O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Buxgalteriya hisobining mazmuni va uning oʻziga xos xususiyatlari



Download 60,55 Kb.
bet2/6
Sana05.06.2022
Hajmi60,55 Kb.
#637429
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs

1. Buxgalteriya hisobining mazmuni va uning oʻziga xos xususiyatlari
Xitoyning milliy iqtiodiyoti, umumxalq mulkchiligi va jamoa mulkchiligini oʻz ichiga oladigan ijtimoiy mulkchilikka asoslangan va bozor ta’siri saqlanib kelayotgan sharoit asosida rivojlanayotgan rejali iqtisodiyotdir.
Iqtisodiyot borasida Xitoy davlati buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi orqali har xil xoʻjalik birliklarining iqtisodiy faoliyatlari ustidan nazorat olib boradi, davlat rejasi va davlat budjetining bajarili-shini ta’minlaydi, iqtisodiyot ustidan nazoratni kuchaytiradi va har xil xoʻjalik birliklarini boshqarishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi ustidan nazorat qilish uchun Xitoyda Moliya vazirligi qoshida maxsus Buxgalteriya hisobi va nazorat boshqarmasi tashkil qilingan boʻlib, uning zimmasiga buxgalteriya hisobining yagona tizimini yaratish va butun mamlakat miqyosida buxgalteriya hisobi ustidan rahbarlik qilish vazifasi yuklatilgan.
Davlat buxgalteriya hisobi tizimini yaratib, uning yuritilshi ustidan oʻzining har xil darajadagi vakolatli ma’muriy idoralari orqali yagona nazoratni amalga oshirib boradi. Moliya vazirligi buxgalteriya hisobi ustidan butun mamlakat miqyosida nazorat olib boradi. Har xil darajadagi xalq hokimiyati (masalan, viloyat, avtonom tumanlar, shaharlar) tarkibidagi moliya boshqarmalari buxgalteriya hisobi ustidan rahbarlikni oʻz hududlarida olib boradilar. Moliya boshqarmasiga boʻysunadigan har xil darajadagi ishbilar-monlik va tadbirkorlik faoliyatining boshqarmalari oʻzlariga boʻysungan xoʻjalik birliklarida yuritiladigan buxgalteriya hisobi ustidan rahbarlik qiladi.
Buxgalteriya hisobining milliy yagona tizimi Moliya vazirligi tomonidan kiritiladi, ulardan eng muhimlari esa Davlat kengashida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Markaziy hukumatga bevosita boʻysunadigan viloyat, avtonom tuman va shaharlarning moliya boshqarmalari (yoki byurolari) buxgalteriya hisobining milliy yagona tizimi bilan bir qatorda, mahalliy sharoitlarini hisobga olgan holda qoʻshimcha qoidalardan ham foydalanishlari mumkin. Alohida ahamiyatga ega boʻlgan buxgalteriya hisobining mahalliy tizimlari va ayrim qoidalari moliya vazirligi tomonidan tasdiqlinishi lozim.
Moliya vazirligi tomonidan tavsiya etilgan buxgalteriya hisobining yagona tizimiga binoan Davlat kengashi qoshidagi ishbilarmonlik faoliyati boshqar-malari tomonidan ishlab chiqilgan qoʻshimcha qoidalar Moliya vazirligida roʻyxatga olingan boʻlishi kerak.
Moliya vazirligining yagona tavsiyanomalari qoʻllanilmaydigan maxsus buxgalteriya hisobining tizimlari ixtisoslashgan boshqarmalari tomonidan Moliya vazirligining ulardan foydalanish mumkin-ligi toʻgʻrisidagi ruxsat olinganidan keyingina tegishli tarmoqlar xusuiyatlarini hisobga olgan holda amaliyotga kiritilishi mumkin. Ixtisos-lashgan boshqarma tomonidan ma’lum hududdagi barcha xoʻjalik birliklarida qoʻllash uchun amaliyotga kiritilgan maxsus buxgalteriya hisobining tizimi Moliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilishi, ma’qullanishi va Chop etilishi yoki moliya vazirligi ixtisoslashgan boshqarma bilan birgalikda uni ommalash-tirishlari lozim.
Xitoydagi hisob tizimi quyidagilarga boʻlinadi:
- korxonalardagi hisob;
- budjet tashkilotlaridagi hisob, ya’ni ma’muriy va notijorat tashkilot-laridagi hisob.
Korxonalardagi hisob tizimi mulkchilikning qanday turiga tegishli ekan-ligiga qarab davlat korxonalaridagi hisob, jamoa mulkchiligiga tegishli korxonalardagi hisob, chet kapitali qatnashuvidagi qoʻshma korxonalardagi hisobga boʻlinadi. Jamoa mulkchiligidagi korxonalarda yuritiladigan hisob bilan davlat korxonalaridagi hisob oʻrtasidagi farq asosan fondlar manbalari va foyda taqsimotidagi farqlardan iborat.
Qoʻshma korxonalardagi hisob oʻrtasidagi farq asosan fondlar manbalari va foyda taqsimotidagi farqlardan iborat. Qoʻshma korxonalardagi hisob davlat korxonalaridagi hisobga oʻxshash tomonlari ham, farqlari ham koʻpdir. Chet el kapitali qatnashuvidagi tashkil qilingan qoʻshma korxonalarda buxgalteriya hisobining tizimi asosan Xitoyning tegishli qonunlariga asoslanadi va davlat korxona-laridagi buxgalteriya hisobi tizimining tegishli qismidan foydalangan holda qoʻshma korxonalar xususiyatlariga moslashtirilgan ravishda amal qiladi. Davlat korxonalaridagi buxgalteriya hisobining tizimi barcha korxonalardagi buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotda va xalq xoʻjaligi tarmoqlarida bajarayotgan oʻz vaziflariga qarab korxonalardagi hisob: sanoat korxonalaridagi hisob, qishloq xoʻjaligi korxonalaridagi hisob, qurilish tashkilotlaridagi hisob, transport va aloqa korxonalaridagi hisob va savdo korxonalaridagi hisobga boʻlinadi.
Budjet tashkilotlaridagi hisob Moliya vazirligi tomonidan turli darajadagi idoralarda budjetning bajarilishini kuzatish maqsadida amalga oshiriladigan buxgalteriya hisobini oʻz ichiga oladi. Bu bilan ma’muriy tashkilotlar va notijorat tashkilotlar budjetlarini nazorat qilish maqsadida oilb boriladigan ma’muriy va jamoat tashkilotlaridagi hisob ham oʻzaro chambarchas bogʻliqdir.
Korxonalardagi buxgalteriya hisobi ishlab topilgan mablagʻlar asosida amalga oshirilsa, budjet (ma’muriy va notijorat) tashkilotlarida kelib tushgan naqd mablagʻlar asosida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobining elementlari va auditorlik ishlarini oʻrganishga oʻtishdan oldin buxgalteriya hisobi yuritiladigan Xitoydagi iqtisodiy-siyosiy sharoitlarni koʻrib chiqish lozim.
Xitoyda barcha davlat hokimiyati xalqning ixtiyorida boʻlib, uning xalq deputatlari Milliy Xalq Kengashiga saylanadi va turli darajadagi kengash-larni boshqarishadi. Milliy Kengash kata huquqga ega boʻlib, Konstitutsiyani oʻzgartirish, qonunlarni ishlab chiqish, davlat boshligʻini saylash va shu kabilar Bilan shugʻullanadi. Davlat Kengashi davlat ma’muriyatining yuqori organi boʻlib hisoblanib, unga boshqarmalar a’zolari va shuningdek, bosh auditor ham kiritiladi.
Kengash ma’muriy choralar, qarorlar qabul qilish va tartibdagi solish huquqiga ega. Davlat Kengashi Milliy Xalq Kengashi oldida javob-gardir.
Moliya vazirligi qoshidagi Buxgalteriya hisobi boʻyicha boshqarma buxgalteriya faoliyatini tartibga solib turadi. Bosh auditor buxgalteriya faoliyatiga rahbarlik qilishdan tashqarii auditorlik byurolarini nazorat qiladi. Xitoydagi asosiy ijtimoiy kuchlarni ishchilar, dehqonlar va intelligensiya tashkil qiladi. Kasaba uyushmalari va dehqonchilik tashkilotlari hozirgi paytda Xitoyning eng ta’sirchan ommaviy tashkilotlari hisoblanib, ularga xalq kengashlariida deputatlik joylari ajratiladi.

Download 60,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish