O’z-o’zidan alangalanish. Аgar yonuvchi moddani alangalanish harortidan yuqori haroratda qizdirish davom ettirilsa, lekin ochiq alanga olib borilmasa, shunday vaqt keladiki, undan ajralib chiqayotgan gazlar o’z-o’zidan alangalanib ketadi. Bu sodir bo’lgan harorat shu moddaning o’z-o’zidan alangalanish harorati deyiladi.
O’z-o’zidan yonib ketish. Аyrim qattiq yonuvchan moddalar noto’g’ri saqlanganda o’z-o’zidan yonib ketishlari mumkin. Masalan, nam pohol, nam toshko’mir, nam pahta, moyli latta va sh. o’. Bu hodisa ma`lum haroratlardagina bo’lishi mumkin. Bu haroratni o’z-o’zidan yonib ketish harorati deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |