O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226
 
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan 
aksiyalar to‘g‘risida ma’lumot
74
 
 
№ 
Aksiyadorlik 
jamiyati nomi 
Joylashgan 
hudud 
Tarmoq
(yuqori turuvchi 
tashkilot) 
Muomaladagi aksiyalar 
Ming so‘mda Nomi-nali Ming donada 

G‘ozg‘on 
marmar 
 
Navoiy 
"O‘zqurilish 
materiallari" AJ 
767 565,9 
1 934,0 
396,880 

Granit 
 
Samarqand 
"O‘zbekiston temir 
yo‘llari" AJ 
1 322 943,2 
2 179,0 
607,253 

Guliston 
ekstrakt-yog‘ 
 
Sirdaryo 
"O‘zpaxtasanoateksp
ort" XK 
1 139 805,8 
1 999,0 
570,188 

Gurlan dehkon 
bozori 
 
Xorazm 
Hokimiyat 
3 533 555,0 
1 000,0 
3 533,555 

Davr-bank 
 
Toshkent sh 
Moliyaviy tashkilotlar 40 000 000,0 
5 000,0 
8 000,0 

Daromad 
plyus IF 
Toshkent sh 
Moliyaviy tashkilotlar 
631 904,0 
500,0 
1 263,808 

GM 
Uzbekistan
 
Andijon 
"O‘zavtosanoat" AK 
344000017,2 
1,0 
344000017,2 

Doyche Kabel 
AG Tashkent 
 
Toshkent sh 
"O‘zeltexsanoat" AK 
744 440,9 
1 330,0 
559,73 

Don xalq rizqi 
 
Qashqadaryo "O‘zdonmahsulot" AK 
2 005 992,0 
2 160,0 
928,7 
10 
Dori-darmon 
 
Toshkent sh 
"Dori-darmon" AK 
86 309 600,0 
4 300,0 
20 072,0 
11 
Dunyo-M 
 
Qashqadaryo "O‘zdonmahsulot" AK 11 266 272,0 
2 000,0 
5 633,136 
12 
Jizzax 
akkumulyator 
zavodi 
 
Jizzax 
"O‘zavtosanoat" AK 
75 494 442,2 
1 013,0 
74 549,895 
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlik 
jamiyatlari aksiyalari nominal qiymati har xil. Hattoki bir so‘mlik 
aksiyalar ham muomalaga chiqarilgan. Respublikamizdagi barcha 
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan aksiyalar haqida 
ma’lumotlar bilan Korporativ axborotlar yagona portali – 
www.openinfo.uz  orqali batafsil tanishish mumkin. 
Aksiyadorlik 
jamiyati 
ustavida 
aksiyadorlar 
olgan 
aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilab qo‘yiladi. Bunga 
74
Korporativ axborotlar yagona portalidan olindi. 


278 
misol sifatida “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining 2015-yil 17-iyulida 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustavi 4.2-bandini keltiramiz: “Jamiyatning 
ustav kapitali 23 963 940 000 (yigirma uch million to‘qqiz yuz 
oltmish uch ming to‘qqiz yuz qirq ming) so‘m bo‘lib, 23 963 940 
(yigirma uch million to‘qqiz yuz oltmish uch ming to‘qqiz yuz qirq) ta 
oddiy aksiyaga bo‘lingan. Aksiyaning nominal qiymati 1000 (bir 
ming) so‘mdan iborat. 
Jamiyat ustav kapitalida aksiyadorlar ulushi va ularning 
nisbati foizlarda: 
- davlat ulushi – 23 942 490 000 (yigirma uch milliard to‘qqiz 
yuz qirq ikki million to‘rt yuz to‘qson ming) so‘m, ya’ni ustav 
kapitalining 99,91 foizini tashkil etadi; 
- jismoniy shaxslar o‘rtasida joylashtirilgan ulush – 
21 450 000 (yigirma bir million to‘rt yuz ellik ming) so‘m, ya’ni 
ustav kapitalining 0,09 foizini tashkil etadi”
75

Aksiyadorlik 
jamiyati 
ustavida 
jamiyat 
joylashtirilgan 
aksiyalarga qo‘shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo‘lgan e’lon 
qilingan aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi 
mumkin. Bunga ham misol sifatida “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati 
ustavidan 4.4-bandni keltiramiz. “Jamiyat umumiy qiymati 
10 000 000 000 (o‘n milliard) so‘m bo‘lgan qo‘shimcha e’lon qilingan 
10 000 000 (o‘n million) ta oddiy aksiyani chiqarish huquqiga ega. 
Har bir aksiya nominal qiymati 1000 (ming) so‘mni tashkil etadi”. 
Jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari haqida 
nazarda tutilgan qoidalar bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risidagi qaror, odatda aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar asosida belgilanadi. 
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha esa dividendlari miqdori ustavda qat’i 
belgilab qo‘yiladi. 
Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar jamiyat 
tomonidan joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan aksiyalarning soni 
ushbu qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi muddati 
mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bo‘lmasligi 
lozim. Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar ayirboshlanishi 
mumkin bo‘lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida 
ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga 
haqli emas. 
Aksiyalarga bo‘lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo 
hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran 
75
 
www.kvarts.uz
 – Kvarts aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-saytidan olindi. 


279 
o‘tadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan depo 
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi. 
Aksiyadorlik jamiyat qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga 
muvofiq korporativ obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni 
chiqarishga hamda joylashtirishga haqli. Jamiyatning korporativ 
obligatsiyalari jamiyat aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli 
qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat 
mol-mulk 
bilan 
ta’minlangan 
korporativ 
obligatsiyalarni ularni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish 
sanasidagi o‘z kapitali miqdori doirasida chiqarishga haqli.
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish, shu 
jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni 
chiqarish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra yoki, 
agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 
qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul 
qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga 
ko‘ra amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan jamiyat kuzatuv 
kengashining qaroriga ko‘ra aksiyalarga ayirboshlanadigan 
korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat 
kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul 
qilinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini va boshqa qimmatli 
qog‘ozlarini joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va boshqa 
to‘lov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan 
bahoga ega bo‘lgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar) 
orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish chog‘ida 
uning aksiyalariga haq to‘lash tartibi jamiyatni tashkil etish 
to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida (o‘zgartish to‘g‘risidagi qarorda) 
yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli 
qog‘ozlarga haq to‘lash esa, ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda 
belgilab qo‘yiladi. 
Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni 
chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati 
ichida haq to‘lanishi lozim.
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to‘lash majburiyatini 
bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda 
tutilishi mumkin. 
Jamiyatni ta’sis etishda aksiyalarga to‘lanadigan haq sifatida 
kiritilayotgan 
mol-mulkning 
pulda 
ifodalanadigan 
bahosi 
muassislar o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi. 
Agar jamiyatning puldan o‘zga vositalar bilan haqi 
to‘lanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal 
qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki 


280 
yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va 
boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-
mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan 
chiqarilishi zarur.
Qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari 
hamda boshqa qimmatli qog‘ozlari haqi sifatida to‘lanishi mumkin 
bo‘lgan mol-mulk turlariga cheklovlar belgilanishi mumkin. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish