O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Sug‘urta kompaniyalari ustav kapitaliga qo‘yiladigan



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226
Sug‘urta kompaniyalari ustav kapitaliga qo‘yiladigan 
minimal talablar, milliard so‘mda 
Faoliyat yurituvchi sug‘urtachilar 2018-yilning 1-iyuliga qadar 
ustav kapitali miqdorlarini yuqorida keltirilgan talablariga 
muvofiqlashtirishlari lozim
.
Umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida
Hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida
Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha
Faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha
7,5 
10 
15 
30 


275 
Ilgari amalda bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari ustav kapitali 
eng kam miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan (13.2-jadval): 
13.2-jadval 
Sug‘urtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari
(2017-yil 29-sentyabrgacha) 
ming evro ekvivalentida 
Sug‘urta faoliyati turlari 
2012-yil
1-iyuldan 
2014-yil
1-iyuldan 
Umumiy sug‘urta sohasida 
1125 
1500 
Hayotni sug‘urtalash 
sohasida 
1500 
2000 
Majburiy sug‘urtalash 
bo‘yicha 
2250 
3000 
Faqat qayta sug‘urtalash 
bo‘yicha 
5000 
6000 
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining 
eng kam miqdori 100,0 milliard so‘m qilib belgilandi. Ilgari bu talab 
aksiyadorlik tijorat banklari va xususiy banklar uchun alohida-
alohida belgilangan bo‘lib, 10 million yevro va 5 million yevro 
ekvivalentida edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan 
birgalikda 2019-yilning 19-yanvariga qadar tijorat banklarining 
ustav kapitali miqdorlari 100,0 milliard so‘mga yetkazilishini 
ta’minlashi lozimligi belgilangan. 
Shu o‘rinda aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi ulushi 
kamida 15 foizni tashkil etishi lozim bo‘lgan chet ellik investorlar 
ishtirokida tashkil qilinishi belgilanganligi, lekin bundan 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan hollar mustasno 
ekanligini ham ta’kidlash lozim. 
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni 
joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. Qo‘shimcha 
aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, e’lon qilingan 
aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtiriladi. 
Ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli 
o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq kuzatuv kengashiga 
shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan bo‘lsa, kuzatuv 
kengashi tomonidan qabul qilinadi. Ustav kapitalini ko‘paytirish 
to‘g‘risidagi 
qarorda 
joylashtiriladigan 
qo‘shimcha 
oddiy 


276 
aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish 
muddatlari hamda shartlari belgilanadi.
Aksiyadorlik 
jamiyati 
ustav 
kapitalini 
ko‘paytirish 
joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida 
ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda jamiyat ustavida ko‘rsatilgan, e’lon 
qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi 
joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi 
kerak. O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori 
to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning 
dastlabki chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent 
mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal 
qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika byudjetiga yig‘im 
to‘laydi. Ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy 
qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent 
mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal 
qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida respublika 
byudjetiga yig‘im to‘laydi. 
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini ko‘paytirish jalb qilingan 
investitsiyalar, jamiyatning o‘z kapitali va hisoblangan dividendlar 
hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshirilishi mumkin. Ustav kapitalini o‘z kapitali hisobidan 
ko‘paytirishda qo‘shimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar o‘rtasida 
taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar 
tegishli bo‘lsa, ayni o‘sha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar 
soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav 
kapitali ko‘paytirilishi natijasida ko‘paytirish summasining bitta 
aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan 
bo‘lsa, ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyalarning nominal 
qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini 
qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini 
keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish 
yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin. Lekin bu amaliyotga aksiyadorlik 
jamiyati ustavida nazarda tutilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi. 
Shuningdek ustav kapitalini kamaytirish ustav kapitalini 
kamaytirish bo‘yicha minimal chegaradan pasayib ketmasligi lozim. 
Ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli 
o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul qilish jarayonida 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav kapitalini kamaytirish 
sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi. 
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida 
qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay 


277 
o‘z kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor qiladi. 
Kreditorlar jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida 
o‘zlariga bildirish yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan 
kechiktirmay jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin 
bajarishini va ustav kapitali kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning 
o‘rnini qoplashini talab qilishlari mumkin. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda aksiyalarning nominal qiymati 
5000 so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 2014-yilgacha 
aksiyalarning nominal qiymati 100 so‘mdan past bo‘lmasligi 
shartligi amalda edi, yuqori talab esa mavjud emas edi.
Quyidagi jadvalda aksiyadorlik jamiyatlari misolida aksiyalar 
soni, nominal qiymati va ustav kapitali haqida ma’lumotni 
keltiramiz (13.3-jadval). 
13.3-jadval

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish