O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

yurakning ko’ndalang
o’lchami 
deyiladi. 
Yurakning 
absolyut bo’g’iqlik
chegaralarini aniqlash uchun uning nisbiy 
bo’g’iqlik chegarasidan ichkariga qarab bo’giqlashgan perkutor 
tovushdan absolyut bo’g’iq tovush paydo bo’lguncha past kuchsiz 
perkussiya qilib boriladi. Sog’lom odamda o’ngdan yurakning absolyut 
bo’g’iqlik chegarasi to’sh suyagining chap qirrasi sohasida, yuqoridan 
to’sh oldi chizig’i bo’ylab 4-qovurg’a oralig’ida va chapdan nisbiy 
bo’g’iqlik chegarasidan 1-1.5 sm ichkarida joylashadi. Yurakning 
bo’g’iqlik chegaralarini o’zgarishi o’pkaning holatiga ham bog’liq, 
emfizemada absolyut bo’g’iqlik chegara kamayib, bujmayishida ushbu 
bo’g’iqlik chegara kengayadi. Yurakning bo’g’iqlik chegaralari 
yurakning hajmiga ham bog’liq. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik 
chegaralarining o’zgarishi turli omillarga bog’liqdir. Uning kichiklashib 
ketishi asteniklarda, ichki a’zolar pastga tushganda, yurakning vertikal 
joylashishi tufayli kuzatiladi, aksincha, bu chegaralarning kattalashib 
ketishi gipersteniklarda, qorinda ko’p miqdorda havo, suyuqlik 
yig’ilganda, diafragmaning baland joylashganligi tufayli yuzaga keladi. 
Bunda yurak ancha gorizontal joylashadi. Yuqoridagi hollarda 
yurakning chegaralari uning o’zini emas, balki holatining o’zgarishi 
bilan bog’liq bo’ladi. Yurak kasalliklarida uning mushaklari 
gipertrofiyaga uchrashi hamda uning ayrim qismlarining kengayib 


163 
ketishi 
(dilyatatsiya) 
natijasida 
ham 

yoki 
bu 
tomondagi 
chegaralarining o’zgarishi qayd etiladi. Ko’pincha chegaralarning 
kattalashib ketishi o’ng, chap, yuqori va orqa tomonda aniqlanadi, 
chunki oldinda ko’krak qafasining qarshiligi, pastda esa diafragma 
yurakning bir tomonlama kengayishiga to’sqinlik qiladi. Yurakning 
nisbiy bo’g’iqlik chegaralarining o’ng tomonga kattalashishi o’ng 
bo’lmacha va o’ng qorinchaning kattalashishi natijasida yuzaga keladi. 
Bu hol uch tavaqali klapan yetishmovchiligida va o’pka arteriyasining 
og’zi torayib qolganda, mitral stenozda kuzatiladi. Mitral stenozda esa 
yurak chegaralari faqat o’ngga emas, balki yuqoriga ham kattalashadi. 
Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegarasining faqat chap tomonga 
kattalashishi ko’pincha gipertoniya kasalligida, chap qorincha kuchli 
gipertrofiyaga uchraganda qayd etiladi. Chapga hamda pastga 6-7 
qovurg’a oralig’igacha kattalashuvi aortal poroklarda, chapga va 
yuqoriga kattalashuvi mitral klapan yetishmovchiligida uchraydi. Yurak 
nisbiy bo’g’iqlik chegarasining yuqoriga kattalashuvi mitral teshik 
torayishida kuzatiladi. Yurak kasalliklari uzoq vaqt davom etganda, 
ayniqsa qo’shma nuqsonlar kuchli dekompensatsiyaga uchraganda 
yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegarasi hamma tomonga kengayib ketadi. 
Bunday yurakni “buqa yuragi” (cor bovinum) deb ataladi. Yurakning 
mutloq bo’g’iqlik chegarasi uning o’pka bilan qoplanmagan va ko’krak 
qafasining old devoriga tegib turuvchi qismidir. Bu yerdagi mutloq 
bo’g’iqlik o’ng qorincha hisobiga yuzaga keladi. Mutloq bo’g’iqlik 
chegarasi ham patologik hollarda o’zgarishi mumkin. Uning kengayib 
ketishi diafragma juda baland joylashganda, o’pka to’qimasi chetlari 
burishib qolganda, orqa ko’ks oralig’ining katta o’smalarida, eksudativ 
plevrit hamda perikarditlarda kuzatilishi mumkin. Aksincha mutloq
bo’g’iqlik chegarasining torayib ketishi diafragma juda past joylashgan 
hollarda, o’pka emfizemasida, pnevmosklerozda, yurak atrofida yoki teri 
ostida havo yig’ilganda qayd etilishi mumkin. Bundan tashqari 
yurakning o’zining kengayib ketishi ham mutloq bo’g’iqlik 
chegaralarining kengayishiga olib keladi. Masalan, o’ng qorincha 
gipertrofiyasi bilan kechadigan paroklarda shunday bo’ladi. 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish