97
Qari, holsizlangan bemorlarda esa yallig’lanish jarayoni sust
o’tib, uzoq muddatga cho’zilishi mumkin.
Klinik belgilari.
Kasallik to’satdan boshlanib bemorning tana
harorati 39- 40º C ga ko’tariladi. Bemorlar varaja qiladi, darmoni
qurib, boshi og’riydi, terlaydi. Avval quruq, so’ngra zangsimon
(kofesimon) balg’amli yo’tal, ko’krak qafasida sanchiqli og’riq, havo
yetishmasligi paydo bo’ladi. Og’riq yo’talganda,
chuqur nafas olganda
kuchayadi. Ko’pchilik bemorlarda bosh og’rig’i, ishtahaning bo’g’ilishi
va mialgiya kuzatiladi. Bemorning nafas olishi (ayniqsa o’pkaning katta
qismi yallig’langanda) tezlashadi va yuzaki bo’ladi. Bemorlar ko’zdan
kechirilganda labi, burni, qulog’ida tsianoz kuzatiladi, labiga, og’iz
burun atrofiga uchuqli toshmalar toshadi. Kasallikning klinik
manzarasini patomorfalogik o’zgarishlar davri bilan taqqoslaganda I
bosqichga to’g’ri keladi.
Qonga to’lish davri kasallikning boshlang’ich, dastlabki kunlarida
to’g’ri keladi. Bunda bemorning ahvoli og’ir, tana harorati yuqori
darajada (39-40ºC) bo’lib, varaja qiladi. Ko’krak qafasining sanchib
og’rishi va havo yetishmovchiligidan shikoyat qiladi.
Bemorda avvalo
quruq, so’ngra shilimshiq balg’am ajraladigan yo’tal paydo bo’ladi.
Nafas olishi tezlashadi. Shilliq qon aralash balg’am ajraladi.
Palpatsiyada ovoz drillashi kuchaygan. Perkussiya qilinganda
o’pkaning yallig’langan qismi sohasida qisqargan perkutor yoki
bo’g’iq timpanik tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda
o’pkaning yallig’langan qismi sohasida vezikulyar nafasning
susaygani, bundan tashqari, qisqa muddatli erta paydo bo’ladigan
krepitasiya (krepitatsio indux) eshitiladi. Ayrim vaqtlarda plevra
ishqalanishi shovqini eshitiladi. Bemorlarda bronxofoniya kuchaygan
bo’ladi.
Kasallikning II bosqichida bemor yo’talganda
temir zangi
rangidagi balg’am ajraladi. Bemorning umumiy holati anchagina og’ir
bo’ladi. Paypaslab ko’rilganda ko’krak qafasida og’riq borligi, tovush
dirillashi kuchayganligi aniqlanadi. Perkussiya qilinganda esa o’ta
bo’g’iq tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda esa bronxial
nafas shovqini eshitiladi. Bronxofoniya kuchaygan.
III bosqichda shilliqli va yiringli balg’am ajrala boshlaydi,
paypaslanganda, perkussiyada va auskultatsiyada bu o’zgarishlar II
bosqichdagiga o’xshash bo’ladi.
98
Kasallikning IV bosqichi yoki kasallikning III klinink bosqichida
esa tana harorati pasayib, shilliqli balg’am ko’proq ajrala boshlaydi.
Bemorning umumiy holati yaxshilana boshlaydi. Paypaslanganda
og’riqning kamayganini yoki yo’qolganini,
tovush dirillashi biroz
pasayganligini, ko’krak qafasi rezistentligining tiklanayotganini
aniqlash mumkin. Perkussiya qilinganda bir oz bo’g’iq tovush,
auskultatsiya qilinganda, bronxovezikulyar nafas shovqini, dag’al
krepitatsiya (krepitatsio redux) va nam xirillash eshitilishi mumkin.
Krupoz zotiljamda nafas olish a’zolaridan boshqa a’zolarida
ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.
Yurak- tomirlar sistemasida yurak urishi tezlashadi, arterial qon
bosimining pasayishi kuzatiladi. Yurak tonlari susayadi. Bu
o’zgarishlar qari, holsizlangan bemorlarda ko’proq jiddiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin.
Buyrak tizimidagi o’zgarishlar:
bemorning siydigi kamayadi,
uning solishtirma og’irligi oshadi. Ayrim hollarda siydik bilan oqsil
ajralib chiqadi.
Bemorning balg’amidagi o’zgarishlar kasallikning kechish
bosqichlariga bog’liq ravishda I bosqichda shilliqli, II bosqichda
qon aralash (temir zangiga o’xshash), III-IV bosqichlarda shilliqli
va yiring aralash bo’ladi.
Krupoz zotiljam kasallikni aniqlashda rentgen usuli bilan
tekshirish muhim rol o’ynaydi. Oldingi va orqa tomondan
tushirilgan
rentgen tasvirlarida kasallangan o’pka bo’lagi soyasining
zichlashganligini ko’rish mumkin. Rentgenogrammada yallig’lanish
o’pkaning qaysi bo’lagidaligini, hajmini aniqlash mumkin.
Rentgenologik o’zgarishlar o’pka to’qimasi qattiqlanishi sohasida
o’choqli soya ko’rinadi (28-surat).
Kasallikni to’liq aniqlash uchun bemorning qonini, balg’amini,
siydigi, qon oqsilini laboratoriyada tekshirish kerak. Laborator
tekshirish; leykotsitoz leykositar formulani chapga siljishi bilan (15-
300000 1 mkl qonda), tayoqcha yadroli neytrofillar 30% gacha oshadi,
eritrotsitlar soni ko’payadi, aneozinofiliya, EChT 40-45 mm/s gacha
oshishi kuzatiladi. Qonda yirik dispers oqsillarning nisbiy miqdori
ortadi. Fibrinogen, mukoprotein, seromukoid, gaptoglobulin, sial kislota,
zardob globulinlari
miqdorining oshishi, albuminlarning kamayishi, S
reaktiv oqsil musbat bo’lishi kuzatiladi.
99
28-surat.
Rentgenografiyada o’ng o’pkaning krupozli
yallig’lanishi tasvirlangan.
Tana harorati yuqori bo’lganda siydik analizida biroz proteinuriya
va tsilindruriya bo’lishi mumkin.
Balg’amni tekshirganda; bemorlar
balg’ami tarkibida ko’p miqdorda eritrotsitlar,
fibrinlar va sariq
jigarlanish bosqichida leykotsitlarni ko’rish mumkin.
Krupoz zotiljam kasalligining asoratlari; o’pkada abtsess,
plevraning yallig’lanishi, o’pkaning surunkali yallig’lanishiga o’tishi,
o’pkadan tashqari asorati infektsion toksik shok, o’tkir yurak-qon
tomirlarlar sistemasi yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi,
oshqozon- ichak shilliq qavatida yaralar vujudga kelishi,
qonning
tomir ichida ivish sindromi (DVS sindrom), infektsion-allergik
miokardit, endokardit, perikardit, meningit, nefrit, gepatit kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: