2. Korxonalarda moliyaviy hisob va hisobotlar Moliyaviy hisobning xitoycha tizimi mohiyati jihatdan fondlarning bosh-qarishga qaratilgan boʻlib, quyidagi maqsadlarni bajaradi: fondlarning manbalarini va fondlarning ishlatilishi yoʻnalishlarini aks ettirish, fond-larning doiraviy aylanishining huquqiy jihatdan qonuniyligini va qonun-larga, yoʻriknomalarga binoan tezlik bilan chora qurishning kafolatini ta’-minlash va shu kabi turli vazifalar.
Xitoyda fondlar deb ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan mulk-lar, tovarlar, materiallarning puldagi ifodasi tushuniladi; bunday tushuncha fondlar manbaalariga ham va ulardan foydalanish yoʻnalishlariga ham taalluqlidir.
Fondlardan foydalanish (ishlatilishi) deganda mavjud mablagʻ larga mulkiy qiymatliklar, tovarlar va materiallarni sotib olish tushuni-ladi, fondlar manbaalari esa fondlarni (passivlarni) olish (qoʻlga kiritish) usulini anglatadi.
Foydalanish yoʻnalishlariga qarab sanoat korxonalaridagi fondlar uchta toifaga boʻlinadi:
1. Asosiy fond - foydalaniladigan fondlarni jismoniy belgilariga qarab birlashtiradi - materiallar, mehnat, mashina, asbob – uskunalar.
2. Aylanma fond - bir yil davomida aylanishni oʻtaydigan, aylanma (oborot) aktivlarini hosil qiladigan tovarlar va materiallar hamda ular uchun sarflanadigan fondlar.
3. Maxsus maqsadlarga atalgan fondlar - yangilash va qayta ishlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va shu kabi maxsus (oʻziga xos) maqsadlar uchun foydalaniladigan fondlar.
Korxonalar tomonidan foydalaniladigan fondlarni ikki toifa boʻyicha turkumlash mumkin:
1. Korxonaning oʻz fondlari,ya’ni ular tomonidan ishlab chiqarish jara-yonida foydalaniladigan fondlar. Ular haq toʻlanishiga muhtoj emas. Ular davlat tomonidan ajratilgan fondlar va xoʻjalik faoliyati jarayonida jamgʻarilgan fondlardan iborat boʻladi.
2. Qarzga olingan (zayom) fondlar – korxonaning oʻz fondlari yetishmay qolgan hollarda ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatish uchun banklardan olingan fondlar.
Davlat korxonalari fondlarning quyidagi toʻrtta manbaiga ega:
a) davlat tomonidan ajratilgan fondlar;
b) banklardan qarzga olingan fondlar;
v) toʻlov muddatlarini orqaga surish yoki toʻlash muddatlari yetib kelmaganlik munosabati bilan yuzaga kelgan hisob – kitoblardagi mablagʻlar;
g) ichki jamgʻarmalar yoki amortizatsiya.
Shuning uchun korxona fondlarining umuman manbalari shuningdek uch toifaga boʻlinishi mumkin: asosiy fondlar, aylanma fondlar va maxsus fondlar manbalari. Asosiy fond – uning manbai davlat tomonidan ajra-tilgan asosiy vositalar, oʻz– oʻzini moliyalash yoki boshq manbadan moliyalash hisoblanadi.
Aylanma mablaglarning manbai davlat tomonidan ajratilgan mablagʻlardir yoki boshqa manbalar hisobidan sotib olinadi. Maxsus fond-larning manbalari maqsadli foydalanish uchun moʻljallangan mablagʻlar-ning turlaridan iborat .
Qoʻshma korxonalardagi fondlarning manbalari quyidagi ikki turdan iborat: qatnashuvchilar tomonidan qoʻyilgan kapital va joriy majburiyatlar va uzok muddatli bank qarzlari (zayomlari). Davlat korxonalaridagi aktiv-larning uchta toifasi (fondlarning ishlatilishi) va fondlar manbalari-ning uchta toifasiga kelsak, aktivlarning umumiy summasi fondlar manba-larining umumiy summasiga har doim teng boʻladi, balanslashadi.
Xitoyda balans hisobot davrining oxiriga mablagʻlarning koʻpayishini yoki kamayishini hamda fondlar manbalari va fondlarning ishlatilishi oʻrtasi-dagi bogʻliqlikni aks ettiruvchi hisobotdir.
Balansni tayyorlashda asosiy e’tibor fondalardan maqsadli moliyalashga foydalanish va fondlar toifalari oʻrtasidagi balanslanishga beriladi. Fondlarning manbalari passivni bildirsa, fondlardan foydalanish esa aktivni bildiradi. Shuning uchun asosiy fondlar asosiy aktivlarni ham va ularning manbalarini ham oʻz ichiga oladi.
Aylanma fondlar aylanma mablagʻlar va ularninsh manbalaridan iborat, maxsus fondlar- maxsus aktivlar va ularning manbalaridan iborat. Balans asosiy qism va qoʻshimcha axborotga boʻlinib, birinchi qismi maxsus fondlar mablagʻlaridan mAqsadli moliyalash uchun foydalanish tarzi, asosiy vositalarni va boshqalarni aks ettiradi.
Qoʻshimcha axborot, masalan, korxona boʻlinmalari tomonidan yetkazib berilgan materiallarning qiymatini. Toʻlanmay qolgan schyotlar yoki kreditga sotishlar vash u kabilarni oʻz ichiga oladi.
Qoʻshma korxonalarda yuritiladigan buxgalteriya hisobining shakli Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi va ular quyidagilarga ajratiladi: aylanma mablagʻlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, uzoq muddatli kapital sarflar, sezilarsiz aktivlar va hokazolar. Majburiyatlar uch toifadan iborat: qisqa muddatli majburiyatlar, uzoq muddatli majburiyatlar va shaxsiy kapital. Bundan tashqarii, hisobotning yana beshta shakli mavjud: ular ishlab chiqarish zahiralari toʻgʻrisida, asosiy vositalar va ularning amortizatsiyasi toʻgʻrisida, tugallanmagan qurilish toʻgʻrisida, sezilarsiz va boshqa aktivlar toʻgʻrisidagi va valyuta ajratmalari fondlari toʻgʻrisidagi hisobotlardir.
Davlat korxonasining sof foydasi sotilgan mahsulot uchun kelib tushgan summadan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini, oborot soligʻini, ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar va xodimlarning oʻqitishga ketgan xarajat-larni chegrib tashlash yoʻli bilan hisoblanib topiladi. Bunda mahsulot sotishdan olingan foyda topiladi.
Keyinchalik sotishlardan olingan daromadlar va sotishdan tashqaridagi daromadlar qoʻshilib, sotishdan tashqaridagi xarajatlar chegiriladi. Kredit uchun foiz toʻlovlari mahsulot tannarxining bir qismi boʻlib, sotishdan tashqaridagi xarajatlar deb qaralmaydi.
Xitoydagi buxgalteriya hisobi uning yagona tartibdagi oʻzaro muvofiqlash-tirilgan (unifikatsiyalashtirilgan) tizimiga binoan yuritiladi. Buxgalteriya hisobining yagona tartibdagi tizimi xoʻjalik faoliyatidan olingan foydani aniqlashda oʻziga xos boʻlgan talablarni qoʻyadi.
Korxonalarda buning uchun yakunning tobora oʻsib borishini hisoblash usuli qoʻllaniladi, ya’ni har bir davrda sotishdan olingan foyda shu foydani olish uchun ketgan sarflar bilan bogʻlanishi lozim. Aktiv va passivlar haqiqiy tannarxda baholanadi.
Sof foyda toʻgʻrisidagi hisobot har oyda tayyorlanishi lozim. Undan sof foydadan qilingan ajratmalarni va korxona sof foydasining yoki zararining taqsimlanishi aks ettirish, foydaning (zararning) vujudga kelish natija-larini hamda ular rejasi dinamikasini tahlil qilish uchun foydalaniladi. Hisobotdan shuningdek ishlab chiqarish faoliyatiga baho berish va korxonani boshqarish uchun foydalaniladi.
Xitoyda moliyaviy hisobotlardan asosan quyidagi maqsadlar uchun foyda laniladi:
a) korxonadagi buxgalteriya hisobini takomillashtirish;
b) korxona xoʻjalik faoliyatiga makro iqtisodiyot darajasida baho berish-davlat miqyosidagi rejalashtirish ehtiyojlarini qondirish uchun;
v) umummilliy darajasidagi qarorlarni qabul qilish, rejalashtirish va nazorat qilishda.
Shuningdek, korxonalar hisobotlardan oʻz faoliyatlarining moliyaviy va ishlab chiqarish sharoitlarini tahlil qilish uchun foydalaniladi. Bank va moliyaviy tashkilotlar esa bu hisobotlar asosida fondlardan foydalanishni tahlil qilishadi va fondlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va topshirishning qat’iy tartibi mavjud. “Xitoy Xalq Respublikasining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunida barcha korxonalar moliyaviy hisobotni maxsus talablarga binoan tayyorlashlari lozimligi ta’-kidlangan. Shu bilan birga hisobotga maxsus izohlar keltirish lozim.
Davlat korxonalari bir oylik, choraklik va yillik hisobotlar topshirishlari shart.
Balans va sof foyda toʻgʻrisidagi hisobotga qoʻshimcha ravishda yana quyidagi hisobotlar topshirilishi talab qilinadi:
a) maxsus fondlar manbalari va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot;
b) kapital qurilishiga olingan ssudalar toʻgʻrisidagi hisobot;
v) qilingan toʻlovlar va tiklangan fondlar toʻgʻrisidagi hisobot.
g) mahsulot sotishdan olingan foydaning tahlili toʻgʻrisidagi hisobot.
1985-yilning martida Moliya vazirligi “Xitoy - chet el qoʻshma korxonalari uchun Xitoydagi buxgalteriya hisobining tartibi” toʻgʻrisidagi va “Xitoy - chet el sanoat korxonalari uchun schyotlar va hisobotlar nomi” toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi. Hisobot davri sifatida kalendar yil qabul qilingan. Barcha hujjatlar ham xitoy tilida, ham chet el tillarida tayyorlanadi.