O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana22.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#574450
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
BAZAROVA FAYOZA TOXTAMURODOVNA. INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

 
Tayanch iboralar 
Sifatni boshqarish juda jiddiy va murakkab muammo hisoblanadi. 
 
Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita 
turkumga bo‗linadi:
- foydalanishda sarflanadigan mahsulot; 
- o‗z resursini sarflaydigan mahsulot; 
Mahsulot sifatining ko‗rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni 
asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: 
- mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarni va vazifasini;
- ists‘molchilar talablarining tahlilini; 
- mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilshini; 
- sifat ko‗rsatkichlariga bo‗lgan asosiy talablarni.
Mahsulot sifatiga ta‘sir etuvchi omillarni to‗rt toifaga bo‗lish 
mumkin: 
- texnikaviy; 
- tashkiliy; 
- iqtisodiy; 
- ijtimoiy; 
Texnikaviy omillarga uskunalarning jixozlanish holati, asboblarning 
hamda nazorat vositalarining, texnikaviy xujjatlarning holati; dastlabki 
materiallar, yarimfabrikatlarning sifati va shunga uxshashlar kiradi. 
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat 
va uskunalarni ta‘mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, 
jixozlanishi, asboblarni texnikaviy xujjatlar va nazorat vositalari bilan 
ta‘minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mexnatni ilmiy asosda 
tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va 
boshqalar kiradi. 


72 
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to‗lash shakllari, oylik
maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy 
ragbatlantirish; 
mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; 
uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning bahosi va shunga 
o‗xshashlar kiradi. 
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‗yish; malaka 
oshirishni tashkil kilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va 
ixtirochilikni
tashkil etish, turmush sharoitlari, o‗zaro munosabatlar, 
jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi. 
Mahsulot 
sifatini 
tashkil 
topishi, 
uning 
hamma 
xayotiy 
bosqichlarida - tadqiqot va loyixalash ishlarida; ishlab chiqarishda;
muomalada; iste‘molda yoki ishlatishida nomoyon bo‗ladi. 
Sifat nazorati. Sifatni nazorat qilish mahsulotni loyihalashdan 
boshlanadi. Bunda uchta asosiy omilni nazarda tutish kerak: 
1. Tovar birinchi navbatda bozor ehtiyojlariga javob berishi uchun 
loyihalashtiriladi. Bu ehtiyojni sotish bo‗limi aniqlashi kerak va bunda u 
bozordagi o‗zgarishlar bo‗yicha olib borayotgan uzluksiz tadqiqotlarga 
asoslanadi. 
2. Tovar shunday loyihalashtirilgan bo‗lishi kerakki, uni nuqsonsiz 
ishlab chiqarish mumkin bo‗lsin.
3. Konstruktsiyaniig uchinchi sharti tovarni ishlab chiqarish xizmati 
va u xaridor qo‗liga tekkandan so‗ng texnik xizmat ko‗rsatish engil 
bo‗lishi kerak. 
TQM tizimining asosiy elementlari: 
1. Muayyan sifatli tovarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun 
bozor ehtiyojlarini aniqlash.
2. TQM jarayonidagi ikkinchi qadam tovarni ishlab chiqish va 
tekshirish hisoblanadi.
3. Ishlab chiqarish jarayonini shunday ishlab chiqingki, uning 
yo‗lga tushirilishi bilan nuqsonsiz mahsulot ishlab chiqarilsin.
4. Nazorat natajalarini hujjatlashtirish va tovarni baholash 
jarayonini davom ettirish kerak.
5. Mol etkazib beruvchilarga sifat yuzasidan qo‗yiladigan talablar, 
ya‘ni ular etkazib berayotgan resurslar texnik tavsiflar va standartga mos 
kelishini doim tekshirib borish zarur.
6. Ishchi guruhlari, mukofotlash, motivlashtirish, sifatni saqlash va 
nazorat qilishga zaruriy vakolatlarni xodimlarga topshirish orqali sifat 


73 
haqidagi axborotni ta‘minlash.
7. Butun jarayonni kuzatuvchi va muammolarni darhol hal qiluvchi 
guruhlarni tashkil qiling.
Komission to‗lovlar - firmaning sotuv hajmida shakllanadigan 
to‗lovlar. Ular personalga to‗lash uchun ishlatiladi va mukofotning 
yagona shakli bo‗lib yoki har doimgi oyligi ustiga rag‗batlantirish bo‗lib 
xizmat qiladi.
Mukofot odatda, ish haqi va oylik ustidan, erishilgan yutuqlarga 
haqni ifoda etuvchi naqd to‗lovlardir.
Imtiyozlar - kompaniyaning eng yaxshi va hurmatga sazovor 
ishchilariga 
berilgan 
qo‗shimcha 
rag‗batlantirish 
kategoriyasi 
hisoblanadi. Ishchilarga qo‗shimcha to‗lovlar va xizmatlar: oylik maosh, 
rag‗batlantirishning turli ko‗rinishlaridan tashqari kompaniya tomonidan 
amalga oshiriladigan qo‗shimcha to‗lovlar hisoblaniladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish