O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Budjet muassasalarida buxgalteriya hisobi



Download 60,55 Kb.
bet4/6
Sana05.06.2022
Hajmi60,55 Kb.
#637429
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs

3. Budjet muassasalarida buxgalteriya hisobi
Xitoyda Moliya vazmrligi tomonidan davlat budjet tashkilotlarida amalga oshiriladigan hisob va ularning mahalliy boʻlimlari tomonidan yuri-tiladigan mahlliy boʻlimlar budjetlarining hisobi “Budjet tashkilotlari-dagi hisob” ni anglatadi.
Budjet nazorati markazlashtirilgan tartibda va markazlashtirilmagan (mahalliy) ma’muriy darajada amalga oshiriladi. Markaziy budjet davlat nazoratidagi barcha markaziy boshqarmalar va yetakchi korxonalar budjet-laridan iborat. Mahalliy budjetlar, mahalliy boʻlimlar va mahalliy korxo-nalar budjetlaridan hamda ularga boʻysungan boʻlimlar korxonalar budjet-larining umumiy summasidan iborat.
Davlat budjeti moliyaviy resurslarni safarbar etish va uni taqsimlash boarsidagi davlatning muhim quroli vazifasini bajaradi. Davlat budjeti shuningdek, davlat moliyaviy rejasini ishlab chiqishning asosi sifatida xizmat qiladi. Davlat Kengashi budjetni ishlab chiqish va bajarilishi uchun javob beradi.
Davlat budjeti daromadni ham, budjetli mablagʻlarning taqsimlanishini ham oʻz ichiga oladi. Budjet daromadlari ikki nuqtai nazardan koʻrib chiqiladi:
Iqtsodiyotning turlari (sektorlari) boʻyicha va sanoat tarmoqlari boʻyicha. Joriy daromadalar budjetga manna shu turli - tuman manbalardan kelib tushadi. Budjet mablagʻlarining taqsimlanishi davlat rejasi va undan kelib chiqadigan siyosat asosida amalga oshiriladi.
Budjet mablagʻlaridan foydalanish ikki yoʻl bilan turkumlanishi mumkin:
1.Ulardan foydalanish xususiyatiga qarab (maorif, madaniyat va h.k.).
2. Qanday maqsadga qaratilganligiga qarab ( kapital qurilish, qoʻshimcha aylanma mablagʻalar, tarmoqlar iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish xarajatlar va shu kabilar).
Xitoyning davlat budjeti quyilagi xususiyatlarga ega:
a) budjet mablagʻlarini toʻplaydi va sarflaydi;
b) iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan fondlarni jamgʻaradi;
v) budjet fondlarining koʻp qismini ijtimoiy qurilish va farovonlikni oshirish uchun ishlatadi;
g) daromadlar va xarajatlarning balanslashtirilishi talablariga rioya qiladi.
Budjet tashkilotlaridagi hisob tushunchasi quyidagilardan iborat:
a) asosiy toifalar;
b) funksiyalari;
v) tamoyillari.
Asosiy toifalar davlat budjet tashkilotlaridagi hisob va ma’muriy hamda jamoat tashkilotlaridagi hisobdan iborat. Yigʻma budjetli hissob uch darajadan iborat:
a) yuqori darajadagi Moliya vazirligi;
b) mahalliy darajadagi moliya boʻlimlari;
v) tuman moliya boʻlimlari.
Qolgan toifalar quyidagi schyotlardan iborat: xazina uchun, kapital qurilishi uchun, mablagʻlardan qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun va hokazo. Oʻzining navbatida har xil darajadagi ma’muriy va jamoat boʻlinmalarining uchta turi mavjud. Ular umumiy budjetni hosil qilib, mustaqil yigʻma budjet hisobini amalga oshiradi. Unga buxgalteriya hisobini yurituvchi xoʻjalik birliklarining dastlabki, oʻrtacha va negizli darajalari kiradi.
Budjet tashkilotlarida tashkil etilgan buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni bajaradi:
- buxgalteriya hodisalari va operatsiyalari ustidan nazorat qilish;
- muntazam moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
- barcha korxonalar tomonidan budjetlarni ishlab chiqlishi ustidan nazo-rat qilish;
- mablagʻlarni jalb qilish va taqsimlashda xazinaxonaga yordam qilish;
- umumiy va alohida budjetlarni yaratish;
- budjet hisobotlari ustidan kuzatib borishi.
Bu vazifalar budjet nazoratini kuchaytirish va davlat mulklarining butligini ta’minlashga qaratilgan.
Budjet hisobning tamoyillari quyidagi qoidalardan iborat:
- yagona tartibdagi hisob tizimi;
- yakunlab hisoblashning asosi boʻlib, mablagʻlarning real kelib tushishi hisoblanadi;
- daromadlar yoki zararlarni yakunlab hisoblamaslik.
Budjet tashkilotlaridagi yigʻma hisobda qoʻllaniladigan hujjatlar quyi-dagi uchta turdan iborat:
- daromad toʻgʻrisidagi statistika hisobotlari;
- budjet mablagʻlarini taqsimlash;
- kapital qurilishga ketgan xarajatlar toʻgʻrisidagi har oylik hisobotlar.
Budjetga tushumlar mablagʻlarning manbalarini hisobga oladigan quyi-dagi toʻrtta schyotda aks ettiriladi:
- davlat xazinaxonasiga kelib tushadigan budjet daromadlari;
- moliya boshqarmalari tashkilotlarining budjetli dotatsiyalari;
- yuqoriroq darajadagi moliya boshqarmalari tashkilotlaridan fondlar-ning oʻtkazilishi;
- maxsus budjet fondlaridan budjetli daromadlar.
Shuning uchun hisob tizimiga hisobotning uchta shakli kiritilgan:
- budjet daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida moliya hisoboti;
- asosiy koʻrsatkichlar, jumladan tuzilishi, shtatlar va hokazolar boʻyicha hisobotlar;
- boshqa qoʻshimcha hisobotlar.
Ma’muriy va jamoat tashkilotlaridagi yigʻma budjetli hisob hodisa-larni va hisobotni roʻyxatga olish, ularning faoliyati hamda oʻz budjet-larining bajarilishi ustidan nazorat qilish uchun qoʻllaniladi. Lekin bu tashkilotlar oʻz faoliyatlaridan juda kam daromad olishi mumkin yoki butunlay daromadsiz boʻlib, ularning xarajatlari asosan davlat budjetining ajratma-lari hisobidan ta’minlanadi. Shunday qilib, ularning faoliyatidagi asosiy e’tibor moliyaviy xarajatlarni kamaytirish va mablagʻlardan foydalanishning samaradorligini oshirishga qaratiladi.



Download 60,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish