O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   226
1. Vujudga kelish 
Sanoat korxonasining savdo-sanoat korporativ tuzilmasiga birlashishi 
2. Ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish 
Moliya-sanoat guruhining moliyaviy xizmatlarga 
bo‘lgan
asosiy ehtiyojlarini 
ta’minlovchi
bitta bank bilan hamkorligini mustahkamlash va faoliyatini 
kengaytirish 
3. Moliya-sanoat guruhlarini ichki bank bilan shakllantirish 
Moliya-sanoat guruhlari ichida bank tashkil etish 
4. Ichki moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish 
Korporativ tuzilma ustidan nazorat qilishni bank egallashi 
5. Moliya-sanoat guruhlarini rivojlangan moliya guruhi bilan 
shakllantirish 
Alohida moliya guruhini tashkil etish 


325 
Korporativ tuzilmalarning rivojlanishi jarayonida moliyaviy 
institutlarning roli muhimligi xususida oldingi boblarda ham 
ta’kidlagan edik. Moliya-sanoat guruhlari shakllanishi va 
rivojlanishida ham moliya institutlarining xususan, tijorat banklari 
muhim ahamiyat kasb etganligini quyidagi jadvaldan ko‘rish 
mumkin (15.1-jadval). 
15.1-jadval 
Moliya-sanoat guruhlari rivojlanishining turli bosqichlarida 
bankning roli
99
 
Rivojlanish bosqichlari 
Bankning funksiyalari 
1. Bank ishtirokisiz savdo-
sanoat korporativ tuzilmasi. 
Banklar 
korporatsiyaga 
moliyaviy 
xizmatlarning 
asosiy 
turlarinigina 
ko‘rsatishadi.
2. Mustaqil bank ishtirokidagi 
korporativ tuzilma. 
Asosiy funksiyalarni bajarishdan tashqari 
korporatsiyaning moliyaviy xizmatlarga doir 
turli xil ehtiyojlarini ta’minlaydigan bitta bank 
bilan yaqin xamkorlik qiladi. Moliyaviy 
funksiyalarning 
bir 
qismi 
sho‘ba 
kompaniyalaridan foydalanish orqali markaziy 
kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. 
3. Ichki bankka ega bo‘lgan 
korporativ tuzilma. 
Bank korporatsiyaning moliyaviy xizmatlarga 
doir 
turli 
xil 
ehtiyojlarini 
ta’minlaydi. 
Korporativ 
tuzilma 
moliyasining 
joriy 
boshqaruvini amalga oshiradi. 
4. Boshqaruv bankiga ega 
bo‘lgan korporativ tuzilma. 
Bank 
korporativ 
tuzilmaning 
markaziy 
kompaniyasiga 
aylanadi 
va 
moliyaviy 
xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha masalalarni o‘z zimmasiga oladi. 
Moliyaviy 
munosabatlarni 
boshqarish 
maqsadida bank korporativ tuzilma tarkibini 
shakllantiradi, 
alohida 
korxona 
va 
tashkilotlarni 
o‘ziga 
jalb 
qiladi. 
Korporatsiyaning boshqaruv markazi sanoat 
ishlab chiqarishni boshqarish sohasi bilan 
birgalikda moliyani boshqarish sohasini ham 
o‘ziga qamrab oladi.
99
Атаниязов Ж. Жа
ҳ
онда молия-саноат гуру
ҳ
лари шаклланиши ва ривожланишининг назарий-
методологик асослари. // “И
қ
тисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. – 
Тошкент, 2016. - №1. 
http://www.iqtisodiyot.uz/sites/default/files/maqolalar/10_J_Ataniyazov.pdf
 


326 
5. Rivojlangan moliya guruhiga 
ega bo‘lgan korporativ tuzilma. 
Korporatsiyada bir nechta banklardan iborat 
bo‘lgan 
bank 
guruhi 
shakllantiriladi. 
Korporatsiya tarkibiga banklardan tashqari 
barcha 
asosiy 
moliyaviy 
funksiyalarni 
mustaqil ta’minlashda korporativ tuzilmaga 
imkon 
yaratadigan 
boshqa 
moliyaviy 
tashkilotlar 
ham 
kiritiladi. 
Moliyaviy 
kompaniyalar korporatsiya ichida alohida 
moliya guruhini shakllantiradi. 
Bugungi kunga kelib korporativ birlashmalar faoliyatida tijorat 
banklaridan tashqari, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, 
investitsiya fondlari, pay fondlari faoliyati ham ahamiyat kasb 
etayotganligini shu o‘rinda qayd etib o‘tish zarur. 
Konsern tomonlar manfaatlar umumiyligi, moliyalashtirish, 
ishlab chiqarish hamkorligi o‘rnatilgan, yagona mulkchlilik va 
nazorat organiga ega bo‘lgan korporativ tuzilmalar birlashmasi 
hisoblanadi. Nazorat korporativ tuzilma ustav kapitalida ishtirok 
etish orqali amalga oshiriladi. Bunga avtokontsernlar yaqqol misol 
bo‘ladi va bunda oxirgi tayyor mahsulotning yig‘uvchi korporativ 
tuzilma tomonidan bozorga olib chiqilishi kuzatiladi. Avtokontsern 
tarkibidagi korporativ tuzilmalar esa o‘z mahsulotlarini faqatgina 
yig‘uvchi korxonaga yetkazib beradi. Ixtisoslashuv va kooperatsiya 
darajasi yuqoriligidan kelib chiqqan holda vertikal va gorizontal 
konsernlar o‘zaro farqlanadi. Konsern tashkil qilish odatda 
ma’muriy tartibda ham tashkil etilishi mumkin. 
Korporativ birlashmalar tashkil etishda konglomeratlar 
amaliyoti ham ko‘p kuzatiladi. Bunda yuqorida keltirilganidek 
texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘p sonli 
tashkilotlarning birlashishi nazarda tutiladi. Lekin konglomeratlar 
tashkil etilishida ham faoliyatni diversifikatsiyalashdan tashqari 
boshqa ma’lum bir maqsadlar ham belgilab olingan bo‘ladi.
Kontsortsium – yuridik va xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘yicha 
mustaqil korporativ tuzilmalarning vaqtinchalik birlashmasi bo‘lib, 
sanoat, moliya-kredit, transport, savdo (markenting), loyihalash va 
boshqa tashkilotlarning yirik loyihalarni amalga oshirish 
maqsadidagi birlashuvini nazarda tutadi. Bunda kontsortsium 
shartnoma asosida tashkil etiladi va ishonchli boshqaruvchi 
tomonidan boshqariladi. Yirik sanoat loyihalarini ishlab chiqish, 
amalga 
oshirish 
va 
foydalanishga 
topshirish 
bo‘yicha 


327 
kontsortsiumlar tashkil etish amaliyoti dunyo bo‘ylab ko‘p 
kuzatiladi. Masalan, Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasi 
kortsortsum tuzish asosida tashkil etilgan edi. 
Sindikatning faoliyat mexanizmi yirik loyihalarni birgalikda 
amalga oshirishga asoslanadi. Bunda boshqaruv va foydaning 
taqsimlanishi tegishli ulush asosida amalga oshiriladi. Bunda 
sindikatli moliyalashtirish amaliyoti eng ko‘p kuzatiladigan 
holatlardan biridir. 
Kartel ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) hajmi, tovarlar 
(xizmatlar) narxi, savdo shartlari, bozorlarni cheklash masalalari 
bo‘yicha kelishib olish maqsadida faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bir-
biriga yaqin bo‘lgan mustaqil xo‘jalik subyektlarining birlashmasi 
hisoblanadi. Keltirilgan ta’rifdan ham ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik 
subyektlarining marketing faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish 
maqsadida kartellar tuziladi. Maqsad bozor qonuniyatlari to‘la-
to‘kis ishlamaydigan holatlarda bitta bozor subyektlarining xatti-
harakatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish hisoblanadi va natijada 
tovarlar va xizmatlar narxlarida o‘zgarishlar kuzatiladi. Kartel 
tarkibiga kiruvchi tashkilotlar o‘zlarining yuridik va moliyaviy 
jihatdan mustaqilligini aslo yo‘qotmaydi. Ular o‘zaro bitim tuzish 
asosida faoliyat yuritadi. Bunga yaqqol misol sifatida neft eksport 
qiluvchi davlatlar tashkiloti hisoblangan OPEKni keltirishimiz 
mumkin. Neftning jahon bozoridagi narxini oshirish maqsadida bu 
tashkilotning neft qazib chiqarishni qisqartirish to‘g‘risida qaror 
qabul qilish holatlari uchrab turadi. Mamlakatimizda uyali aloqa 
kompaniyalari tomonidan uyali aloqa xizmatlari narxlarining mos 
ravishda o‘zgarishi kuzatilishi ham ma’lum ma’noda kartellar 
faoliyatiga misol hisoblanadi. Lekin bu amaliyot monopoliyaga olib 
kelishi sabab, antimonopol qonunchilik asosida ta’qib qilinishini 
ham qayd etib o‘tish zarur. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish