O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ishlab chiqarish va boshqaruv hisobi tizimi



Download 60,55 Kb.
bet5/6
Sana05.06.2022
Hajmi60,55 Kb.
#637429
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs

4. Ishlab chiqarish va boshqaruv hisobi tizimi
1949-yilga qadar Xitoydagi ishlab chiqarish va boshqaruv hisobining rivojlanish darajasi xalqaro darajaga toʻgʻri kelar edi. Lekin oxirgi oʻttiz yillar mobaynida chet el gʻoyalari bu mamlakatga juda kam kiritildi. 1970-yillarning oxirida Xitoy oʻz oldiga hisobchilikning rivojlanish darajasini yangi yutuqlar talablariga moslashtirish vazifasini qoʻyadi.
Yangi iqtisodiy islohotdan keyin barcha doiralarda korxona faoliyatining boshqaruv hisobchiligiga alohida e’tibor berilla boshlandi. 1970-yillarning oxirida va 1980-yillarda chet el mualliflarining ishlari muntazam ravishda oʻrganila boshlandi. Chet el matnlari tarjima qilindi. Sekin asta zarur fan sohasi sifatida yana boshqaruv hisobiga qaytildi.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli qarorlarni qabul qilish rejalashtirish va nazorat qilish, tannarx dinamikasi, ishlab chiqilgan loyihalarning samara-dorligini aniqlash, moliyaviy rejalashtirshining texnikasi va uslubi, javob-garlik doirasi boʻyicha hisob yuritish (masalan, foyda, tannarx va kapital qoʻyilmalarning yuzaga kelish markazlari konsepsiyasi), transfert narxlarini hosil qilish metodologiyasi kabi masalalarga alohida e’tibor beriladi. Standartlardan foydalanish yoʻli bilan xarajatlarni hisobga olish usullari gʻarbda qoʻllaniladigan usulga oʻxshab ketadi va shu bilan birga toʻgʻri va oʻzgaruvchan xarajatlarni hisobga olish usullari alohida oʻrganilishi talab etiladi.
Moliyaviy hisob bilan boshqaruv hisobining bir-biridan ajratil-ganligi muqarrar boʻlishi Xitoyda hali munozarali masaladir. Chunki u yerda koʻpchilik: barcha buxgalteriya hisoboti ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarga hamda korxonaning ichki va tashqi faoliyatini boshqarish vazifalariga javob berishi lozim deb hisoblaydi. Boshqalar esa boshqaruv hisobi birinchi navbatda ishlab chiqarishning boshqarish quroli boʻlib, xizmat qilishi kerak deb hisoblaydi.
Xitoydagi korxonalarda qonunlarga asoslangan huquq, javobgarlik va manfaatdorlik mujassamlashgan. Ishlab chiqarish faoliyatining ma’lum dara-jadagi mustaqilligi ishlab chiqarishni rejalashtirish, moliyalash, savdo-sotiq va kadrlar masalasi kabi sohalarda milliy siyosat bilan tartibga solinadi.
Korxonalar davlat tomonidan beligilangan topshiriqlarni bajarishlaari va boshqa korxonalar bilan tuzilgan shartnomalrning shartlarini bajarishlari kerak.
Ilgari mavjud boʻlgan barobarlashtirilgan tartibda taqsimotlash usuli oʻzgartirilib, endi bunday taqsimot iqtisodiy faoliyatning umumiy natija-lariga qarab amalga oshirilmoqda. Korxonani boshqarish tizimi markazlash-tirilgan boshqaruv bilan demokrtik boshqaruvni birgalikda olib borishga asoslangan: birinchisi, direktor va uning shtatlaridan iborat boʻlsa; ikkin-chisi korxona doirasidagi ishchilar kengashini anglatadi. Korxona faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va baholash masalalari mavjud moliyaviy resurslari, ulardan foydalanish va xoʻjalik faoliyatining samaradorligiga ta’sirini baholash singari boshqaruv hisobi tizimi yordamida amalga oshiri-ladi.
Bu tizim doirasida fondlar rejasi muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular fondlarning manbai, ulardan foydalanishning yoʻnalishalri va asosiy fondlarning rejasini birlashtiradi. Ilgari aylanma fondlar davlat tomoni-dan ajratilar edi, hozir esa bank ssudalri shaklida foizlar toʻlash sharti Bilan olinadi. Asosiy fondlar rejasi ham ulardan rejalashtirilgan davr mobaynida foydalanishni aks ettiradi. Asosiy fondlarning manbai davlat, korxonalardan oʻtkazish ichki manbalar va amortizatsiya, bank ssudalari hisobi-dan yaratilishi mumkin.
Kapital qoʻyilmalarni amalga oshirishda ijtimoiy iste’mollar, ijtimoiy samaradorlik, korxona va ishchilar uchunsamarali ekanligini hisobga oladigan rentabellik har tomonlama tahlil qilinadi. Kapital sarflar ayniqsa muqobil loyihalarning samaradorligini aniqlashda muhim omilga aylanadi.
Tannarx rejalari ishlab chiqarishga sarflanishi lozim boʻlgan xarajatlarning puldagi ifodasini aks ettirishi kerak. Mahsulot tannarxi ushbu mahsulotga oʻtkazilgan ishlab vositalarining qiymati sifatida aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobining yagona tizimida tannarx oʻzgaruvchan va ustama (masalan, ssuda uchun foiz) xarajatlardan iborat boʻladi. Ishlab chiqarish xarajatlari oʻz navbatida hisobot davrida qilingan barcha chiqimlarni aks ettiradi.
Tannarxning ba’zi rejalariga qoʻshimcha ravishda shu tannarx ustidan ichki nazorat qilish maqsadida qoʻshimcha ravishda rejalashtiriladigan chiqimlar haqida yana uchta hujjat mavjud:
1. Mahsulot birligi tannarxning rejali kalkulyatsiyasi.
2. Barcha tovar mahsulotning rejali tannarxi.
3. Ishlab chiqarishga qilinadigan rejali xarajatlar.
Mahsulot tannarxiga berilishi lozim boʻlgan tegishli baholar tannarxning har bir rejasiga berilishi lozim boʻlgan tegishli baholar tannarxning har bir rejasiga berilishi lozim.
Bunda quyidagilar hisobga olinishi kerak: davlat nazorat raqamlari, shartnomalar, oʻtgan davrlardagi chiqimlar, ishlab chiqarishning joriy davrdagi sharoitlari, samaradorlikni oshirishning imkoniyatlari va unumdorlik; baholashlar va oldindan koʻrishlar; mahsulot tannarxi, sarflarni kamaytirish boʻyicha topshiriq va xarajatlarni kamaytirish choralari masalan, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xarajatlarning ta’siri.
Foyda rejasi davlat buyurtmalari, mahsulotni sotish toʻgʻrisidagi shart-nomalar va bozor talabiga asoslanib tuziladi. Bu reja quyidagilarni aks ettirishi shart:
- mahsulotni sotishdan olingan foyda;
- umumiy foyda;
- foydaning taqsimlanishi.
Foyda rejasida shuningdek, foydani xoʻjalik faoliyatining boshqa koʻrsatkichlari bilan solishtirish imkonini beradigan nisbiy koʻrsatkichlar ham aks ettirilishi kerak.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish Xitoyda qonuniyatga, halol-likka, ketma-ketlik (uzluksizlik), taqqoslanuvchilikka va davriylikka asoslan-gandir.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usullari ishlab chiqarish jarayoni va korxonani boshqarishning xususiyatlariga hamda buxgalteriya hisobi yagona tizimining talablariga qarab belgilanadi. Sobiq ittifoqidan olib oʻtilgan “Me’yoriy hisob”, “Standart-kost hisobi”dan farq qilinadi.
Me’yoriy hisobda xarajatlar “eng kam sarflar” asosida belgilansa, Standart-kost hisobida xarajatlar ishlab chiqarishning har xil darajasida aniqlanib, mavjud boʻlgan sharoitlarga bogʻliq boʻladi.
Xarajatlar me’yorlari material iste’mol me’yorlari, ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanish va shu kabilarning texnologik me’yorlariga qarab belgilanadi.
Tannarx toʻgʻrisidagi hisobotlar ikki maqsad, ya’ni tashqi va ichki maqsadlarga qarab tuziladi. Tannarx toʻgʻrisidagi tashqi hisobot buxgaleriya hisobining yagona tartibdagi tizimiga qarab tuziladi va xalq xoʻjaligida (statistikada), rejalashtirishda va korxona faoliyatining natijalarini baho-lash uchun ishlatiladi.
Tannarx toʻgʻrisidagi ichki hisobotdan boshqaruv hisobi-da foydalaniladi.
Korxonaning ichki iqtisodiy javobgarlik tizimi aylanma mablagʻlardan foydalanish va tannarxni pasaytirish koʻrsatkichlarining bajarilishi bilan bogʻlangan.
Aylanma mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrsatkichlar moddiy- ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor buyumlar darajalariga doir ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Tannarxni pasaytirishga doir topshiriqlar mahsulot turlarining oʻzgarishlarini, texnologik oʻzgarish-larni, yaroqsiz mahsulotlar, sifatning yaxshilanishi va boshqalarni hisobga oladi.
Ichki foyda korxonaning ichki boʻlimlari faoliyatining samaradorligini aniqlash uchun qoʻllaniladi: bir boʻlinmadan ikkinchisiga oʻtkaziladigan tovarlar va xizmatlar uchun transfert narxlarining bir turi hisoblangan ichki (qayd etilgan) narxlardan foydalaniladi. Lekin amaliyotda odatda quyidagilardan biri qoʻllaniladi: rejali tannarx, sotib olish narxlari, ichki baholash narxlari.
1982-yildan boshlab Davlat Kengashining Xitoy iqtisodiy Komissiyasi xoʻjalik faoliyatini baholashning qator koʻrsatkichlarini tavsiya etgan. Ular quyidagilardan iborat: sanoat ishlab chiqarishning yalpi hajmi va uning oshi-rilishi; takomillashtirilgan mahsulotning sifati; energiyadan foydalanish me’yorining kamaytirilishi; mahsulot sotishning hajmi va uni oshirish; foyda uning oshirilishi; foydadan ajratmalar; sotilgan mahsulot hajmining foy-daga nisbati; ishchilarning mehnat unumdorligi va boshqalar.
Fondlardan foydalanishning samaradorligi ikki yoʻnalishda aks ettiri-lishi mumkin:
- rejadagi koʻrsatkichlarni bajarish uchun rejalashtirilgan fondlar miqdoridan kamroq boʻlgan fondlardan foydalanish;
- xoʻjalik faoliyatining rejadagi koʻrsatkichlarini ortigʻi bilan bajarish.
Buning uchun fondlarning aylanish tezligi, fondarning ish bilan ta’min-lanishi koeffitsiyenti va fondlardan foydalanish koeffitsiyenti koʻrsat-kichlaridan foydalaniladi. Tannarx koʻrsatkichlari shu tannarxning foydaga boʻlgan nisbati, sotilgan mahsulot hajmining foydaga boʻlgan nisbati, sotish koeffitsiyentlaridan foydalanish vositasi tahlil qilinadi.



Xulosa.
Shunday qilib, Xitoyda buxgalteriya hisobining shakllanishi va rivojlanishining barcha bosqichlarini o'rganib chiqib, siz buxgalteriya hisobining gullab-yashnashiga ta'sir qilgan barcha voqealarni aniq ko'rishingiz mumkin.
Buxgalteriya hisobining ko'p asrlik evolyutsiyasini tahlil qilib, uning buxgalteriya hisobi rivojlanishining muayyan tendentsiyalari va qonuniyatlarini belgilash mumkin.
Rossiyada ham, Xitoyda ham zamonaviy buxgalteriya hisobi o'z rivojlanishida bir qator muhim bosqichlarni bosib o'tdi va hozirda takomillashishda davom etmoqda.
Xitoyda moliyaviy hisobotga qo'yiladigan asosiy talablarni, masalan, pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlardan tushumlar to'g'risidagi ma'lumotlarni aks ettirishni tushundi; qadriyatlarni qabul qilish, begonalashtirish va ulardan foydalanish; qarz majburiyatlari va hisob-kitoblar to'g'risida; kapital va xarajatlarning ko'payishi; daromadlar, xarajatlar va xarajatlarni hisoblash bo'yicha; boshqa ma'lumotlar haqida.
Barcha buxgalteriya hujjatlari va moliyaviy hisobotlar xitoy tilida yuritiladi.
Xitoy buxgalterlari ota-bobolarining yutuqlari bilan juda faxrlanadilar, lekin o'zlarining e'tiroflariga ko'ra, ular birinchi navbatda o'zlari uchun, keyin esa davlat uchun ishlaydilar. Shu bois davlat organlari oldida turgan asosiy maqsad buxgalteriya hisobi va soliq hisobining shaffof tizimini yaratishdan iborat. Va bu muammoni hal qilish uchun barcha vositalar yaxshi, ular Xitoyning soliq va moliya bo'limlariga ishonishadi.
Buxgalteriya hisobi tizimini shaffof qilish uchun Xitoy hukumati barcha buxgalterlarni Xalqaro Buxgalteriya Standartlari (IFRS) bo'yicha hisobot berishga o'tkazishdan boshqa yo'lni o'ylamagan.
Moliya vaziri Jan Rankingning so‘zlariga ko‘ra, UFRSga o‘tish “...Xitoyning buxgalteriya hisobi va audit sektorini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, bu mamlakatni zamonaviy iqtisodiy modelga olib boradi va investorlarga to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi”.
Maqolada XXR zamonaviy tadqiqotchilarining buxgalteriya hisobi tizimini tushunish va o'zaro bog'lash masalalari bo'yicha pozitsiyalari keltirilgan. Xitoyda buxgalteriya hisobi - bu korxonaning aktivlari, kapitalining holati va majburiyatlari, moddiy boyliklar harakati to'g'risidagi, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotni sotishdan tushgan daromadlar bo'yicha daromadlar va xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotlar bilan ishlaydigan axborot tizimi. natijada korxonaning ma’lum davrdagi xo’jalik faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasini shakllantirish imkonini beradi.


Download 60,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish