O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   226
Moliyaviy strategiyada 
Moliyaviy taktikada 
1. 
2. 
...
 
1. 
2. 
... 
 
2. Korporativ moliyaviy siyosatda moliyaviy ta’minot va 
investitsion faoliyatni samarali tashkil etish yo‘nalishlarini 
belgilang. 
Moliyaviy ta’minotda 
Investitsion faoliyatda 
1. 
2. 
...
 
1. 
2. 
... 


273 
 
 
XIII bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA QIMMATLI 
QOG‘OZLAR MUOMALASINI TASHKIL ETISH 
 
13.1. Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar 
muomalasining nazariy va tashkiliy jihatlari 
Aksiyadorlik 
jamiyatlari 
faoliyatini 
qimmatli 
qog‘ozlar 
muomalasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki aksiyadorlik 
jamiyatlari faoliyati asosini qimmatli qog‘ozlar, birinchi navbatda 
aksiyalar tashkil qiladi. Qarz kapitali jalb qilish maqsadida 
korporativ obligatsiyalar muomalasi tashkil etiladi. Bunda aksiyalar 
va obligatsiyalarning bir necha xil turlari qo‘llanilishini ham qayd 
etib o‘tish lozim. Shuningdek aksiyalar va korporativ obligatsiyalar 
bo‘yicha hosilaviy qimmatli qog‘ozlar muomalasi ham amal qiladi. 
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksiyadorlik kompaniyalari 
o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlash uchun qimmatli qog‘ozlardan 
keng foydalanadilar. Shundan kelib chiqqan holda quyida 
mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar 
bilan operatsiyalarning nazariy va tashkiliy jihatlari xususida 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Mamlakatimizdagi 
aksiyadorlik 
jamiyatlarida 
qimmatli 
qog‘ozlar muomalasi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-
maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida”gi, 2015-yil 3-iyundagi “Qimmatli qog‘ozlar 
bozori to‘g‘risida”gi Qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
asosida tashkil etiladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali bevosita oddiy va 
imtiyozli aksiyalar hisobiga shakllantiriladi. Aksiyadorlik jamiyati 
o‘zi chiqarayotgan aksiyalarni ommaviy tarzda ochiq obuna 
o‘tkazish orqali yoki ustavda belgilab qo‘yish orqali yopiq obuna 
o‘tkazish orqali joylashtirishlari mumkin. Ayni paytda amaldagi 
qonunchilikda aksiyadorlik jamiyatlarining ochiq va yopiq turlari 
mavjud bo‘lmasada aksiyalarni ochiq yoki yopiq joylashtirish 
iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ochiq hamda yopiq aksiyadorlik 
jamiyatlari shakllanishiga olib kelmoqda. 
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyadorlar olgan 
jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va 
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. 
Chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi 
kerak. 


274 
Har bir aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalarni joylashtirishi 
shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli 
hisoblanadi. Bunda joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal 
qiymati ustav kapitalining 20 foizidan oshmasligi shart.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 
2-
sentabrdagi PF-5177-sonli «Valyuta siyosatini liberallashtirish 
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni 
qabul qilingunga qadar aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali 
bo‘yicha minimal talablar AQSh dollarida yoki evroda belgilangan 
edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-
sentabrdagi 
PF-5197-sonli 
Farmoniga 
asosan 
aksiyadorlik 
jamiyatlari ustav kapitali bo‘yicha minimal talablar so‘mda 
belgilandi.
Unga ko‘ra, yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari 
uchun ustav jamg‘armasining eng kam miqdori jamiyat davlat 
tomonidan ro‘yxatga olingan sanada kamida 1,6 milliard so‘mni 
tashkil etishi lozimligi belgilab qo‘yildi. 2008-yilda bu talab 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha 400 ming 
AQSh dollari so‘m ekvivalentida edi. 2018-yil 1-avgustdan esa bu 
talab 400 million so‘mga pasaytirildi. 
Sug‘urta sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi aksiyadorlik jamiyat-
larida ustav kapitali miqdori quyidagicha belgilandi (13.1-rasm): 
13.1-rasm. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish