56
borishlari mumkin. Yirik korxonalar bilan faol hamkorlik qiluvchi kichik va o‘rta
korxonalar sonini ko‘paytiribgina kichik biznes sub’ektlarining mamlakat
YaIMdagi ulushini ko‘paytirish vazifasini muvaffaqiyatli hal etish mumkin.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning shakllanishi,
faoliyat ko‘rsatishi va iqtisodiy aloqalarda qatnashishi ham o‘ziga xos xususiyatga
ega. Shuning uchun kichik biznes korxonalarining faoliyat ko‘rsatish sohalari,
rivojlantirish tendensiyalari, ular faoliyatidagi bugungi kundagi muammolar bozor
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi shu turdagi korxonalar xususiyatlaridan farq
qiladi.
Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat tomonidan ta’minlanadi.
Ularda bu ishda juda katta ijobiy tajriba to‘plangan bo‘lib, undan bizning
sharoitimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin.
Ko‘pgina mamlakatlarda kichik korxonalar faoliyatini
tartibga solishga
umumiy yondashishlar va asosiy yo‘nalishlar xosdir. Ularga quyidagilar kiradi:
- kichik biznesni sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan maxsus
qonunlarni qabul qilish;
- korxonalar faoliyatining umumiy va xususiy tomonlarini takomillashtirish,
biznes bilan shug‘ullanishni istayotganlarga moliyaviy
yordam ko‘rsatish, kichik biznes sub’ektlarini
rivojlantirishga qaratilgan
davlat rejalarini ishlab chiqish;
- kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning tarkibiy-tashkiliy
xizmatlarini tashkil qilish;
-
kichik
biznesga
davlatning
moliyaviy
yordam
ko‘rsatishini
takomillashtirish;
- kichik biznesni kafolatlash va imtiyozli kreditlash banklarini tashkil qilish;
57
- kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortish va boshqalar.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab, davlatning iqtisodiyotga
keng ko‘lamli aralashuvi ham har tomonlama puxta o‘ylangan
harakatlar bilan
asoslandi: barcha qarorlar bozor talabi va holatiga bog‘liq ravishda, bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlariga amal qilgan holda qabul qilindi. Proteksionizm
siyosatini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan import o‘rnini
bosadigan va
eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarish siyosati bilan egiluvchan uzviyligi
muvaffaqiyatlarimiz garovi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kichik biznes sub’ektlarining eksport salohiyatini rivojlantirish bilan bir
qatorda uni yanada mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan
iqtisodiyotni
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika ichkarisidagina emas, balki
avvalo jahon bozorida haridorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishga erishish
asosiy vazifa bo‘lishi kerak. Buning uchun, eksport imkoniyatini kengaytirish,
jaxon
bozorlariga kirib borish uchun, xom-ashyoni qayta ishlash negizida tayyor
maxsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy sarmoyali qo‘shma korxonalarni tashkil
etilishiga e’tibor qaratmog‘imiz kerak.