329
jigarda kuchayib boruvchi degenerativ o’zgarishlar jigar tsirrozi bilan
birga kechganligi to’g’risida malumot berdi va uning patogenezi 1948
yilgacha nomalumligicha qoldi.
Shu yili Kumingsning Vilson
kasalligida
misning
jigarda
va
bosh
miyada
miqdorini
(kontsentratsiyasini) ko’payishi to’g’risidagi malumoti chiqgandan
so’ng patogenezi aniqlandi. Hozirgi vaqtda misning gepatotoksik
xususiyati to’g’risida malumotlar ko’p, Vilson
kasalligining genetik
defektligi ham aniqlandi.
Vilson kasalligi kam uchrovchi irsiy kasallik bo’lib, autosom
retsessiv yo’l orqali irsiylanadi va gen (ATP7B ning mutatsiyasi kasallik
chaqiradi),
13 (qismi 13q14-q21) xromasomada joylashgan va bu
kasallikda oqsil va mis almashinuvi buziladi.
Vilson kasalligi geni
1993 y ajratib olingan va 40 dan ortiq mutatsiyaga uchragan genlar
mavjud. Har 1000000 aholiga 30 bemor to’g’ri keladi. Yaqin
qarindoshlar orasidagi nikohga 90 kishiga 1 bemor to’g’ri keladi.
Asosan yoshlikdan namoyon bo’lib, organizmda qonda ko’p
miqdorda
mis to’planishi bilan kechadi. Boshlang’ich bosqichlarida mis jigarda
to’planib, gepatit, tsirroz, jigar yetishmovchiligiga olib keladi.
Keyinchalik mis boshqa organ va tizimlarga tushib ularni shikastlaydi.
Bosh miyani shikastlab ruhiy asab o’zgarishlarga olib keladi.
Мis metabolizmi.
Oziq ovqat tarkibidagi (2,5-5 mg) mis ingichka
ichakda sorilgandan so‘ng oqsillar, aminokislotalar bilan birikib darvoza
venasi orqali jigarga tushadi va ko’p miqdori (90%) shu yerda qoladi.
Qolgan qismi ichakdagi mis najas bilan va darvoza venasiga tushmagan
qismi buyrak orqali tashqariga chiqariladi.
Gepatotsitlarda mis
metaloenzimlar
tarkibida
bo’ladi.
Bular
superoksiddismutaza,
tsitoxromoksidaza, monoaminooksidazalardir. Misning exporti α
2
globulin fraktsiyasiga kiruvchi transport oqsil tseruloplazmin orqali
amalga oshiriladi. Misning tseruloplazminga kiritilishi Goldji apparatida
amalga oshiriladi. Buning amalga oshishiga Vilson kasalligi geni orqali
mis transport qiluvchi P-tipdagi protein –ATFaza bilan birga amalga
oshiriladi. Bular misning lizosomal exskretsiyasiga
faol ishtirok etib,
misning miqdorini meyorga saqlab turadi. Bu holat izdan chiqsa albatta
mis jigarda to’planib qoladi. Jigarni ko’p miqdordagi misdan asrash
(detoksikatsion xususiyati), misni glutation,
metalotioneyn bilan
bog’lanib, biliar tizimda lizasomalar ishtirokida exkretsiya qilinadi. O’t
suyuqligi orqali 80% jigarga tushgan mis exkretsiya qilinadi. O’t
suyuqligidagi mis yuqori molekulali oqsillar bilan bog’langan bo’lib,
330
ular ingichka ichakka reabsorbtsiya qilinmaydi. Mis bilan bog’langan
yuqori molekulali oqsillar ularni ingichka ichakka so’rilishiga to’sqinlik
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: