15.2. Korporativ birlashmalarning turlari
Korporativ birlashmalarning tashkil etilishi keskin raqobat
sharoitida yangi bozorlarga kirib borishda, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalashda, yangi loyihalarni o‘zlashtirishda, davlat
bilan soliq munosabatlarini samarali tashkil etishda va hokazolarda
muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda
korporativ tuzilmalar ma’lum birlashmalar tarkibiga kirish orqali
ham faoliyatni tashkil etishga e’tibor qaratadi.
Mamlakatimizda
quyidagi
asosiy
tashkiliy-huquqiy
shakllarda tashkil etiladigan xo‘jalik birlashmalari xo‘jalik
boshqaruvi organlari hisoblanadi:
- tarkibiga kiruvchi korxonalarning xo‘jalik birlashmasiga
tegishli bo‘lgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalarning
xo‘jalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompa-
niyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;
322
-
muassis-korxonalar
tomonidan
ular
faoliyatiga
ko‘maklashish
uchun
muassis-korxonalarning
aksiyalari
paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy vazifalarni ularga
topshirish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan
uyushmalar.
Xo‘jalik birlashmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
quyidagilar hisoblanadi:
- tarmoq va iqtisodiyot sohalarini barqaror rivojlantirishning
istiqbolli strategiyasini belgilash;
- marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi
bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab
chiqarishni (ishlar, xizmatlarni) o‘zlashtirish, ularning jahon
bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashish;
- korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan
qayta qurollantirish, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni
keng jalb qilishda yordam berish;
- ular tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga axborot
xizmatlari ko‘rsatish;
- kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirishni tashkil qilish.
Xo‘jalik birlashmalarining asosiy shakllari sifatida xoldinglar,
moliya-sanoat guruhlari, kontsernlar, kontsortsiumlar, sindikat,
kartel kabilar amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Xoldinglar aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari
nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi.
Bunda xolding yuridik shaxs bo‘lib bevosita ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirmaydi, lekin ishlab chiqarishni amalga
oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari nazorat paketiga
egalik qiladi. Xoldinglarning sof xolding, ma’muriy xolding,
moliyaviy xolding kabi turlari mavjud. O‘z navbatida xolding
kompaniyasining o‘zi ham boshqa xoding kompaniyaning tarkibiy
qismi bo‘lishi mumkin. Mamlakatimizda xoldinglar amaliyoti keng
qo‘llaniladi. Bunda sho‘ba korxonalar faoliyatini markazlashgan
tartibda boshqarib borish amaliyotiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
323
Do'stlaringiz bilan baham: |