziga xos xususiyati mavjud:
birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘larni boshqa subyektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar.
Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‘rsatadilar.
ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul mablag‘larini hisobvaraqlariga qo‘yish va jamg‘arma o‘tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va boshqalar orqali qat’iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladilar. Qat’iy belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko‘rsatish banklar uchun riskni hisoblanadi, chunki banklar o‘z kreditorlari oldida olgan majburiyatlarini to‘liq bajarishlari lozim.
Banklar bajaradigan funksiyalar ularning bajaradigan vazifalariga qarab turli xil bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak banklar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
• vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va kapitalga aylantirish;
• kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
• to‘lov jarayonlarida vositachilik qilish;
• muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
Xalq xo‘jaligidagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish - banklarning ilk funksyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, xuquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha ma’lum mikdorda daromadga ega bo‘ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag‘lar banklarning kreditlash qudratini tashkil qiladi va bu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi. Vaqtincha bo‘sh mablag‘lar banklar ishtirokisiz bir korxona tomonidan ikkinchi korxonaga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo‘lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
Birinchidan, kreditga suralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo‘lgan summa o‘rtasida nomutanosiblik bo‘lishi mumkin;
Ikkinchidan, ortiqcha bo‘sh mablag‘ga ega bo‘lgan korxonaning mablag‘larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag‘ zarur bo‘lgan korxonani qondirmasligi mumkin;
Uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlashda qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to‘liq o‘rgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining to‘lovga layoqatsiz bo‘lishi kreditor korxonaning ham moliyavy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga olib kelishi mumkin.
Xalq xo‘jaligidagi barcha bo‘sh mablag‘larning bank tomonidan yig‘ilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan qarz oluvchi korxonaga zarur bo‘lgan summada, zarur bo‘lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratadi. Undan tashqari bank korxonalarning to‘lovga layoqatliligini har tomonlama tahlil qilishi, ularning moliyaviy ahvolini baholab bera olishi mumkin.
Demak, iqtisodiy rivojlanishining o‘sishi bank kreditining qo‘llanilish ko‘lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‘liq ishlab chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yo‘naltiriladi. 60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar mablag‘larni jalb qilish miqyosini, iste’mol uchun kreditlar berish ko‘lamini kengaytirdi.
Shu o‘rinda to‘lovlarda vositachilik funksiyasida banklar o‘z mijozlarining topshirig‘iga asosan to‘lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag‘larni qabul qiladi, pul tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag‘larini beradi.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala harajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o‘z mablag‘larini bank orqali o‘z hisob varaqasidan boshqa korxona hisob varaqasiga yoki boshqa mamlakat bankiga o‘tkazishi mumkin. Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo‘sh mablag‘lar va kapital bo‘lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa, bank chekdepozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin. Undan tashqari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar banknotalar chiqariladi. Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo‘li bilan to‘laqonli pullar o‘rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.
2



Download 196,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish