O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlarining tarkibi



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlarining tarkibi, 
2018-yil byudjet parametrlari bo„yicha
1
Ko„rsatkichlar 
mlrd.s. 
byudjet 
jami 
xarajatlariga 
nisbatan % 
iqtisodiyot 
xarajatlariga 
nisbatan % 
Davlat byudjeti xarajatlari
62170,0 
100 

Iqtisodiyotga ajratilgan xarajatlar, 
sh.j. 
6957,8 
11,2 
100 
Suv xo‗jaligining ekspluatatsion 
xarajatlari
2741,8 
4,4 
39,4 
Sug‗oriladigan yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash fondiga 
maqsadli ajratmalar
528,3 
0,8 
7,6 
Hosildorligi past yerlarda davlat 
ehtiyojlari uchun qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 
fermer xo‗jaliklarini moliyaviy 
qo‗llab-quvvatlash uchun maqsadli 
mablag‗lar
330,0 
0,5 
4,7 
Aholi punktlarini obodonlashtirish 
ishlari
1116,4 
1,8 
16,0 
Boshqa xarajatlar
2241,3 
3,6 
32,2 
 

1
O‗zbekiston Respublikasi


Moliya vazirligining hisobot ma‘lumotlari asosida keltirildi. 
manba: 
www.mf.uz
 


240 
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajat-
lari tarkibiga respublika vazirliklari, davlat qo‗mitalari va 
idoralari buyurtmachi bo‗lgan markazlashtirilgan investit-
siyalarni moliyalashtirish xarajatlari, jumladan: respublika 
iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha 
investitsiya loyihalarini, davlat maqsadli dasturlarini va 
davlatlararo bitimlarni amalga oshirish; sug‗oriladigan yerlarni 
tiklash va yangilarini o‗zlashtirish, suv xo‗jaligi qurilishi hamda 
kichik gidroenergetikani rivojlantirish; aholi punktlarining 
muhandislik infratuzilmasini, birinchi navbatda, yakka 
tartibdagi qurilish massivlarini rivojlantirish; ta‘lim, sog‗liqni 
saqlash, madaniyat obyektlarini va ijtimoiy infratuzilmaning 
boshqa tarmoqlarini qurish; davlat ilmiy muassasalarini 
rivojlantirish; davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza 
qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika 
bazasini rivojlantrish va mustahkamlash; umumdavlat tabiatni 
muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish va tabiiy 
ofatlardan himoya qiluvchi inshootlarni qurish xarajatlari 
kiradi. 
Barcha davlatlarning byudjet xarajatlari tarkibida 
mamlakatni boshqarish, hukumat idoralarini saqlash bilan 
bog‗liq xarajatlar ko‗zda tutiladi. O‗zbekiston Respublikasi 
byudjet amaliyotida ham ushbu maqsadlarga yo‗naltiriladigan 
byudjet mablag‗lari tarkibiga davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari, adliya, prokuratura va sud organlari, fuqarolarning 
o‗zini o‗zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari kiradi, bu 
turkum 
xarajatlar 
so‗nggi 
yillarda 
davlat 
byudjeti 
xarajatlarining 4,5-4,9 foizini tashkil qilib kelmoqda. 
Yuqorida keltirilgan jadvalda (10.1-jadvalga qarang) davlat 
byudjeti xarajatlari tarkibida ―Boshqa xarajatlar‖ guruhi jami 
byudjet 
xarajatlarining 
qariyb 
1/5 
qismini 
tashkil 
qilayotganligini ko‗rish mumkin. Bunga sabab asosan 
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan yirik xarajatlar, 
jumladan: 


241 

saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‗rish va ularni 
o‗tkazish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 
komissiya xarajatlari, shu jumladan, okrug va uchastka saylov 
komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish; 

O‗zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda (BMT, 
YuNESKO va boshqa tashkilotlar) ishtirok etish va a‘zolik 
badallarini to‗lash bilan bog‗liq xarajatlar; 

O‗zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat 
ko‗rsatish va davlatning kafolatli majburiyatlarini bajarish 
bilan bog‗liq xarajatlar; 

davlat buyurtmasi bo‗yicha statistika ishlariga haq to‗lash 
xarajatlari; 

jamoat tartibini saqlash, davlat xavfsizligi, bojxona 
organlarini saqlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini 
ta‘minlash kabi xarajatlar byudjet parametrlarida ―boshqa 
xarajatlar‖ guruhida aks ettiriladi.
Xulosa qilib aytganda, O‗zbekistonda barqaror iqtisodiy 
o‗sishni ta‘minlash va uning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash 
maqsadida davlat byudjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotda yalpi 
talabni rag‗batlantirishning ilg‗or usullari hamda mexanizm-
laridan foydalanish lozim. Bunda davlat byudjet xarajatlarini 
rejalashtirish va ijro etishning zamonaviy vositalari va ilg‗or 
usullarini qo‗llashga alohida e‘tibor qaratish orqali kelajakda 
davlat byudjeti xarajatlarining maqsadliligi va natijadorligiga 
erishiladi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish