O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Qadimiy xitoy maqoli
 


237 
Harakatlar 
strategiyasining 
to‗rtinchi 
yo‗nalishida 
aholining muhtoj qatlamlari bandligini oshirishni rag‗bat-
lantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, jumladan, quyidagi-
lardan iborat: 

ishsizlik darajasi yuqori bo‗lgan va mehnat bozorida 
vaziyat murakkab bo‗lgan 34 ta tumanda 4 300 000,0 
mln.so‗m miqdoridagi korxonalar mablag‗lari va tijorat banklari 
kreditlarini jalb qilgan holda 46,8 mingta ish o‗rni tashkil etish 
yo‗li bilan qishloq joylarda barqaror ish o‗rinlari tashkil etish 
hisobiga aholi bandligini oshirish; 

aholi bandligini ta‘minlash maqsadida 10 ming nafar 
ta‘lim muassasalari bitiruvchisiga o‗z tadbirkorlik faoliyatini 
boshlashi uchun tijorat banklari kreditlari hisobidan 60 000,0 
mln.so‗m miqdorida kredit mablag‗lari ajratish orqali bandlikni 
va oila daromadlarini oshirish; 

respublika hududlarida aholi bandligini ta‘minlash 
hamda qo‗shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida 
tijorat banklari tomonidan 400 000,0 mln.so‗m hajmida bank 
kreditlarini ajratish orqali fuqarolarning shaxsiy yordamchi 
xo‗jaliklarida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari etishtirish, qoramol, 
qo‗y, echki, quyon boqish va go‗sht etishtirish, parrandachilik 
va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil 
etish, shuningdek, urug‗ va ko‗chatlar uchun mikrokreditlar 
ajratish hajmini yanada oshirish, shu yo‗l bilan aholi 
tomorqasidan foydalanish samaradorligini oshirish, sifatli 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 
ko‗paytirish; 

Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya 
va boshqa davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining 8,5 
mln.doll. (o‗rtacha 1 ta markazni tashkil etish uchun – 3 000,0 
mln.doll.) 
grant 
mablag‗lari 
va 
imtiyozli 
kreditlarini, 
shuningdek, Bandlikka ko‗maklashish Davlat jamg‗armasi 
mablag‗larini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz 


238 
fuqarolarni kasbga o‗qitish markazlarini bosqichma-bosqich 
tashkil etish orqali ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish. 
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga 
quyidagi xarajat guruhlari kiradi: 

iqtisodiyotga xarajatlar; 

markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xara-
jatlari. 
Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo‗naltirilgan 
xarajatlari so‗nggi yillarda jami xarajatlarning 10-11 foizi 
atrofida, markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish bilan 
bog‗liq xarajatlar esa o‗rta hisobda 5-6 foizni tashkil etgan.
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga 
qishloq va suv xo‗jaligi sohasidagi respublika nazorat 
organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‗rmon xo‗jaligi 
xarajatlari, qishloq xo‗jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi 
kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to‗lash va ularni 
saqlab turish, hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari 
uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer 
xo‗jaliklarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash, standartlashtirish va 
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va 
kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat 
shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, gidrometeorologiya 
xizmati muassasalarini saqlab turish, atrof-muhit va 
landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning 
himoya qilinishini ta‘minlash bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlar 
kiradi.
Bu turkum xarajatlarning tarkibi va tuzilishini 2018-yil 
uchun mo‗ljallangan byudjet xarajatlari parametrlari bo‗yicha 
o‗rganish shundan dalolat beradiki, byudjetning ―iqtisodiyotga 
xarajatlar‖ guruhida shu davrning ustuvorliklaridan kelib 
chiqib, quyidagi xarajatlar ko‗zda tutilgan:
 

suv xo‗jaligining ekspluatatsion xarajatlari; 


239 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‗oriladigan yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar;

hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‗jaliklarini 
moliyaviy qo‗llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‗lar;

aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari.
 
10.3-jadval 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish